Siyosatshunoslikka


 Ahmedova F.M. 0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

66 Ahmedova F.M. 0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti fanidan o ‘quv - uslubiy majmua T.: Toshkent farmatsevtika instituti,
2016.-B.224.
67 0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyogi:
Oliy ta’lim muasasalari talabalari uchun darslik. / mas’ul muharrir prof.
I.Ergashev.-T.: 0 ‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.-B .17.
215


3. Demokratiyani joriy etish masalasi: shart-sharoitlar
va to‘siqlar
Jamiyatda demokratiyani qanday joriy etish, uni amalga oshirish 
mexanizmi ayni vaqtda dolzarb sanaladi. Ilmiy adabiyotlarda 
de­
mokratiyani amalga oshirish mexanizmlarining
quyidagi jihatlari 
sanab o‘tilgan:
1. Hokimiyatlaming bo‘linishi funksiyasi - qonunchilik, ijroiya va 
sud.
2. Iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy huquqlaming qonun tomonidan mus- 
tahkamlab qo‘yilishi.
3. Erkin va muntazam davriy saylovlar.
4. Siyosiy qarorlaming ko‘pchilik tomonidan qabul qilinishi va 
bunda ozchilik huquqlarining qat’iy kafolatlanishi.
5. Qonuniy muxolifatning mavjudligi.
Biroq jamiyat hayotini demokratlashtirish uchun muayyan shart- 
sharoitlar mavjud bo‘lishi va yaratilishi lozim. Aks holda demokrti- 
yaning joriy etish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Demokratiyani 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy, diniy va tashqi siyosiy shart-sharoitlami sanab o‘tish mum­
kin.
Demokratiyaning iqtisodiy shart-sharoitlari: mulkchilik shakllari 
plyuralizmi, rivojlangan bozor va tovar ishlab chiqaruvchilar raqobati 
mavjudligi, industrial va umuman iqtisodiy rivojlanishning nisbatan 
yuqori darajasi; urbanizatsiyaning yuqori darajasi. Yirik shaharlar 
aholisi boshqaruvning an’anaviy shakllariga moyil bo‘lgan qishloq 
aholisiga qaraganda demokratiyaga ko‘proq tayyor bo‘ladi; ommaviy 
kommunikatsiyaning rivojlanganligi; raqobatli bozor iqtisodiyoti.
Demokratiyaning ijtimoiy shart-sharoitlari: o‘rta sinfga mansub 
aholi sonining ko‘pligi va ijtimoiy plyuralizmning mavjudligi. Ij­
timoiy tengsizlik darajasining pasayishi. Rivojlangan ichki bozor 
va raqobatbardosh mulkdorlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda de­
mokratiyaning shakllanishi muvaffaqiyatli kechadi. Biryoqlama, 
eksportga mo‘ljallangan iqtisodiyot va davlat bilan qo‘shilib ketgan
216


monopolistik burjuaziyaga ega davlatlar esa ko‘proq avtoritarizmga 
moyil bo‘ladi.
Demokratiyaning madaniy shart-sharoitlari. Aholining yuqori 
savodxonlik darajasi va faol siyosiy madaniyatning mavjudligi. 
Bilimsiz odamlar odatda siyosat va demokratiya bilan qiziqmaydi- 
lar, natijada turli siyosiy kuchlar nayranglari obyektiga aylanib qo- 
ladilar. M a’rifatlilik va faol siyosiy madaniyat demokratiya uchun 
zarur bo‘lgan siyosatda faol qatnashishni, ayni paytda qonunga, 
ko‘pchilikning qarorlariga bo‘ysunish qobiliyatini aks ettiradi.
Demokratiyaning tashqi siyosiy shart-sharoitlariga quyidagilar 
kiradi: aralashuv; siyosiy ta’sir ko‘rsatish; iqtisodiy ta’sir o ‘tkazish; 
madaniy-axborot ta’siri; yaxshi qo‘shnichilik.
Barqaror demokratiya davlatlarda birdaniga paydo bo‘ladigan ja- 
rayon emas, u tarixan keng ko‘lamli va yaxshi ta ’lim olgan o ‘rta sinf- 
ning shakllanishi orqali yuz bergan. Demokratiyaga o‘tish shu sababli 
asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jahonda demokrati­
yaning keng yoyilishi asosida demokratlashuv jarayonini faqat oldin- 
gan intiluvchi, kengayuvchi tendensiya sifatida qabul qilish noto‘g‘ri. 
Jamiyatda demokratiyaning inqirozga yuz tutish holatlari ham mav­
jud. Demokratiyaga to‘siq bo‘luvchi bir qator omillami sanab o ‘tish 
mumkin:
1. kambag‘allik;
2. ijtimoiy tengsizlik;
3. o‘rta sinfning mavjud bo‘lmasligi;
4. ta’lim darajasining pastligi;
5. neft;
6. qabila-urug‘chilik tizimi;
7. zaif fuqarolik jamiyati;
8. ilgari demokratik tajribaning mavjud bo‘lmasligi;
9. yon-atrofida demokratik davlatlaming mavjud bo‘lmasligi.
Bu yerda neft omilining kiritilishiga sabab G‘arb manbalarida dav­
lat foydasining 60 % va undan ortig'ini neftdan oluvchi 23 davlat 
davlatlar “petrostate” atamasi bilan ataladi. Neft foydasi kam sonli 
insonlar qo‘lida to‘planadi, natijada demokratiyaga zarar yetadi. Shu-
217


ning uchun bunday davlatlami to‘laqonli demokratik davlat deb atash 
mushkul. Bu davlatlarda yalpi ichki mahsulotning jon boshiga ulushi 
yuqori. Ammo neft sanoati ko‘pchilikni ish bilan ta’minlay olmaydi. 
Fuqarolar davlatga ish va ijtimoiy yordam bo‘yicha qaram bo‘lib qo- 
ladilar. Oqibatda nisbatan mustaqil, plyuralistik o‘rta sinf shakllana 
olmaydi68.
M a’lum m a’no yuz bergan “Arab bahori”, “rangli inqiloblar”ning 
mohiyatini aynan jamiyatning yuqorida ko'rsatilgan muammolari bi­
lan bog‘liq. 2003-yilda Gruziya, 2004-yilda Ukrainada yuz bergan 
“rangli inqiloblar” borasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
Toshkentda ’’Nezavisimaya gazeta”sining muxbiriga bergan inter- 
vyusida quyidagilarni ta’kidlab o‘tgandi:
“Nazarimda, bu turdagi inqiloblarda albatta bir necha omillar mav­
jud boTadi. Bu borada G‘arbga asosiy rol ajratilishiga men unchalik 
moyil emasman. Bundan ham muhimroq bir omil borki,u ham bo‘Isa, 
qator yillar davomida mamlakatda asta-sekin to‘planib boradigan ich­
ki norozilik kayfiyatidir. Ikkinchi omil esa, davlatning ijtimoiy-iqt- 
isodiy sohadagi siyosatiga bog‘liq. Shuningdek, hukumatning aholi 
bilan aloqasi qanchalik mustahkam ekani, ular o ‘rtasida muloqotning 
mavjud yoki yo‘qligi ham g ‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish