300
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Fazonol yaxshi ta`sir ko`rsatadi, 0,3 % kontsentratsiyasi qo`llaniladi (30 gr. dori 10 l. suvda
aralashtiriladi). Tuvakdagi yoki yog`och idishdagi o`simlikka ishlov berish uchun u yonboshlatiladi
va pul`verizator bilan uning hamma qismlari obdon purkaladi. Qalqonchalarni batamom yo`q qilish
uchun purkash 10-12 kundan keyin takrorlanadi. Agar fazalon bo`lmasa, limonlarni sovun kerosinli
emul`siya bilan purkash mumkin. Uni tayyorlash uchun 10 litr iliq suvda 80-100 g xo`jalik sovuni
eritiladi, undan keyin 150 gr kerosinni kam-kamdan sovun eritmasiga solib, doim aralashtirilib
turiladi. Bunda kerosinning yog`li aylanalarisiz bir xil jinsli suyuqlik hosil bo`lishi kerak. Agar
kerosinning bir qismi suyuqlik ustiga chiqib qolsa, uni ehtiyotlik bilan to`kib tashlanadi. Hosil
qilingan suspenziya bilan zararlangan o`simliklar obdon purkaladi.
Kuyali zamburug`. Qalqonchalar o`simlik sharbatini so`rib, ularni nafaqat zaiflashtiradi, balki
kuyali zamburug`larning paydo bo`lishiga zamin yaratadi. Zamburug`lar namligi yuqori havoda
qalqonchalarning chiqindilarida joylashadi. Bu qora qatlam barglarni qoplaydi va ularning
fiziologik vazifasinin buzadi. Qalqonchalar bilan zararlangan o`simliklarning barglari, mevalari
tushib ketadi, shoxlari quriydi.
Kurash choralari. Barglardagi kuyali zamburug` ho`l latta yoki paxta bilan yuvib tashlanadi.
Kasallikning oldini olish uchun erta bahorda o`simlik kurtak chiqargunga qadar 0,3 % xlorli mis
oksidi eritmasi bilan purkalishi lozim (30 g. dori 10 litr suvda eritiladi).
O`rgimchak kana. Limonlarga kanalar katta zarar keltiradi. Ular o`simlikning hamma
qismlarida, lekin asosan yosh novdalarda, gullarda va tugunchalarda joylashadi. Bu juda kichkina
so`ruvchi hasharotlar bo`lganligidan qurollanmagan ko`z bilan payqash qiyin. Kanalarning paydo
bo`lish belgisi masofada yaltiragan o`rgimchak tolasi va barglarning och zangori rangda bo`lishidir.
U tez ko`payadi va yiliga 10-12 marta nasl qo`yib ko`payishni beradi. Zararlangan o`simliklar
haddan tashqari zaiflashadi, barglari, tugunchalari tushib ketadi, ayrim tanalari quriydi.
Kurash choralari. O`rgimchak kana bilan kurashda 0,3% li kel`ton eritmasi (30 g dori 10 litr
suvga aralashtiriladi) qo`llaniladi. U bilan o`simlik obdon purkaladi. Dori bilan ishlov 10-12 kun
oraliq bilan ikki marta o`tkaziladi.
Agar kel`ton bo`lmasa, limon barglarini dastlab suv bilan ho`llab kolloidli oltingurgut kukuni
bilan purkaladi. Bu holda o`rgimchakni ikki-uch kun quyoshda tutish maqsadga muvofiqdir, shunda
oltingugurt yaxshi parchalanadi, bu vaqtda ajralib chiqayotgan oltingugurt gazi zararkunandani
o`ldiradi.
Tsitruslilar biti. Bu mayda hasharotlar yosh nihollarning gulida, tugunida to`dasi bilan
joylashib oladi. O`simlik sharbatini so`rib zarar etkazadi. Juda tez ko`payadi. Bir yilda 20
generatsiya beradi. Zararlangan barglar buralib qoladi, gullari va tugunlari tushib ketadi.
Kurash choralari. Bitlar anabazin sulfat 0,1% eritmasi bilan yo`q qilinadi. Buning uchun
o`simlik mazkur eritma bilan purkaladi. Shuningdek bitlarni o`simlikni dastlab suv bilan yoki
kuchli sovun eritmasi bilan namlanib so`ngra tamaki changini sepib yo`q qilish mumkin.
Gomboz. Bu limonlarning eng jiddiy kasalligidir. O`simlikning odatiy zararlanish joyi – ildiz
bo`ynidir. Kasallik o`simlik po`stlog`i va tanasining qurib qolishligida namayon bo`ladi.
O`simliklarning zararlangan joylarida paydo bo`ladi. Poya atrofidagi po`stloq qurigan bo`lsa
o`simlik quriydi. Gomboz limon o`stirish agrotexnikasi buzilishi oqibatida bir necha xil
zamburug`lar bilan chaqiriladi. Gomboz odatda mo`l sug`oriluvchi va zich tuproqqa chuqur ekilgan
o`simliklarda bo`ladi. U mineral o`g`itlar haddan ziyod berilganda rivojlanishi mumkin.
Kurash choralari. Gombozning paydo bo`lish oldini olish uchun o`simlikni uncha chuqur
ekmaslik, tuproqni tez-tez yumshatib, ildiz bo`yni atrofi har doim yumshatilishi lozim, uni suv bilan
bostirmaslik kerak. Kasallikning boshlang`ich bosqichida o`simlikni davolash mumkin. Zararlangan
joylarni o`tkir pichoq bilan sog`lom to`qimalarigacha tozalamoq va mis kuporosining 3% li eritmasi
bilan ishlov berib, keyin tozalangan joyga bog`da ishlatiladigan qora mum surtish lozim.
Faydalanilgan adabiyotlar
1. Выращивание лимона дома/ Журнал "Цветок" М.-2011.-с -34-46.
2. Zadtsev Yu.I., Polyakov A. Tsitruslilar xonada.- Toshkent: Mehnat. 1990.–с-3
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |