Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
220 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI HARAKATGA DOIR MASALA 
YECHISHGA O‘RGATISHNING UMUMIY METODIKASI 
 
Sultanov M. – o‘qituvchisi, Kenjebayeva M., Muratova G.,Serikbayeva A.– Nizomiy 
nomidagi TDPU, Toshkent, O‘zbekiston. 
 
“Harakat” so‘zi har xil tipdagi masalarda: oddiy uchlik qoidaga doir masalalarda, ikki 
ayirma bo‘yicha noma’lumni topishga doir masalalarda va 
boshqa xil masalalarda uchraydi. Ammo bu masalalar harakatga doir masalalar turiga 
kirmaydi. 
Matematika o‘qitish metodikasida harakatga doir masalalar jumlasiga harakatni 
xarakterlovchi uchta miqdor - tezlik, vaqt va masofa orasidagi bog‘lanishlarni topishga doir 
masalalar kiritiladi, bu masalalarda aytilgan miqdorlar yo‘naltirilgan miqdorlar sifatida qatnashadi. 
Xususan, quyidagi masalalar harakatga doir masalalar jumlasiga kiradi:
1) bir jism harakatiga doir hamma sodda va murakkab masalalar (bu masalalarda 
miqdorlardan biri - tezlik, vaqt yoki masofa - qolgan ikkitasiga bog‘liq holda qatnashadi); 
2) uchrashma harakatga doir masalalar;
3) ikki jismning qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatlariga doir masalalar;
4) ikki jismning bir yo‘nalishdagi harakatiga doir masalalar. 
Bu xildagi masalalar ustida ishlashning mohiyatini ushbu masalani yechish misolida ochib 
beramiz: 
“Piyoda har soatda bir xil tezlik bilan yo‘l bosib, 3 soatda 12 km masofani bosib o‘tsa, u 
qanday tezlik bilan yurgan?” 
O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida masala shartini tahlil qilish bilan bir vaqtda masalani 
jadvalga yozishni o‘rganadilar. 
Buning uchun o‘qituvchi tomonidan bir nechta savollar beriladi: 
– Masalada nima ma‘lum? (Piyoda yo‘lda 3 soat bo‘lgani.) 
– 3 soat - piyodaning yurgan vaqtini o‘qituvchi tomonidan tushuntiradi.
– Masalada yana nima ma‘lum? (Piyoda 3 soatda 12 km o‘tgani.) 
– 12 km – piyoda o‘tgan yo‘l yoki masofa. 
– Masalada nimani bilish talab qilinadi? (Piyoda bir soatda qancha yo‘l 
o‘tgani.) Masalani analiz qilish jarayonida o‘qituvchi masalaning sharti jadvalga qanday 
yozilishini ko‘rsatadi: 
TezlikVaqtMasofa 
?3 soat12 km 
Bunday xulosa chiqariladi: agar masofa va harakat vaqti ma‘lum bo‘lsa, tezlikni topish 
mumkin. Tezlik masofaning vaqtga bo‘linganiga teng. Misol uchun bunday masalaning yechilishini 
qaraymiz: 
“Piyoda soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo‘lda bo‘ldi. Piyoda qancha masofa yo‘l yurgan?”‖ 
Masala shartini chizma yordamida ham tushuntirish mumkin. 
Bu yerda piyoda bosib o‘tgan vaqti 3 soat va uning tezligi 6 km/soat ni tashkil etadi. Demak 
yechim: 6 km/soat · 3 soat = 18 km 
Berilgan tezlik va vaqt orqali masofa bosib o‘tilgani o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. 
Shunga o‘xshash bir qator masalalarni yechish natijasida o‘quvchilar bunday xulosaga 
kelishadi: agar tezlik va harakat vaqti ma’lum bo‘lsa, u holda masofani topish mumkin. Masofa 
tezlik bilan vaqtning ko‘paytmasiga teng. Ma’lum tezlik va masofaga ko‘ra harakat vaqtini topishga 
doir bir qator masalalarni yuqoridagidek bunday xulosaga keladilar: agar tezlik va masofa ma’lum 
bo‘lsa, u holda harakat vaqtini topish mumkin. Vaqt masofaning tezlikka bo‘linganiga teng. 
Tezlikning o‘lchov birliklarini yozganda avval uzunlik birligi yozilib, so‘ng qiya chiziq «/» 
(yoki «-») qo‘yiladi va qiya chiziq tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin: 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish