20
oʻrganib, tahlil qila olish va ulardan oʻz amaliy faoliyatlarida foydalanish;
- oʻtgan yillarda oʻtkazilgan xalqaro baholash dasturlarida taqdim etilgan
topshiriqlarni tahlil qilish;
- xalqaro baholash dasturlarini oʻzida mujassamlashtirgan innovatsion
metodlari asosida dars
ishlanmalarini ishlab chiqish;
- oʻqituvchilarning mustaqil ishlash faoliyatlarini tashkil etish.
Oʻquv dasturida ta’limdagi
islohotlar, metodologiya, baholash shakllari
va mezonlari, XXI asr koʻnikmalari, test va topshiriqlar turlari, xalqaro baholash
mezonlari, xalqaro tajribalar kabi berilgan mavzular asosida tinglovchilarning
o‘quvchilarda matematik savodxonligini, shunigdek xalqaro tadqiqotlarda
baholanayotgan kompetensiyalarni rivojlantirish boʻyicha kasbiy mahoratini
oshirish nazarda tutilgan.
Dastur ta’limdagi islohotlar, faol oʻqitish metodlari va metodologiya,
xalqaro tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni tizimli yetkazib berish
maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Shu
bilan birga, amaliy mashgʻulotlar
sifatida vazifalar berilgan bo‘lib, ular xalqaro tadqiqot
doirasida berilayotgan
topshiriqlar ustida ishlash tajribalarini orttirishga qaratilgan.
Ushbu oʻquv dasturidan o‘rin olgan mashgʻulotlar, tayanch maktablarida aniq
fanlar o‘qituvchilarining metod kunlarida ikki haftada bir marta tashkil etilishi
nazarda tutilgan.
Oʻquv dasturidagi mavzular bir yilga moʻljallangan boʻlib, 17 ta oʻquv
mashgʻulotiga taqsimlangan. Har bir oʻquv mashgʻulotining davomiyligi
astronomik 3 soat qilib belgilangan boʻlib, jami 51 soatni tashkil etadi.
Berilgan mavzularni mazmunan keng qamrab olishni ta’minlash
maqsadida
oʻquv mashgʻulotlari uchun ajratiladigan vaqtni quyidagicha taqsimotlash
tavsiya etiladi:
nazariy -25 daqiqa; tanaffus -5 daqiqa;
amaliy- 80 daqiqa; tanaffus- 10 daqiqa;
mustaqil ish - 60 daqiqa.
O‘quv dasturidagi mashg‘ulotlarning nazariy jihatdan yoritib berilishi
uchun tayanch maktablarining matematik savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha
trener o‘qituvchilari tomonidan xar bir mavzu bo‘yicha taqdimotlar
tayyorlangan holda tinglovchilarga atroflicha
tushuntirib berilishi lozim
bo‘ladi.
Amaliy mashgʻulot sifatida berilgan mavzular xalqaro baholash
dasturlari doirasidagi topshiriqlarni yechish bo‘yicha amaliy ko‘nikma
va tajribalarni orttirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda trener o‘qituvchilar
mashg‘ulotlarni
21
tinglovchilar bilan birgalikda bajaradilar.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida olingan bilimni mustahkamlash
maqsadida mustaqil ish mavzulari ham berilgan bo‘lib, ular tinglovchilar
tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Mustaqil ish jarayonida har bir tinglovchi berilgan topshiriq asosida
o‘quvchilarning matematik savodxonligi kompetensiyalarini
baholashga
qaratilgan topshiriqlar ustida mustaqil ravishda ishlaydi, tahlil qiladi, qaysi
kompetensiya baholanayotgani o‘rganiladi. O‘rganish va tahlil natijalari guruh
ichida taqdimot qilinadi.
Topshiriqda baholanishi ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalarni
o‘quvchilarda rivojlantirishning zamonaviy usullari muhokama qilinadi.
Natijada, tinglovchilar matematik savodxonlikni baholash va rivojlantirishning
zamonaviy modellari, shu jumladan xalqaro baholash dasturlarida matematik
savodxonlikni
baholash usullari, undagi berilayotgan topshiriqlarning o‘ziga
xos xususiyatlari haqida tasavvurlarini boyitish hamda o‘zidan keyingi
tinglovchilarga yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishiladi.
O‘z navbatida ushbu mashg‘ulotlarda qatnashib, bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lgan tinglovchilar umumta’lim maktablarining tegishli fan o‘qituvchisi
sifatida darslar orqali o‘tilayotgan mavzularni
real hayotiy vaziyatlarga
bog‘lagan holda tashkil etish yo‘lida tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.