Siyosatshunoslikka


 Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science: An



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

80 Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science: An
Introduction. N ew Jersey: Pearson, 2013. -P.119-120.
237


mat qiluvchi siyosiy bilimlar, qadriyat mezonlari, xulq-atvor model- 
larining yig‘indisi.
Siyosiy madaniyat bu - siyosiy tafakkur va siyosiy faoliyat 
madaniyatidir, shuningdek, siyosiy institutlaming xarakteri va faoli­
yat tartibotining hamda jamiyat siyosiy hayoti barcha jabhalarin- 
ing sivilizatsiyalashganligi darajasidadir.
Siyosiy madaniyat - subyektning davlat bilan o‘zaro ta’sirini va 
uning siyosiy faoliyatga kirib borishini amalga oshirishda vosita 
bo‘lib xizmat qiluvchi siyosiy bilimlar, qadriyat mezonlari, xulq-at- 
vor modellarining yig‘indisidan iborat. Siyosiy madaniyat jamiyat va 
shaxsning sivilizatsiyalashganligining u yoki bu darajasini, ulaming 
siyosiy xulq-atvor hamda xatti-harakatlarining qandaydir qoidalarini 
qabul qilish qobiliyatini aks ettiradi.
AQSHlik siyosatshunos 
Sidney 
Verba (1932-h.d.)ning 
ta’kidlashicha, siyosiy madaniyat siyosiy jarayonlarda ishtirok eta- 
yotgan empirik e ’tiqodlar, ifodali ramzlar va qadriyatlar tizimidir.
«Siyosiy madaniyat» atamasi XVIII asr nemis faylasufi va 
ma’rifatparvari Iogann Gerder tomonidan ilmiy muomalaga kiritil- 
gan. XIX asr oxiri- XX asr boshlaridan e’tiboran ushbu tushuncha 
siyosiy tadqiqotlaming markaziy obyektiga aylangan. Hozirga qadar 
bir qator tadqiqotchilar siyosiy madaniyatni tadqiq etishda munosib 
hissalarini qo‘shishgan.
Hozirgi zamon siyosatshunosligida siyosiy madaniyat tushunchasi 
dastavval amerikalik siyosatshunos Xerman Fayner (1898-1969-yy.) 
ning “Buyuk Yevropa davlatlarining boshqaruv tizimlari” (1957-y.) 
asarida birinchi marta ishlatiladi.
AQSHlik olim Gabriel Almond(191 l-2002-yy.)ning “Qiyosiy siyo­
siy tizimlar” asarida bu tushunchaning birinchi konseptual tahlili amal­
ga oshirildi. Bu asarda siyosiy madaniyat bilan siyosiy tizim o ‘rtasidagi 
munosabatlar, ulaming tuzilmaviy va tarkibiy unsurlari tahlil etilgan.
Amerikalik siyosatshunoslar Garbriel Almond va Sidney Verba 
o‘zlarining «Fuqarolik madaniyati» (1963) nomli kitobida siyosiy 
madaniyatni kishilaming siyosiy institutga nisbatan mhiy yo‘nalishlar 
majmuasi sifatida ta’riflaydilar. Ulaming fikriga ko‘ra, millatning
238


siyosiy madaniyati muayyan millat vakillari orasida yo‘nalishlar na- 
munalarini siyosiy institutga nisbatan alohida taqsimlashdir. Jami- 
yatning siyosiy madaniyati esa aholining bilimlari, hissiyotlari ba- 
holanishining umumlashgan siyosiy tizimdir. Siyosiy madaniyatga 
qadriyatlar, e ’tiqodlar, yo‘riqnomalar va boshqa majmuasi deb qarash 
ko‘pchilik siyosatshunoslar uchun umumiydir.
Siyosiy madaniyat nazariyasini shakllantirishga Seymur Mar­
tin Lipset (1922-2006-yy.), L.Pay, M.Dyuverje, K.fon Boym, 
U.Rozenbaum, R.Rouz, M.Kroze va boshqa olimlar katta hissa 
qo‘shdilar.
Tegishli tadqiqotlaming tahlili «siyosiy madaniyat» tushunchasi- 
ning eng ko‘p uchraydigan quyidagi talqinlarini ajratib ko‘rsatishga 
imkon beradi:
• 
shaxsning 
va 
ijtimoiy 
birlikning 
o‘zida 
siyosiy 
m a’lumotlilikni, siyosiy ong va ijtimoiy-siyosiy faoliyatni birlashtir- 
gan madaniyat;
• jamiyat m a’naviy madaniyatining, uning ijtimoiy-siyosiy 
institutlar va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq unsurlarini o‘z ichiga 
olgan qismi;
• muayyan ijtimoiy birlik yoki muayyan shaxsga xos bo‘lgan 
siyosiy ong va xulq-atvor stereotiplarining yig‘indisi;
• tarixan belgilangan siyosiy munosabatlar tizimida ijtimoiy 
subyektning siyosiy bilimlari, qadriyat mezonlari, xulq-atvot namu- 
nalarining ro‘yobga chiqishi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytganda, siyosiy madaniyat 
uzoq yillar va avlodlar almashinuvi natijasida tashkil topgan siyo­
siy an ’analar, siyosiy amaliyot m e’yorlari, g ‘oyalar, turli ijtimoiy 
institutlar o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlarga doir konsepsiyalar 
va e ’tiqodlarni o ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, siyosiy madani­
yat o ‘ziga xos ichki tuzilishga ega, ilmiy adabiyotlar u siyosiy 
madaniyat tarkibiy qismi deb ham yuritiladi. Siyosiy madaniyat 
elementlari:

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish