171
ko’chirib olmasliklarni nazorat qilishi shart. Vaqt tugashi bilan o’qituvchi ekrandagi
dasturni o’chiradi va 1- guruh kartochkalarni 2-guruhga, 2-guruh kartochkalarni 3-
guruhga, 3-guruh kartochkalarni 1-guruhga almashtiradi. 2-bosqichda
talabalar
almashtirilgan kartochkalardan bittasini oladi va orqasiga o’z ismi-sharifini yozib
qo’yadi. O’qituvchi 5 daqiqada talabalar aylana ichida ko’rsatilgan sondagi xatolikni
topib uni qora rangli ruchka bilan to’g’irlab chiqishlarini va shu rangli ruchkada o’z
ismi-familiyasini kartochka orqasiga yozib qo’yishini ta’kidlaydi. 3-bosqichda vaqt
tugashi bilan kartochkalar yig’ib olinadi va hato qilib ko’chirgan talabalarga, ya’ni o’z
egalariga qaytariladi. Ular dasturning to’g’irlangan xatolarni tekshirib chiqadi va
topilmagan xatoni yashil rangli ruchka bilan to’g’irlaydi va shu rangli ruchkada o’z
ismi-familiyasini kartochka orqasiga yozib qo’yadi. 4-bosqichda
kartochkalar yana
yig’ib olinadi va 1- guruh kartochkalarni 3-guruhga, 2-guruh kartochkalarni 1-
guruhga, 3-guruh kartochkalarni 2-guruhga almashtiradi. Shunda avvalgi kombinasiya
qaytarilmaydi. Ekranga to’g’ri dastur matni chiqariladi va har bir talaba o’ziga tushgan
kartochkadagi dasturni ekrandagi dastur bilan solishtiradi va xatosi bo’lsa uni qizil
rangli ruchka bilan to’g’irlab chiqadi.
2-bosqichda qora rangda ismi-sharifi yozilgan talaba mos ravishda 5(4,3,2,1) ta
xatoning to’g’irlagan bo’lsa 5(4,3,2,1) ball bilan baholanadi. 3-bosqichda yashil rangda
ismi-sharifi yozilgan talaba xatolarning birortasini to’g’irlagan bo’lsa va unga qizil
rangli ruchka bilan hech qanday o’zgartirish kiritilmagan bo’lsa
bu talabaga
qo’shimcha rag’batlantiruvchi 1 ball beriladi. O’yin so’ngida o’qituvchi kartochkalarni
yig’ib oladi, talabalarning yo’l qo’yilgan xatolari tushuntiradi va natijani e’lon qiladi.
Talabalar bilimi baholanadi, faol ishtirokchilar rag’batlantiriladi va uyga vazifa
beriladi.
Xulosa qilib, o’yin texnologiyalardan foydalanib mashg’ulotlarni
olib borishni
faol o’qitish shakllaridan biri deb qarash mumkin. Bunday darslar o’qituvchi va
talabalarning ijodiy yondashuvini, talabalarning faol bilish faoliyati jarayonida
malakalarni o’zlashtirishlarini, o’zining kelajakdagi
pedagogik faoliyatida
o’yinli texnologiyalaridan foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantirishni
ko’zda tutadi. O’yinli texnologiyalardan foydalanib mashg’ulotni tashkil etish va
o’tkazish o’rganilayotgan materialga doir atamalarni mukammal tushunishda va eslab
qolishda stimul bo’lib hisoblanadi. O’yinli texnologiyalar
natijasida talabalarning
bilish faoliyati rivojlanadi, o’quv materialini o’rganishga qiziqishi uyg’onadi, olgan
bilimlarini mustahkamlaydi. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri aynan yosh
avlodni mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: