367
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Yozning issiq kunlari, quyosh tikka kо‘tarilgan. Bepoyon, kо‘m-kо‘k dala kо‘ksida
yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha chо‘g‘ bо‘lib, g‘о‘zalar ustida tovlanib kо‘rinadi. Murod bilan
ikkimiz mayda chuydani kо‘tarib, katta yо‘lning shimol tomonidagi yolg‘izoyoq yо‘ldan jо‘nadik.
Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. О‘rtog‘imni hovli orqasidagi boqqa olib chiqdim.
Bir tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bilan tо‘lgan sо‘lim bog‘dan sira chiqib
ketgimiz kelmas edi. Oq olma, kо‘ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik, birdan
allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga qaradi. Shu chog‘
bobomning bо‘rsig‘I esimga tushdi:
– Nimaning ovozi? – dedi о‘rtog‘im.
– Bobomning bо‘rsig‘i-ku!
– Rostdanmi? Qayerda – dedi hayron bо‘lib Murod.
– Yur, kо‘rsataman, – dedim-da, dо‘stimni boshlab, bog‘ etagidagi qafasda turgan bо‘rsiq
oldiga olib bordim. Qafasda turgan bо‘rsiqni har tarafga sakratib, о‘ynatib maza qildik. Shu chog‘
tog‘am chaqirib qoldi. (G‘ayratiy)
1-vazifa. Asardan parchani sekin, yarim ovozda о‘qib chiqing.Hikoyada qahramonni hayratga
solgan qanday hodisa yuz berdi?
a) g‘aroyib qush uchib keldi;
*b) allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi;
v) qish keldi va tabiat о‘zgacha tusga kirdi;
2-vazifa. Matndan tabiat tasvirini yorqin tasavvur etishga yordam beruvchi sifatlarni
aniqlang? (Bepoyon, kо‘m-kо‘k , sо‘lim )
3-vazifa. Matndan о‘xshatish va jonlantirishlar qо‘llangan gaplarni toping.( Bepoyon, kо‘m-
kо‘k dala kо‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha chо‘g‘ bо‘lib, g‘о‘zalar ustida tovlanib
kо‘rinadi.)
4-vazifa. Mazkur matnning turini aniqlang.
a) mualliflik ertagi
*b) hikoya
v) ilmiy-ommabop maqola
O‘quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishda dars va darsdan tashqari o’qish
soatlarida, to’garak mashg’ulotlarida, takrorlash darslarida yuqorida qayd etilgan topshiriqqa
o’xshash vazifalardan foydalanish muhim omil sanaladi.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to`g`risida”gi 997-sonli qarori
3. A. Ismailov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z. Kosimova, N. Aminova “Xalqaro
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash” – T.: 2019
4. Matchonov S. va boshqalar. 4-sinf O‘qish darslari. –Т.: O’qituvchi, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |