149
an’anaviy mavzularni o‘rganishga nisbatan murakkab kechadi. An’anaviy mavzularda ilmiy tadqiqot
o‘tkazish yo‘llari,
vositalari, ilmiy jamoatchilik tan olgan prinsiplar ma’lum darajada aniqlangan,
sayqallangan bo‘lsa, ta’limni kompyuterlashtirish muammosi sohasida qo‘llaniladigan tadqiqot usullari va
vositalariga etarli ishlov berilmagan, prinsiplar atroflicha tahlil qilinmagan. Bunday murakkab bilish
muammosini hal qilishning birdan-bir yo‘li mazkur tadqiqot mavzusiga oid mavhum,
etarli
o‘rganilmagan g‘oyalarni nazariya darajasida tahlil qilish, bilimlarni kategoriyalarga sintezlashtirish.
Kompyuterlashtirish muammosiga oid abstrakt g‘oya — bilimlarni, empirik qarashlarni «ta’lim»,
«kompyuter», «ta’limni kompyuterlashtirish» kabi kategoriyalar vositasida bayon qilish tadqiqotchidan
«mohiyatdan voqelikka», «voqelikdan mohiyatga» o‘tishni taqozo qiladi. Mohiyatdan voqelikka o‘tish —
bu ta’limni kompyuterlashtirish muammosiga oid mavjud bilimlar, faoliyatda ishlatiladigan tajribalardan
yangi bilimlarga, ta’limni kompyuterlashtirishning takomillashgan tajribasiga qarab borishni anglatadi.
Voqelikdan — biz taklif qilayotgan ta’limni kompyuterlashtirish texnologiyasidan mohiyatga o‘tish — bu
yangi tajriba xususiyatlari,
ishlatilgan usul, vosita, rioya qilingan prinsiplar asosida ta’limni
kompyuterlashtirish muammosining rivojlangan shakli.
Didaktik va uslubiy tadqiqotlarda, dastlab, o‘tkaziladigan tadqiqot, uning natijasida erishiladigan
bilimlar, ayni holatda umumiy o‘rta ta’limda informatika va hisoblash texnikasini o‘qitishni
kompyuterlashtirish muammosining o‘zini, uning tarkibini o‘rganishda qator afzalliklar mavjud.
Muammoning hali etarli tadqiq qilinmagan jihatlarini qayd qilib, tadqiqot yo‘nalishini belgilash va
kelajakda erishiladigan natijalarni ma’lum darajada aniq ko‘ra olish hamda tadqiqot ob’ektini
takomillashtirish yo‘llarini aniqlashga imkon beradi.
Fanda qo‘yilgan muammoni o‘rganishga
kirishar ekanmiz uning tarkibi, inson faoliyatidagi
ahamiyati, ilmiy tadqiqotdagi o‘rni, qanday masalalarga daxldorligi, muammoni o‘rganish yo‘llari,
vositalari, asoslanadigan prinsiplari, qisqa qilib aytganda, muammo mohiyatini etarlicha bilmaymiz.
Muammo obrazini ongda shakllantirish zaruratidan uning o‘zini alohida o‘rganishga, mohiyati va
tarkibini tahlil qilishga ehtiyoj tug‘iladi.
Ta’limni kompyuterlashtirish muammosi tashkiliy tizim bo‘lib, o‘ziga xos qator sifatlarga ega: eng
avvalo, ta’limni kompyuterlashtirish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida o‘tkaziladigan
tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Kompyuterli ta’lim tashkiliy tizim sifatida
tadqiqotchining irodasi,
mahorati, kompyuterlashtirish bo‘yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog‘liq. Masalan,
informatika va hisoblash texnikasi o‘quv predmetini kompyuterlashtirish uchun uning logikasi — o‘quv
materiallarini o‘rganish tizimi, har bir mavzuga oid o‘quv elementlari ajratiladi, o‘quvchilarning real
bilish imkoniyatlari o‘rganiladi. SHu asosda pedagogik dasturiy vositalarni yaratish xususiyatlari
aniqlanib, ularni yaratishda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish,
nazorat qilish prinsiplari,
usullari, vositalari, me’yorlari ishlab chiqiladi.
Boshlang‘is ta’limni kompyuterlashtirish to‘g‘risida fikr yuritilganda uning ikki xil ma’nosini
farqlash kerak:
1. Boshlang‘ich ta’limni kompyuterlashtirish faoliyati pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash,
yaratish, kompyuterning o‘zini ta’limni amalga oshirishga tayyorlash kabi elementlardan iborat bo‘lib,
ularning har biri o‘ziga xos vazifa va vositalarga ega.
2. Boshlang‘ich ta’limda mehnat jarayonlariga o‘xshab ta’limni kompyuterlashtirish maqsadga
muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat predmetidan iborat.
Mehnat va uning momentlari jihatidan o‘zaro daxldor uchta tizimni ajratamiz:
1. Ta’lim va kompyuter. Ushbu tizimda kompyuterli ta’limni alohida ta’lim turi sifatida qayd
etamiz.
2. O‘qitish faoliyati va kompyuter. Mazkur tizimda kompyuterli ta’lim sharoitida o‘qituvchi
bajaradigan ishlarni belgilaymiz.
3. O‘qish faoliyati va kompyuter. Bu tizim bo‘yicha kompyuterda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
amalga oshirib, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga oid vazifalarni qayd etamiz.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikda amalga oshiradigan mehnati (o‘zaro
ta’sir)dir. O‘zaro ta’sir kompyuterga yo‘nalgan. «O‘quvchi va Ta’lim»
tizimida kompyuter ikki xil
vazifani bajaradi. Birinchidan, mehnat vositasi. O‘qituvchi ham, o‘quvchi ham kompyuter vositasida o‘z
maqsadini amalga oshiradi. Ikkinchidan, kompyuter ta’lim manbai vazifasini bajaradi. Kompyuter
xotirasiga kiritilgan ma’lumotlar omborida o‘rganilayotgan mavzu mazmuni, yaratilgan pedagogik
dasturiy vositada esa shu mavzuni o‘zlashtirish uslubiyati aks etadi. Bu tizimda dastur vositasi orqali
150
shakllantiriladigan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan
munosabatlar ta’limning — o‘qitish va o‘qish faoliyati predmeti sanaladi. O‘qituvchi va o‘quvchi
ta’siridan bilimlar o‘rganilmagan holatdan o‘rganilgan holatga o‘tadi. YUqoridagi
rasmda keltirilgan
tizimning «kompyuter va ta’lim mazmuni» qismi eng boy bog‘lanish hisoblanadi.
Keltirilgan tahlilga asoslangan holda umumiy o‘rta ta’limda informatika va hisoblash texnikasini
o‘qitishni kompyuterlashtirish muammosini tizimli tadqiq qilish uchun quyidagi muammolarni
belgilaymiz:
1.
Boshlang‘ich ta’limda informatika va hisoblash texnikasini o‘qitishni kompyuterlashtirishni
didaktik va uslubiy muammo sifatida o‘rganish.
2.
Ta’limni kompyuterlashtirishni jarayon sifatida tahlil qilish.
3.
Informatika va hisoblash texnikasi o‘quv predmetini kompyuterlashtirishda ta’lim sub’ektlari
faoliyatini modellashtirish.
4.
Informatika va hisoblash texnikasi o‘quv predmetiga doir pedagogik dastur vositalarini yaratish
uslubiyatini ishlab chiqish.
5.
Boshlang‘ich ta’limda informatika va hisoblash texnikasi o‘quv predmeti bo‘yicha kompyuterli
ta’limning samaradorligini o‘rganish.
Boshlang‘ich ta’limda informatika va hisoblash texnikasini o‘qitishni kompyuterlashtirishga oid
muammolar qayd etilgach, ularning har birini alohida tahlil qilish, tarkibiy qismlarini aniqlashga ehtiyoj
tug‘iladi.
Bu masalalar didaktika va uslubiyat fanlari tutashuvida tahlil qilinadi.
Binobarin, ularning
o‘rganilishi informatika va hisoblash texnikasi ta’limini kompyuterlashtirishda ta’lim sub’ektlari
faoliyatini modellashtirish uchun nazariy asos vazifasini o‘taydi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori. www.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada
axborottexnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-5099-sonli qarori.
3. Hayitov A.G‘. Ta’limni kompyuterlashtirish vositalari //J. Pedagogik mahorat, 2002, 4-son.
4. YUldashev U.YU., Saidova M. Ta’limda axborot texnologiyalari muhiti va o‘quv
muassasalarining yordamchi o‘quv bo‘g‘inlari //J. Pedagogik mahorat, 2003, 4-son.
Do'stlaringiz bilan baham: