343
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
– Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga
xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish. Shunda u shirin,
mazali shavla pishira boshlaydi. Shundan sо‘ng aytasanki: Bir, ikki, uch, pishirishdan kech.Shundan
sо‘ng xurmacha shavla pishirishdan tо‘xtaydi.
– Rahmat, buvi, – debdi qizcha va xurmachani olib, uyiga – onasining oldiga ketibdi.Onasi
bu xurmachani kо‘rib juda suyunibdi. Bir kuni qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bо‘lsa
xurmachani oldiga qо‘yib: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish, – debdi. Xurmacha shavla pishira
boshlabdi. Kо‘p shavla pishiribdi. Onasi tо‘yib-tо‘yib, yebdi. Ammo u xurmachani shavla
pishirishdan
tо‘xtatadigan
sehrli sо‘zni unutib qо‘yibdi. Xurmacha esa shavlani
hadebpishiraveribdi. Uy ham shavlaga tо‘libdi, uyning tomi, hovli, hatto kо‘chalar ham shavlaga
tо‘lib ketibdi, u hamon tо‘xtamay shavla pishiraveribdi. Onasi juda ham qо‘rqib ketib, qizchasi
huzuriga yugurib ketibdi. Lekin yо‘lda issiq shavla daryo bо‘lib oqqani uchun о‘tish juda qiyin
ekan.
Yaxshiyam qizchasi uzoqda emas ekan. Qizcha kо‘chadagi voqeadan xabardor bо‘lib,
darrov uyga yugurubdi. Juda qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va : Bir, ikki, uch, Pishirishdan
kech, – deb qichqiribdi.
1-topshiriq. 1-vazifa. Ertak matnini sekin, yarim ovozda о‘qib chiqing. О‘qituvchining
ishorasi bilan о‘qiyotgan joyingizni belgilab qо‘ying.
2-topshiriq. 1-vazifa. Matnning bu qismida sehrli xalq ertagining qanday xususiyatlarini
uchratish mumkin:
a) sehrgarlik ishlari
*b) sehrli buyumning mavjudligi
v) sehrgarning harakatlari
2-vazifa. Matndan sizning oldingi javoblaringizni tasdiqlovchi gaplarni belgilab chiqing. (–
Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xurmacha, sen
faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish.)
3-vazifa. Boshqa ertaklarda ham qahramoni sehrli buyumga ega bо‘lgan shunga о‘xshash
voqealar uchraydimi? Qaysi ertaklarda? Javobingizni yozing. («Ur tо‘qmoq!», «Uch og‘ayni
botirlar» ertaklari)
O‘quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishda dars va darsdan tashqari o’qish
soatlarida, to’garak mashg’ulotlarida, takrorlash darslarida yuqorida qayd etilgan topshiriqqa
o’xshash vazifalardan taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim
sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim
olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan
foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Biz dars
jarayonida quyidagi matn asosida o‘quvchilarimizni PIRLS tadqiqotlari doirasida matn
ustida ishlashga tayyorlashimiz mumkin. Matn 513 so’zdan iborat. 3-sinf o‘quvchilarining sinfdan
tashqari o‘qish darslarida o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Matn ustida ish olib borish uchun
o’quvchilarga 45 daqiqa vaqt beriladi. O’quvchilar avval matnni o’qib chiqadilar, so’ng matn
yuzasidan berilgan topshiriqlar ustida ishlaydilar.
Qaysarboyning o‘zga sayyoraga borgani (Ertak) Erkin Madolimov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, atrofni ko‘m-ko‘k yaylov qoplagan qir-adirlarga tutashgan obod
bir qishloqda chorvachilik bilan tirikchilik o‘tkazadigan er-xotin yasharkan. Ular keksaygan paytda
o‘g’il farzand ko‘rishibdi. Yolg‘iz o‘g‘ilni yer-u ko‘kka ishonmay haddan ortiq erka qilib
o‘stirishibdi.
Bolaning xarxashasi ko‘pligi uchun atrofdagilar uni qaysarboy deb ataydigan bo‘lishibdi.
Qaysarboy maktabga qatnay boshlabdi. Darsdan keyin, otasi uyda qoldirib ketgan yaylovga
borolmaydigan qo‘zilar va kasal qo‘ylarga qarashni unga yuklagan ekan. U esa qo‘ylarning suv va
ozuqasini vaqtida bermas, “Hadeb suv ichaveradimi”, der ekan.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |