216
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Har bir o`quvchini uzluksiz rivojlantirish g`oyasi muayyan darsda unda hosil bo`lgan
ko`nikmalarni muntazam qo`llab-quvvatlashni anglatadi. Bu ko`nikmalarning bir qismi turli axborot
manbalari bilan ishlash natijasida hosil bo`lsa, boshqa bir qismi integratsiyalashgan mashg`ulotlarda
turli fanlararo berilgan bilimlar, badiiy asarlar kabilar bilan ishlash natijasida vujudga keladi.
O`quvchilarning bilim darajasini oshirishda ta’lim mazmunini integratsiyalash, unda ta’lim
mazmuniga singdirilgan barcha tushunchalarni tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy gumanitar sohaga oid
bilimlar sifatida taqdim etish muhimdir. Zero, integratsiyalashgan mashg`ulotlar o`quvchilarda
dunyoning yaxlitligi haqida bir butun tasavvur hosil qilishga ko`maklashadi. Shuning uchun ham
bir qator o`quv fanlarini integratsiyalashga bugungi kunda kuchli ehtiyoj sezilmoqda.
Integrativ mashg`ulotlar o`quvchilarda ishonch hissini qaror toptiradi. O`quv jarayonining
muvoffaqqiyati hamda bilimlarning yuqori sifatini ta’minlaydi, darslarda psixologik qulayliklarning
o`ziga xos qirralari singdiriladi, o`quvchi faoliyatini samarali tashkil qilishga yo`naltirilgan o`quv
mashg`ulotlari taqdim etiladi. Olimlarning fikricha, bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni
yechishda bir vosita hisoblanar ekan[7].
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, integratsiyalashgan dars mashg‘ulotlarida bola
olamni bir butun, yaxlit holda tasavvur etishni boshlaydi, bola potensiali rivojlanadi, tevarak-atrofni
katta qiziqish bilan o‘rganishga kirishadi, hodisalar uning ongida mantiqiy va fikriy bog‘liqlikda
namoyon bo‘la boshlaydi. Natijada bolaning muloqot qobiliyati, taqqoslash-qiyoslash,
umumlashtirish va xulosa qilish qobiliyatlari taraqqiy eta boradi. Ta'lim muassasalarida pedagogik
texnologiyalar asosida dars o‘tishda asosiy talab o‘quvchining hayotiy tajribasi, avval o‘zlashtirgan
bilimi va qiziqishlari asosida yangi bilim berishni ko‘zda tutadi. O‘qituvchi kreativligi kasbiy
kompetensiyasini o‘stiruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Demak, darslarni integratsion
texnologiyalar orqali tashkil etish nafaqat darsning maroqli va sermazmun o‘tishini, balki
o‘quvchilar dunyoqarashining har tomonlama rivojlanishini kafolatlaydi hamda fanlarga oid
bilimlarning ijobiy o‘zlashtirilishini ta'minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoev.Sh.M. Maktab ta'limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur.
www.xs.uz
2.
Akramova F.A. Bola shaxsi shakllanishiga boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisining psixologik
ta'siri. "Zamonaviy ta'lim": 2015, 3-son.
3.
Rustamova D. Boshlang‘ich ta'limda integratsiyalashgan o‘qitishning ahamiyati. Научный
вестник. – Nam DU:2019-yil 12-son.
4.
Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik
qo‘llanma;Toshkent:2005-y.
5.
Shorustamova D.S. Boshlang`ich ta`lim darslarini integratsiyalashda pedagogik psixologik
yondashuv. Magistrlik dissertatsiyasi,2014-yil.
6.
Axmedjanov M.M. Диагностика подготовленности педагога к профессиональной
деятельности: Автореф. дисс. канд. пед. наук. – Т.: 1994.
7.
Mirqosimova M.M. Masofaviy ta'lim sharoitida o‘quv fanlarini integratsiyalash tamoyillari.
"Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar";2020-yil, №1.
Do'stlaringiz bilan baham: |