Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
21 
Ammo siz unchalik suymagan odamdan buni eshitsangiz – tamom! Bu siz uchun 
oxirzamon degani! Har xil odamdan eshitgan gaplarga har xil munosabatda bo’lish – 
odam ajratishdan boshqa narsa emas. Axir, sizga dushmaningiz bo’lsa ham xatoyingiz 
haqida gapirsa – bu uni to’g’rilashga imkon emasmi? 
“U meni nega xafa qildi?” 
Ya’ni u nega aynan sizni xafa qilgani. Bu holat – shaxsiy muhimlik tuyg’usi eng 
junbushga kelgan holat. Rostdan ham, u nega sizdek beg’ubor, beozor va bekam odamni 
xafa qildi? Men ham begunoh emasman deysizmi? Unda nimaga u sizni xafa qilmasligi 
kerak? U boshqa birovni xafa qilganda bunchalik kuyunmagan bo’lardingiz – 
shundaymi? 
To’g’ri – ba’zida biz mutlaqo aybsiz bo’la turib, bo’xton qurboniga aylanib 
qolamiz. Ammo juda ko’p hollarda bo’lib o’tgan voqeada bizning ham oz bo’lsa-da 
hissamiz bo’ladi. Qars ikki qo’ldan chiqadi deb bekorga aytishmagan. 
Eng qizig’i, biz boshimizga tushgan tashvishda taqdir va Yaratganni ham shunday 
ayblab qo’yamiz. “Qaysi gunohim uchun?” kabi savollar aslida “Mendek beayb 
bandangga qilmagan gunohi uchun nega jazo berding?” degani. Uni qarangki, juda kam 
odam baxtga erishganda “Qaysi qilgan savoblarim uchun menga bu baxtni ato etding?” 
deb so’raydi. Shunaqa – gunohlarimizni qisqa xotirada tutamiz-u, savoblarimiz temir 
daftarga yoziladi. Olgan jazomiz sababini topa olmaslik quyidagicha savollarga olib 
keladi: 
“U meni nega xafa qildi?” 
Ba’zida biz kutgan narsamiz bo’lmaganidan xafa bo’lamiz. Kimdandir maqtov 
kutasiz-u, u sizni boplab tanqid qilib beradi. Kimdandir e’tibor kutasiz – u sizni tanimay 
o’tib ketadi. Yana kimdandir mehr kutasiz – u sizga g’ayirlik qiladi yoki boshqa birovga 
mehr ko’rsatadi. Shunda o’zingizga: 
“U meni nega xafa qildi?” 
deb savol berasiz. Axir, undan bir narsa kutgan siz. O’sha siz kutgan narsani bermasa – 
bu u sizga nisbatan nohaqlik qilgani emas. Axir, u ham alohida shaxs, uning ham o’z 
niyatlari va rejalari bor. Balki, u mutlaqo siz undan biror narsaga umidvor 
bo’layotganingizni bilmas. Bu holatda biror kimdan xafa bo’lish mutlaqo o’rinsiz. 
Yuqoridagi misollar sizni birov xafa qilgan holatda shaxsiy muhimlik tuyg’usi 
o’zini qanday tutishini ko’rsatadi. Ammo bu tuyg’u hayotingizning har jabhasida sizni 
boshqaradi. O’zingiz va odamlar bilan munosabatlaringizda shaxsiy muhimlik tuyg’usi 
eng yetakchi kuchdir. 
Shaxsiy muhimlik tuyg’usining eng oliy ko’rinishi – bu xudbinlikdir. Egoist odam 
o’zini har kim va har narsadan ustun qo’yadi – o’z manfaatlari yo’lida har kimning his-
tuyg’ulari, orzu-umidlari va tinch hayotini qurbon qilishga tayyor. Ishonchim komilki, siz 
bunday odam emassiz. Aks holda bu kitob sizning qo’lingizga kelib tushmas edi. 
G’urur – shaxsiy muhimlik tuyg’usining boshqa bir ko’rinishi. U bizni o’ylamay 
ish tutishga, birovdan asossiz xafa bo’lishga, o’z xatti-harakatlarimizni cheklashga 
majbur qiladi. Hech hayotda istagan narsangizni qilishga g’ururingiz yo’l qo’ymagan 
holat bo’lganmi? Aytaylik, siz o’zingizdan quyi hisoblagan odamga nisbatan xato 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish