BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI KREATIVLIK ASOSIDA
TASHKIL ETISH
Mavlyanova G.M.– 25-umumiy ta’lim maktabining II toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi,
Chirchiq shahar, Toshkent viloyati, O’zbekiston.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar faqatgina xalq manfaatlari uchun,
uning baxt-saodati uchun xizmat qilayotganining guvohi bo’lib turibmiz. Ta'lim jarayonida ilg'or
texnologiyalarning yangi-yangi usullarining qo’llanilishi darslarning rang-barang qiziqarli tarzda
o'tishiga olib keladi, o'quv materiallarining chuqur o'zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar
yaratadi.
Pedagogik qarashlarda "Oddiy o'qituvchi - gapiradi, yaxshi o'qituvchi - ko'rsatadi, juda yaxshi
o'qituvchi-motivatsiya qiladi", degan gap bor. Zamon talabiga muvofiq holda har bir fan
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
360
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
o'qituvchisi o'zining mutaxassisligini, chuqur o'zlashtirgan, pedagogik-psixologik hamda metodik
bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallagan, ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini
oshiradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor va ularni ta'lim
jarayonida qo'llay olish malakasiga ega bo'lishi bilan birga innovatsion faoliyat egasi bo'lishi lozim.
Ayni paytda o'qituvchi har bir darsning muallifi hisoblanadi. Chunki o'qituvchi ushbu darsni
tayyorlashda ilg'or o'qituvchilar tajribasiga tayanadi, uslubiy qo'llanmalarni o'rganadi va uni amalda
qo`llaydi.
Matematika darsida o'quv tarbiya jarayonining barcha elementlari o'zaro uyg'unlikda bo'ladi.
Bular maqsad va mazmun, vositalar, metodlar, ta'limni tashkil qilish shakllari bilan uzviy
bog'liq. Boshlang'ich sinflarda ishlaydigan o'qituvchi vatanparvarlik burchini to'g'ri
anglaydigan, o'z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladigan, milliy va umuminsoniy
qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol bo'lmog'i lozim.
Boshlang'ich ta'lim asosiy poydevor hisoblanadi. Bolaning o'qishga bo'lgan munosabatinig zarur
bo'lgan o'qish savodxonligi, turli ma'lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish
va ularni kundalik hayotda qo'llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o'z-o'zini boshqarish,
jamoada o'zini tuta bilish, yozma va og'zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta'limiy
faoliyatni tashkil etish kabi ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o’z ijodiy kuch
va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Mamlakatimizda “Ta’lim
to’g’risida”gi qonunning qaytadan ko’rib chiqilganligi yoshlarning buguni va kelajagiga umid
bilan qarashga undaydi.Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda
katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika
taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab
yoshlarning dunyoqarashlariga shakllantiradi, xalqimiz baxt saodati yo’lida sidqidildan mehnat
qilishga tayyorlaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: “Bu murakkab dunyoning
azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har
tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no mazmun
bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot –bu
yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishida o’ziga xos ta’sir
o’tkazadi”.
O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri – bu
pedagog kadrlarning zamon talablariga xamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama
rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, ko`nikma, malaka va madaniyatga ega
bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z-o`zidan ta`lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini
o`rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Kreativlik (lot, ing.
“create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga
tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy
qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik
psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni
tekshirish va o’zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash,
muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga
nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham
birdaniga shakllanmaydi. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari,
tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi.
Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish,
yangi, ilg’or, bo’lajak pedagoglarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga
xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni
mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr
almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |