3 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/195
Sana07.04.2022
Hajmi6,7 Mb.
#533542
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195
Bog'liq
JizPI 2-tuplam 09.04.2021

 


143
TA’LIMDA INTERFAOL USULLARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI 
(Aqliy hujum usuli misolida) 
Kattakishiyev Beknazar 
I.f.n., dotsent, Jizzax politexnika instituti, Jizzax 
 
Boshqaruv tizimlari – barcha zamonaviy menejerlar e’tiborining eng muhim ob’ektlaridan biridir. 
Har bir menejer zamonaviy tadqiqot usullari va uslublarini yaxshi bilishi uchun ularni o‘rganish va ularni 
qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishi zarur. Hozirgi kunda fan keng va xilma-xil tadqiqot 
usullariga ega, sifatli natijaga esa faqat muayyan tadqiqotda foydalanilgan usullarning to‘g‘ri tanlangan 
izchil kombinatsiyasi orqali erishish mumkin. Oliy ta’limning vazifasi ham talabalarda mustaqil fikrlash, 
tahlil o‘tkazih va olingan natijalar asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qila olish ko‘nikmasini 
shakllantirishdir.Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya o‘qitishning texnik vositalari yoki 
kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini 
oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, shuningdek 
qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish 
yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir”.
Aqliy hujum usulining dolzarbligi uning samaradorligi, ijodkorligi va foydalanuvchiga nisbatan 
yuqori darajadagi ishonchliligi bilan izohlanadi. Bu yechimlar, g‘oyalar va takliflarni izlash jarayonida 
faol fikrlash va intuitsiyadan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu usul to‘plangan ma’lumotlarni 
birlashtirishga yordam beradi va shu bilan qarorlar samaradorligini oshiradi. Aqliy hujum usuli qiziqarli 
va noan’anaviy g‘oyalar, strategiyalar va yangi hatti-harakatlar zarur bo‘lganda juda muhim hisoblanadi. 
Usul asoschisi amerikalik psixolog va tadqiqotchi Aleks Osborndir. 1953-yilda u birinchi marta 
«Qo‘llaniladigan xayol: ijodiy fikrlash printsiplari va tartiblari» asarida aqliy hujumining klassik 
protsedurasini tasvirlab berdi. 
Aqliy hujum usuli jamoaviy qaror qabul qilishdir va ikkita jarayondan iborat:
* yangi g‘oyalarni samaradorlik nuqtai nazaridan o‘rganish va sinab ko‘rish; 
* yangi g‘oyalarni yangi samarali jarayon ssenariysiga birlashtirish. 
Aqliy hujum usulining muvaffaqiyati ikkita asosiy tamoyilga rioya qilishga bog‘liq. Birinchisi: 
birgalikdagi muhokamalar davomida yuqori sifatli g‘oyalar paydo bo‘ladi, ular yanada konstruktiv va 
amalga oshirishga yaroqli bo‘ladi, ya’ni sinergizm tamoyili. Ikkinchisi: agar munozara ishtirokchilari 
g‘oyalarni uzluksiz ishlab chiqaradigan holatda bo‘lsa, unda bunday ijodiy fikrlash jarayoni har qanday 
holatda ham baholash bilan to‘xtatib qo‘yilmasligi kerak, ya’ni mutloq erkinlik tamoyili. Bu aqliy hujum 
usulining boshqa usullardan asosiy farqidir. 
Aqliy hujumning turlari ko‘p, lekin qo‘llash algoritmi deyarli bir xil (1-rasm).
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, aqliy hujum algoritmi to‘rt bosqichdan iborat: 
* tayyorgarlik (maqsadni qo‘yishsh, muammoni belgilash, muammoni aniqlashtirish, «aqliy hujum» 
ishtirokchilarini tanlash, mas’ul shaxsni belgilash); 
* g‘oyalarni yaratish (muammoning mas’ul shaxs tomonidan taklif etilishi va tahlil qilinishi, 
yechim bo‘yicha ishtirokchilarning har biri to‘satdan bildirishgan takliflari, g‘oyalarini rivojlantirish va 
yangilarini izlab topish, 30 daqiqadan so‘ng natijalarni umumlashtirish); 
* g‘oyalarni tahlil qilish va baholash (Baholovchi qo‘mitaning bahosi);
 
* yakuniy - yaroqli yechimni foydalanishga qabul qilish va ijro etish. 
Aqliy hujum usullari ham ma’lum afzalliklarga va kamchiliklarga ega. 
Aqliy hujumning eng muhim foydasi shundaki, u ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi, qulay va ijodiy 
muhitda g‘oyalar hosil qiladi, birovning g‘oyalari takomillashtiriladi, rivojlantiriladi va to‘ldiriladi, 
konstruktiv g‘oyani o‘tkazib yuborish ehtimoli kamayadi va hokazo. Muammolarning jamoaviy hal 
qilinishi shubhasiz eng samarali yo‘ldir. Aqliy hujum usuli ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini 
rivojlantiradi, kompaniya resurslari qiymatini oshiradi, menejerlar va mutaxassislarning nutq va tinglash 
qobiliyatlarini shakllantiradi. Aqliy hujumning kamchiliklari ham mavjud. Ular: Aqliy hujum paytida har 
qanday, hatto xayoliy g‘oyalarni yaratish rag‘batlantirilishi tufayli, ko‘pincha, uning ishtirokchilari asosiy 
vazifadan chetlashib ketishadilar. Yakuniy natija uchun hamma mas’ul hisoblanganligi va barchada o‘zlik 
g‘oyalari mavjudligi uchun ularni muhokama qilishga ko‘p vaqt sarflanadi. Ko‘plab ishtirokchilar 
muhokama qilinayotgan g‘oyalarning muallifligini talab qilishlari va ijodiy jarayonda yetakchi bo‘lishni 


144
afzal ko‘rishlari mumkin. Turli xil taklif va g‘oyalar oqimida ba’zida samaralisini topish juda qiyin 
kechishi mumkin.
“Bоzоr iqtisоdiyotidа qаtnаshuvchilаr bir – biri uchun rаqib hisоblаnib, bir – birlаri bilаn o‘z 
fаоliyatlаrining muvаffаqiyati uchun kurаsh оlib bоrаdilаr. Аlоhidа – аlоhidа hоldаgi ishtirоkchilаrning 
bir – birlаri o‘rtаsidаgi kurаshi umumаn bоzоr iqtisоdiyoti bilаn yakunlаnаdi”. 
Fikrimizcha, aqliy hujum - bu tashkilotdagi qarorlarni qabul qilish jarayonining ajralmas qismi. 
Salohiyatli rahbar qaror qabul qilishda doimo aqliy hujum usulidan foydalanishi kerak. Ushbu usul 
jamoaga nafaqat intellektual raqobat sharoitida omon qolish, balki yangiliklarni amalga oshirishda 
salohiyatli va jo‘shqin muzokara tufayli barqaror muvaffaqiyatga hissa qo‘shadigan va o‘zgarishlarning 
chuqur sabablarini tushunishga yordam beradigan – korporativ madaniyatni ham yaratishga imkon beradi. 
Xulosa qilib aytganda, mashg‘ulotlarda aqliy hujum usulini zarur joylarda qo‘llash, ayniqsa, 
menejment yo‘nalishi uchun, talabalar ushbu usulning afzalliklarini anglab yetish va kamchiliklarini 
bartaraf yetishda, jamoaviy faoliyat yuritish kabi malakalarini hosil qilishda bebahodir. 
To‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror – raqobat muhitida muvaffaqiyatga erishishning garovi 
hisoblanadi. 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish