Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
344 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Ota-onasi va o‘qituvchilari salom berish fazilati haqida nasihat qilishsa, “Bir kunda bir 
marta salom bersa yetadi”, deb o‘ylarkan. 
Bora-bora Qaysarboyga dars tayyorlash va boshqa ishlarni takrorlash yoqmay qolibdi. 
Ayniqsa, jismoniy tarbiya darsidagi mashqlarni qaytarish juda malol kelarkan. U bu darsdan ozod 
bo‘lish uchun onasiga hamma yog‘i og‘riyotganligini bahona qilibdi. Shifokor unga og‘riq 
qoldiradigan dori va vitaminlar tavsiya etibdi. 
Qaysarboy shifokor yozib bergan dorilar ro‘yxatini o‘qituvchisiga ko‘rsatib,o‘zining kasal 
ekanligini bildiribdi. O‘qituvchi unga yengillik beribdi. U endi stadion atrofidagi tomoshabinlar 
uchun o‘rnatilgan kursilarning biriga o‘tirib mashq bajarar ekan. Qaysarboyning bahonasi to‘liq ish 
bermaganidan xafa bo‘libdi. U o‘qituvchisi ko‘rsatganday o‘tirgan holda qo‘lini to‘g‘riga, yuqoriga, 
yon tarafga juda sekinlik bilan uzatibdi. “Bir, ikki, uch, uch, bir”, deb sonlarning o‘rnini o‘zgartirib 
aytibdi. U esnabdi, juda zerikibdi. Shunda osmondan likopcha shaklidagi uchuvchi moslama kelib 
uning oldiga qo‘nibdi.Uning eshigi ochilib, mitti bir odam tushib, Qaysarboy bilan tanishibdi. Nima 
uchunyolg‘iz o‘tirganligini so‘rabdi. 
Qaysarboy mashqlarni hadeb takrorlash yoqmayotganligini mitti odamga ham aytibdi. Mitti 
odam unga: “Eh, tanbal do’stim, xo‘p desang seni hech narsani takrorlamaydigan odamlar 
yashaydigan sayyoraga olib boraman”, debdi. Qaysarboy bu taklifga jon deb rozi bo’libdi. U mitti 
odam bilan osmon-u falakka ko‘tarilibdi. Uchar likopcha son-sanoqsiz katta yulduzlar orasidagi 
kichkina bir sayyoraga qo‘nibdi. Ular tep-tekis muz maydonidagi tosh binolar qurilgan joyga 
tushishibdi. Mitti odam Qaysarboyni yetaklab, tosh binolarning biriga olib kiribdi. U yerda havo 
siyrak bo‘lganidan mitti odamlar burunlariga havo to‘ldirilgan sharlarni qistirib olisharkan. 
Qaysarboy ham o‘sha kichkina havo sharidan burniga taqib olibdi. Mitti odam Qaysarboyni bir 
parcha non va mitti odamlar uchun mo‘ljallangan shisha idishdagi bir qultum suv bilan mehmon 
qilibdi. 
U o‘z uyida takror-takror to‘yib suv ichgani va ovqatlangani sababli och qolibdi, chanqabdi. 
Qo‘y-qo‘zilarni suvsiz qoldirganini eslab afsuslanibdi. Hammadan yomoni kichkina shardagi havo 
tugab, juda qiynalibdi. Mitti odamdan yana shar so‘rabdi. Mitti odam havo shari bir kunda bir marta 
berilishini aytibdi. Qaysarboy havosizlikdan har tomonga yuguribdi. Nafasi battar qisilibdi. 
“Havohavo”, 
deb baqirgancha uyg‘onib ketibdi. U kursida mashq bajarayotib uxlab qolgan ekan. Quvonchdan 
sakragancha “Xayriyat, tushim ekan”, debdi. 
Qaysarboy xuddi o‘ngida ro‘y berganday, ko‘rgan tushi haqida o‘ylanib qolibdi. 
“Darhaqiqat, har kuni to‘yguncha takror nafas olaman, suv ichaman va ovqatlanaman. Demak, 
hayotdagi boshqa ish va harakatlarni o‘z vaqtida takrorlash va bajarish zarur ekan”, degan xulosaga 
kelibdi. Qilgan bahonasidan 
uyalib o‘qituvchisidan kechirim so’rabdi. Qaysarboy o‘rtoqlari safiga qo‘shilib, turli 
mashqlarni bajaribdi, turnikda takror-takror tortilibdi. Abjirlik bilan futbol o‘ynay boshlabdi. 
O‘rtoqlari uni G‘ayratboy deb chaqiradigan bo‘lishibdi. 
Darslar tugab, maktabdan qaytayotganida yo‘lda uchraganlarga salom berib o‘tibdi. Ortidan 
“Rahmat, barakalla” kabi iliq so‘zlarni eshitibdi. Uyda esa qo‘ylarning suv va ozuqasidan tez-tez 
xabar olibdi. Keksa onasiga ko‘maklashibdi. Keyin maktabda olgan bilimlarini mustahkamlash 
uchun o‘tgan darslarni takrorlabdi. Ota-onasi G‘ayratboyning o‘zgarib qolganidan juda xursand 
bo‘lishibdi. 
MATN YUZASIDAN SAVOLLAR 
1. Ertakdagi oila qayerda yashar ekan? 
A.Obod qishloqda. B.Olis shaharda. C. Tog‘li hududda D. Chekka qishloqda 
2. Nima uchun bolaning ota-onasi uni yer-u ko‘kka ishonmas ekan? 
A.Erka bo‘lgani uchun B. Yolg‘iz bo‘lgani uchun. C. Qaysar bo‘lgani uchun. 
D.Aqlli bo‘lgani uchun. 
3. Otasi Qaysarboyga qanday vazifa yuklagandi? 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish