7
ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
ФИО автора:
Azizova Shoxida Fayzullaevna
(Toshkent viloyati Toshkent tumani 14-
umumiy o'rta ta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi)
Название публикации:
«XORAZMSHOHLAR DAVLATINING TASHKIL
TOPISHI VA UNING TARAQQIYOT BOSHQICHLARI»
Anotatsiya:
ushbu maqola orqali siz Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi
va rivojlanish boshqixhlari haqida habardor bo‘lasiz.
Kalit so‘z:
Xorazmshohlar, rivojlanish boshqichlari, Kayxusrav, Mouronnahr,
Fors, O‘rta sharq.
XORAZMSHOHLAR DAVLATI — qadimgi davrdan 13-a. oʻrtalariga qadar
Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrigʻiylar,
maʼmuniylar, oltintoshlar, anushteginiylar). X. d. ni xorazmshohlar boshqargan.
Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan boʻlsa ham, rivojlangan
davrlarida, ayniqsa, 13-a. boshlarida shim. da Kaspiy dengizining shim. sohillari, jan.
da Hindukush togʻlari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik maʼlumotlar
Koʻzaliqir, Kuyqirilgan qalʼa, Tuproщalʼa, Kat qalʼalarini poytaxt shahar boʻlgan deb
taxmin qilishga imkon beradi. Yozma manbalar Kat qalʼasini afrigʻiylar sulolasi
vakillarining soʻnggi qarorgohi boʻlganligini tasdiqlasa, Gurganj (Koʻhna Urganch) sh.
maʼmuniylar, oltintoshlar va anushteginiylar sulolasining poytaxti boʻlgan.
Abu Rayhon Beruniy maʼlumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvonini olgan
dastlabki sulola siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a. da shakllangan Qadimgi
Xorazm (q. Xorazm) davlatida axomaniylar va undan keyingi afrigʻiylar sulolasi
asoschisi Afrigʻgacha (305-y.) bulgan Xorazmshohlar davlati haqida toʻla va aniq
maʼlumotlar yoʻq.
Beruniy bu haqda: «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan,
Kayxusrav va uning naslining Xorazmda podshohlik kilishlaridan tarix oldilar. Shu
8
vaqgda Kayxusrav Xorazmga koʻchib, turk podshoxlari (ustidan) xukmronligini
yurgizgan edi», deb yozgan.
Kayxusrav bilan Afrigʻ davri oraligʻida «xorazmshoh» unvoniga sazovor boʻlgan
shoxdardan bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140-y.), Saksafar (taxm. mil. av.
519—517-y.), Farasman (taxm. mil. av. 329—320-y.), Xusrav (taxm. mil. av. 320-y.)
nomlari maʼlum. Bu davrlarga oid arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida
sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik, savdosotiq ancha rivojlanganidan darak
beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y. lardagi arxeologiketnografik
ekspeditsiyalar natijasida oʻrganilgan yodgorliklardan topilgan moddiymadaniy
topilmalar Xorazmda ilmfan, sanʼat, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan
darak beradi. Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saklanib qolgan
qismlarining koʻpchiligi, asosan, afrigʻiylar sulolasi davrida qurilgan.
3-a. da Xorazm hududida iqtisodiysiyosiy jihatdan mustaqil boʻlib olgan bir
nechta hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqalʼa saroyi zallarining birida boshiga toj
kiygan va qoʻliga burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek,
Anqaqalʼa yaqinida ham boshida toj, qoʻlida burgut ushlagan kishi rasmi solingan
tanganing topilishi va shu joyda zarb qilinganligi mahalliy sulola hokimiyati
oʻrnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin alifbosidagi «S» harfiga
oʻxshash siyovushiylar tamgʻasining borligi, bu sulola siyovushiylar avlodidan boʻlishi
mumkinligini koʻrsatadi. Mil. 3-a. oʻrtalarida Kushon podsholigidagina emas, balki
butun Oʻrta Sharqsa katta siyosiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir
vaqtda arshakiylarning hukmronligi yemiriladi. Xorazmda kushonlar bilan kurash va
ichki siyosiy larzalar qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola oʻz
tangalarini zarb qiladi va shaharlarda oʻzlariga saroylar quradi. Shunday qilib, 3-a. da
Xorazmda kushonlar bilan kurashda gʻolib chiqqan siyosiy guruh — afrigʻiylar
sulolasiga asos solinadi.
Xorazm eftaliylar (5-a. ning 2-yarmi — 6-a. ning oʻrtalari) davrida ham, turklar
(6-a. ning 2 yarmi — 7-a. ning 1-yarmi) davrida ham oʻzining siyosiy mustaqilligini
saqlab qoldi.
9
Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a. ning 60-y. larida Vizantiya va turklar
bilan diplomatik aloqalar olib borganligi toʻgʻrisida toʻliq boʻlmagan maʼlumot beradi.
Arab manbalarida Xorazmning arab lashkarboshilari Salim ibn Ziyod va Umayya
ibn Abdulloh tomonidan ikki marta boʻysundirilganligi toʻgʻrisida gapiriladi. Aslini
olganda bu yerlarga ham Movarounnaxr shaharlariga nisbatan qilinganidek, talontoroj
yurishlari uyushtirilib turilgan. Faqat 8-a. boshidagina Xuroson noibi Qutayba ibn
Muslim boshchiligidagi qoʻshinlar Xorazmni uzilkesil bosib oldilar. Qutayba
xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini yaratgan va saqlab kelgan
olimlarni qirib yuboradi va quvgʻin qiladi. Shuning uchun ham, arablargacha boʻlgan
Xorazmshohlar davlati tarixiga oid yetarli yozma manbalar uchramaydi.
Arablarning shafqatsiz zulmi va quvgʻiniga uchragan xorazmshohning ukasi
Xurzod tarafdorlaridan bir guruhi Bulon boshchiligida 712-y. dan 730-y. gacha Xazar
xotsonligi hududlariga koʻchib, mustahkam oʻrnashib, bu yerda ular armiya, davlatni
boshqarish ishlarini oʻz qoʻllariga oldilar. Ular harbiy mavqelarini mustahkamlab,
Kavkazda arablar egallagan yerlarga xavf sola boshlaydilar.
Bu davrda Urganch voliysi va Xorazmshohlar davlati xalifalikka toʻgʻridantoʻgʻri
boʻysunib, har qaysisi alohidaalohida xiroj toʻlab turishgan. Xorazmshohlar davlati
hukmdorlari oʻz mavqelarini mustahkamlash uchun bir qancha tadbirlarni amalga
oshirishgan. 751-y. xorazmshoh Shaushfirning elchilari Xitoyga kelganligi haqida
maʼlumotlar sakdanib qolgan.
Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati 9—10-a. larda
Arab xalifaligining yemirilishi tufayli ketmaket Oʻrta Osiyo va Sharqiy Eronda paydo
boʻlgan yirik mustaqil davlatlar tohiriylar, safforiylar va somoniylar qoʻl ostida
boʻlgan.
Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga qaraganda 10-a. oxirlarida Xorazm iqtisodiy
jihatdan juda tez rivojlana boshlaydi. Bunga shaharlarning oʻsishi dalil boʻla oladi.
Agar, Tabariy 712-y. da Xorazmda uchta shahar boʻlganligini koʻrsatib oʻtsa, Istaxriy
10-a. boshlarida Xorazmda shaharlar soni oʻntaga yetganligini koʻrsatadi. 985-y. larda
esa, Makdisiyning yozishicha, Xorazmdagi shaharlarning soni oʻttiz ikkitaga yetgan.
Arxeologik qazilma vaqtida topilgan kulolchilik mahsulotlari bu shaharlarda
10
hunarmandchilik tez rivojlanganligidan darak beradi. Arab manbalariga qaraganda, 10
— 11-a. larda Xorazm yirik savdo markaziga aylangan. Xorazm savdogarlari, hoz.
Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrnidagi dashtlarda yashovchi aholi bilan Volga
boʻyidagi Xazariya va Bulgʻor podsholigi hamda Sharqiy Yevropadagi slavyan olami
bilan keng koʻlamda savdo ayirboshlash ishlarini olib borgan. Sharqiy Yevropa
savdoning oʻsishi natijasida X. d. ning shim. gʻarb tomonidan eng chekka istehkomi
boʻlgan Urganch Xorazmda bu savdoning birinchi ahamiyatga ega boʻlgan markaziga
aylangan. «Hudud ulolam» muallifining taʼrificha, «Gurganj» qad. zamonda Xorazm
mulklari jumlasiga kirgan shahar boʻlib, endilikda uning alohida podshosi bor. Shahar
podshosini «Gurganj miri» deb ataydilar. Uning alohida boʻlib ajralib chiqishini —
mamlakatning iqtisodiy jihatdan gurillab oʻsishi, Volga boʻyi bilan boʻlgan savdo
aloqalarining rivojlanishi hamda siyosiy tarixiy sharoit bilan bogʻlangan holda
tushunish mumkin.
10-a. ga oid yozma manbalarda qayd qilinishicha, xorazmliklar qoʻshnilari
oʻgʻuzlar &n muvaffaqiyatli jang qilib turgan. Xorazmliklar Xazar xoqonligida muhim
rol oʻynaganlar, xoqon qoʻshinlaridagi asosiy qism ulardan iborat boʻlgan. 992-y.
somoniyNuh ibn Nasr oʻz poytaxti Buxorodan mahrum boʻlib, Amul (Chorjoʻy) ga
qochadi va shu yerdan turib istilochilarga qarshi kurashni uyushtirmoqchi boʻladi.
Xorazmning ikkala hokimi unga yordamga keladi. Nuh ularning koʻrsatgan yordami
uchun Xurosondagi ikkita yirik mulkini taqdim qiladi: xorazmshoh Abu Abdulloh
Muhammadga Obivardni, Urganch amiriMaʼmun ibn Muhammadga Niso sh. ini
beradi. V. V. Bartold koʻrsatib oʻtganidek, Nuh Xurosonning itoatsiz hokimi Abu
Aliga qarama qarshi shunday ish qilgan edi. Shunisi qiziqki, Abu Ali Nisoni hech
qanday qarshiliksiz Maʼmunga topshiradi, lekin Abu Abdulloh yuborgan vakillarni
Obivardga kiritishdan bosh tortadi. Gardiziynint hikoya qilishicha, isyonkor Abu Ali
995-y. bahorida Nuhning vassali va lashkarboshisi sifatida harakat qilgan
Sabukteginning lashkarlaridan yengilgach, dastlab Rayga qochadi, soʻngra Nishopurga
qaytishga harakat qiladi. Sabukteginning oʻgʻli Mahmudning qoʻliga tushadi va uncha
katta boʻlmagan guruh bilan Xorazmga Maʼmunning panohiga qochadi. Lekin uni
xorazmshohning askarlari ushlab oladilar va Katga keltiradilar. Bu voqea ikki Xorazm
11
davlati oʻrtasidagi kurashning uzilkesil barham topishiga bahona boʻladi. Maʼmunning
qoʻshini Katni ishgʻol qilgan va ozod qilingan Abu Alini, Maʼmun Urganchda tantana
bilan kutib olgan. Asir olingan soʻnggi afrigʻiy ham shu yerga keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |