Annotation.
This article describes the level of development of information and
communication technologies in the Republic of Uzbekistan. The article notes that a number of laws
and other legal acts have been adopted in this regard. It was noted that this development is deeply
rooted in all spheres of our state, as well as the fact that education is regularly taught online on
television, as well as on our educational sites, which effectively uses today's information and
communication technologies of Uzbekistan. This development is the door to endless opportunities
for our youth.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va
telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta‘minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular
asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi, katta
hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada
tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.Bugungi kunda barqaror
taraqqiyotga erishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni har qachongidan ham
ko‘ra dolzarb bo‘lib borayapti. Qaysi sohaga e‘tibor qaratmang, ularning barchasida ushbu
texnologiyalardan foydalanish tobora kengaymoqda
Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor axborotlar, ilg`or texnologiyalar
zamonidir.Ayniqsa, aniq fanlar muallimi bo’lish o’qituvchidan alohida mas’uliyat, kuchli bilim,
tinimsiz izlanishni talab qiladi. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o’z-o’zidan
bo’lmaydi. Ammo tinimsiz mehnat o’z samarasini bermasdan qo’ymaydi.
Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining yuksak shakli. Shuning uchun o’quvchilarda
ijodiy faollik zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari
oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy fikr yurituvchi
yoshlargina mamlakatimiz
kelajagining porloq bo’lishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’sha oladilar.
Ma’lumki, o’quvchi faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib,
o’qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon
yo’naltirib turadi.
Umumta’lim maktablarining asosiy maqsadi yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish,
ularni bilim olishga, mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga.
Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr
yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski,
amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga
kuchayib bormoqda. Innovastion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi
faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |