215
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Shu
o‘rinda
integratsiyalash
tushunchasining
lug‘aviy
ma'nosiga
to‘xtalish
joiz.“Integratsiyalash” tushunchasiga “Pedagogik lug‘at”da “integratsiyalash” tushunchasiga
quyidagicha ta'rif beriladi: “integratsiyalash” lotincha “integer” – umumiylik, “integerara” –
umumiylikni to‘ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta'lim mazmunidagi uyg‘unliklarni ta'minlash
muammolari integratsiyalashning shug‘ullanadigan sohasi hisoblanadi. U tushunchalarni
umumlashtirishni o‘rgatish, ta'lim va tarbiyada bilimlar, tushunchalar, ko‘nikmalar va malakalarni
shakllantirishni umumlashtirib, qonun-qoida ko‘rinishiga keltirishni amalga oshiradi [4].
Buyuk didaktik olim Yan Amos Komenskiy integratsiyaga oid dastlabki qarashlarida shu
xususida yozadi: "Barcha o‘zaro bog‘liqliklar aynan ana shu bog‘liqlikda o‘rganilishi zarur".
Keyinchalik ko‘plab olimlar mazkur fikrni umumlashtirgan holda uni yanada rivojlantirdilar.
D.Lokkning g‘oyalari ta'limning mazmunini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir fan ikkinchi
fanning elementlari va misollari asosiga boyitilishi nazarda tutiladi. Nemis o‘qituvchisi F.Yunge
esasakkizta tushuncha va empirik umumlashmalar asosida, birinchilardan bo‘lib, tabiat fanlarini
integratsiyalab o‘qitishga tayangan kursni ishlab chiqdi [5].
Hozirda dunyo miqyosida ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda integrativ
pedagogikadan foydalanish, o‘qitish jarayonlarining integratsiyalashuviga kompleks yondashuvni
tatbiq etishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mavzular, fanlar va
transfanlararo integratsiyani qo‘llash asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish, konsentrizm
tamoyili asosida o‘quv materiallarini tizimlashtirishning modullashgan integratsiyasini joriy etish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda biz qayd etgan masalalarni ilmiy tadqiq qiluvchi qator tadqiqot ishlari
yaratilgan. Respublikamizda fanlararo aloqadorlik va integratsion o‘qitish jarayonlarini tashkil etish
masalalari bo‘yicha R. Mavlonova, R. Safarova, A. Musurmonov, P. Musayev, A. CH. CHoriyev,
T. Nuriddinov, T. Dayanayeva, A. Salomov, B. Husanov, M. Ashirova kabi olimlar ilmiy-tadqiqot
ishlarini amalga oshirishgan. Mazkur tadqiqotlarda fanlararo aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va
tamoyillari, ularning o‘quv jarayonida muayyan fanlarni o‘zlashtirishda qo‘llanilishi, o‘quv
fanlariaro aloqadorlik asosida ta'lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan
o‘rganilgan [4].
Xorijiy olimlardan J.Gilbert, F.Cochran, J.De Ruiter, R.E.Maeder, J.W.Gray, M.L.Dejong,
M.Trott, R.J.Gaylordlarning ishlarida integrativ ta'lim texnologiyalarini qo‘llashning afzalliklari va
imkoniyatlari yoritib berilgan. Mazkur ilmiy izlanishlarda pedagog kadrlarni tayyorlashning turli
jihatlari, ya'ni innovatsion va pedagogik faoliyatga tayyorlash, ta'limda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, integrativ muhitni tashkil etish masalalariga alohida
e'tibor qaratilgan [6].
Ta'lim jarayonida o‘quv fanlariaro integratsiyani ta'minlash o‘qitishda interfaol metodlar va
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi. Ta'lim jarayonini integratsiyalashni
ta'minlash bir qator pedagogik imkoniyatlarni vujudga keltiradi: fanlarning, mavzularning va
tushunchalarning o‘zaro aloqasi bir-birini to‘ldirishiga erishiladi[7].
Integratsion darslardagi o`quv materiallari o`quvchini har tomonlama rivojlantirishni
ta’minlashga yo`naltirilmog`i va shu rivojlanish darajasiga muvofiq tarzda bayon qilinmog`i lozim.
Har bir o`quvchiga o`zining mustaqil ta’lim olishga imkoniyat berilishi hamda har bir darsda
o`quvchilarda muntazam uyg`un ko`nikmalarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bu
ko`nikmalarning bir qismi malakaga olingunga qadar o`quv-biluv jarayonini ko`p tarmoqli
jarayonlar bilan kengaytirib borish kerak. Ularning bir qismi mustaqil ishlar, boshqa bir qismi
axborot manbalari yordamida hosil bo`ladi. Biz har qanday texnologiyalardan foydalanmaylik,
o`quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun ham imkoniyat yaratmog`imiz kerak. Shu bilan birga
mustaqil ishlash deganda o`quvchining yolg`iz nazoratsiz faoliyatini tushunmasligimiz, balki o`z-
o`zini bilimini oshirishni anglatmog`imiz lozim. O`quvchi o`zini qiziqtiradigan, yechishga kuchi
yetadigan topshiriqlarni aynan o`zi tanlay olishi talab etiladi. Bunda o`quvchining xohish va bilim
sifatini hisobga olish muhimdir [3].
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |