1. Biosfera tushunchasi. V. I. Vernadskiy ta`limoti. Biosfera chegaralari. Biosferaning kosmik roli


 Noosfera muammolari. Biosfera tuzilmasi moddalar va ularni funktsiyalkari. Tabiatni



Download 241,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.04.2022
Hajmi241,46 Kb.
#531031
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biosfera

4.3 Noosfera muammolari. Biosfera tuzilmasi moddalar va ularni funktsiyalkari. Tabiatni 
muhofaza qilish aspekti. 
Sayeramizdagi barcha tirik oganizmlar yig’indisini V.İ.Vernadskiy tirik modda deb ataydi. Tirik 
moddalarning eng muh’im xususiyatlari esa uning umumiy vazni, kimeviy tarkibi va energiyasi 
h’isoblanadi. 
Tirik moddalar - bir tekis tarqalgan joylar, suv qatlami, yani zamburug’lar, 
mikroorganizmlar, tuproqda h’aet kechiruvchi boshqa h’ayvonlar, usimliklarning er osti organlari 
qismi joylashgan qatlam h’isoblanadi. Bk erda o’simliklarning sporalari, chang donachalari va 
urug’larining aosiy massasi h’am uchib yuradi. Biosferada faqat tirik moddaning bwlishi xarakterli 
bwlib qolmasdan, balki quydagi xususiyatlarga h’am ega bwladi: suvning bwlishi biosferaga quesh 
nuri oximining tushishi, biosfera moddalarning uch agregat h’olatida bwlgan chegarada, yani 
qattiq, suyuq va gazsimon h’olatlarini wz ichiga oladi. Shuning uchun h’am biosfera uchun 
uzluksiz h’oldagi moddalar va energiya aylanishi xarakterlidir. 
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi -wlik modda h’isoblanadi. Bular biosferadagi shunday 
moddalarning twplamiki, ularning h’osil bwlishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Undan 
tashqari biosferada oraliq moddalar h’am ajratiladi -ular tirik va wlik moddalarning birgalikdagi 
faoliyatidan h’osil bwladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar h’osil bwlishda etakchi wrinni 
egallaydi. Oraliq moddalar -erdagi tirik moddalarning faoliyati bilan bog’liq bwlgan tuproq, 
emirilgan tog’ jinislari va barcha tabiiy suvlardir. Buni V.İ.Vernadskiy biokos moddalar deb 
ataydi. 
Bundan tashqari - biogen moddalar h’am ajratiladi. Ular tirik organizmlarning h’aet 
davomida h’osil bwladi va wzgarishlarga uchraydi. Ular katta potentsial energiyaga ega bwlgan 
toshkwmir, bitum, naft, oh’aktosh h’isoblanadi. 
Biogen moddalar h’osil bwladigan keyin tirik organizmlar unda kam faoliyat kwrstadi. 
Demak, biosfera tirik modda tasiridagi erning qobig’i h’isoblanadi. 
Hozirgi vaqtda biosferani sayeramizdagi eng yirik ekotizm deb qaraladi va unda katta 
doiradagi moddalar aylanishi amalga oshadi. Twxtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar 
faoliyati tufayli tartibga solinib turadigan moddalarning doiymiy aylanishi -biosferaningsh wziga 
xos belgisidir. 
Tirik mavjudotlar wzining yashash shsharoitida muh’it bilan doimo aloqada bwlib turadi va 
geografitk qobiqda narsalarning aylanishini vjudga keltiradi. Bu biologik aylanish deb ataladi. 
Biosferada tirik mavjudotlarning massasi 2,7 10
12
tonnaga teng, bwlib u fotosintez orqali h’ar yili 
0,2
10
t wsadi. Yiliga shuncha tirik mavjudotlar h’alok bwladi. Atmosferada sarf bwladigan kislorod 
wrni fotosintez jaraeni natijasida (h’ar yili 460 mlrd. t) twldirib turiladi. O’simliklar SO

ni yutib 
turadi. 
Biosferada suvning almashinuvchiga tirik moddalar katta tasir kwrsatadi.O’simliklar yiliga 
140 mlrd. t uglerodni wzlashtirib 460 mlrd. kislorodni ajratib chiqarish jaraenida 2,25 10 t. suvdan 
foydalanar ekan. Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltin gugurt va 
boshqalarning aylanib yurishida h’am ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda twtovsiz 
aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ah’amiyati katta ekan. 
Biosferadagi tirik organizmlar massasining 94,5 o’simliklar biomassasiga twg’ri keladi. Bu 
esa er kurrasida modda va energiya almashinuvini tartibga solib turishda o’simliklarning 


ah’amiyatini nih’oyatda katta ekanligini kwrsatadi. Sizlarga malum -tabiatda moddalarning 
aylanishi uchun 3 guruxdan iborat organizmlar qatnashishi shart h’isoblanadi. Produtsentlarsiz 
h’aetni tasavur qilib bwlmaydi. Ular birlamchi mah’suldorlikni keltirib chiqaradi. 
Konsumentlarning turli darajadagi tartiblari birinchi va ikkilamchi mah’sulotni istemol qilgan 
h’olda organik moddalarni bir h’olatdan ikkinchi h’olatga wtkazadi. Ular shu bilan erda h’aetning 
xilma xilligini keltirib chiqaradi. Bu wz navbatida turlarning evolyutsiyasiga olib keladi. 
Redutsentlar esa organik moddalarni mineral moddalarga parchalab, sayeramizda wlik 
qoldiqlardan iborat bwlgan katta mozor ning kelib chiqishiga imkon bermaydi. 
Demak, erug’lik tasirida boradigan yashil o’simliklardagi fotosintez jaraeni natijasida 
organik modda twplanadi. Fotosintezning foydali ish kwrsatgichi juda past bwlib, er yuziga 
tushadigan quesh nurining faqat 1prtsentidan foydalaniladi. Foydali qazilmalarda (toshkwmir, 
neft, torf va b) quesh energiyasi twplangan h’olda uzoq vaqtlar davomida saqlnib kelmoqda. Bazi 
bir organizmlar organik modda h’osil qilishi uchun moddalarning oksidlanishi natijasida ajralib 
chiqadigan energiyadan foydalanadi. Bu jaraen xemosintez deb ataladi. Energining aylanish 
moddalarinining aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Modalarning kichik doirada (biologik) va 
katta (geologik) doirada aylanishlari ajratiladi. Kichik doirada aylanish -organizmlar wrtasida
quruqlikda tuproq bilan organizm wrtasida, gidrosfera esa organizm bilan suv wrtasida sodir 
bwladi. Katta doiradagi aylanish -quruqlik bilan dune okeanlari wrtasida boradigan jaraenlardir. 
Planetamizda tirik moddalarning 5 ta asosiy funktsiyasi ajratiladi. 
1. Energetik. 2. Gaz almashinuvi 3. Jamg’arish 4. Oksidlanish-qaytarilish 
5. Desstruktiv (parchalovchi) (organik moddalarning parchalanishi). 
1. Energetik funktsiyasi asosida yashil o’simliklarning fotosintez jaraeni etadi. Quesh 
energiyasining akkumilyatsiya qilinishi va uning biosfera ayrim komponentlarida qayta 
taqsimlanishi boradi. Quesh energiyasining twplaishi natijasida erda h’amma h’aetiy h’olatlar 
sodir bwladi.
2. Bu fotosintez funktsiyasi va nafas olish jaraenlariga bog’liq bwladi. Gazlarning kwchib 
yurishni taminlaydi. Biosferaning gaz tarkibini taminlaydi. Tirik organizmlarning funktsiyasi 
jaraenida asosiy gazlar h’osil bwladi, azot, kislorod, karbonat angdrid, metan va boshqalar. 
3. Bu funktsiyasi atrof-muh’itida biogen elementlarning tirik organizmlar tomonidan 
twplanishida kwrinadi. Masalan, o’simliklar fotosintez jaraenida kimeviy elementlarni tuproqdan 
kaliy, fosfor, azot, vodorod va boshqalarni, h’avodan esa uglerod olib, xujayraning organik 
moddalari tarkibiga kiritadi. Jamg’arish funktsiyalari tufayli tirik organizmlar kwp miqdorda 
chwkma jinslarni masalan, bur, oh’ak kabi jinislarni h’osil qiladi. Vodorod, uglerod, azot, kislorod, 
natriy, magniy, alyuminiy, kremniy, xlor, kaliy, kaltsiylarning kontsentratsiyasi tirik 
orgnizimlarning tanasida tashqi muh’itga qaraganda yuzlagan, minglagan marta yuqari bwladi. 
4. Bu funktsisi antijasida wzgaruvchan valentlikga ega bwlgan kwpchilik kimeviy 
elementlarning temir, lotingugurt, marganets, azot va boshqalarning aylanishi etadi. Masalan, 
tuproqdagi xemosintezlovchi bakteriyalar ana shu jaraenlarni amalga oshiradi. Buning natijasida
N
2
S temir rudasining bazi turlari, h’ar xil azot oksidlari h’osil bwladi. Bunda er yuzasida 
oksidlanish -qaytarilishning biogen jaraenlari ustunlik qiladi. 


5. Bunda organimlarning nobud bwlishidan keyingi parchalanish jaraenlari bilan bog’liq 
bwladi. Buning natijasida organik moddalarning minerallashuvi sodir bwladi h’amda biosferaning 
biogen vabiokos moddalri h’osil bwladi. 
Noosfera (yunoncha «nooc»-idrok degani) -fikrlovchi qobiq degan lug’aviy manoni beradi. 
İnsoniyat jamiyati zining xususiyatlari bilan birga er yuzidagi h’aet rivojlanishning navbatdagi 
bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatida sayeramizni wzgartirib yubormaqda. Biosfera 
wzining keyingi taraqqietida noosferaga wtadi. U biosferaning eng yuqori taraqqiet bosqichi 
bwlib, odam va tabiat wrtasidagi munosabatda asosiy faoliyati taraqqietning asosiy omili 
h’isoblanadi. V.İ.Vernadskiy tasdiqlashicha -noosfera planetamizda yangi geologik h’odisa 
h’isoblanadi. Odam tirik geologik kuchdir. Uning fikricha, noosfera biosferaning qonuniy 
rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bwlib, inson bilan tabiat wrtasidagi wzaro ongli 
aloqa munosabatlarni wz ichiga oladi. 
Biosferani-insonning wzi evolyutsion ywl bilan vjudga kelgan vaqtdagidek va biologik tur 
sifatida yashab bora oladigan h’amda wz sog’lig’ining eh’tietlab, mustah’kamlab, xwjaligini 
yurita oladigan h’olda saqlab qolishga h’arakat qilishi kerak. Bu shartlar tabiatni qayta 
wzgartirishga barh’am beradi. 
Tabiat butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos va inson uchun 
h’aet kechirish, uning moddiy, manaviy eh’tiejlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. İnson 
tabiatning ajralmas bir qismi h’isoblanadi, lekin u tabiatning boshqa elementlaridan wzining aql-
zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi.
Odamning biosferadagi roli nimadan iborat. İnson dastlabki vaqtlarda biosferaning 
tuzilmasiga tasir etmasdan, ibtidoiy h’aet kechirgan. Uning turli qurollar va olovdan foydalanishi, 
evvoyi h’ayvonlarni qwlga wrgatishi, o’simliklarni madaniylashtirish kabilarni ovat 
mah’sulotlarining kwpayishiga, ah’oli sonining ortishiga sabab bwladi, bu esa albatta insonning 
biosferaga bwlgan tasirini kuchayttiradi. 
İnsonning biosferaga tasirini shartli ravishda quydagi ywnalishlarga ajratish mumkin. 
1. wrmonlarni kesish, yangi erlarni wzlashtirish birinchi navbatda suv rejimiga salbiy tasir 
kwrsatadi. Natijada darelar saezlashadi, botqoqlanish, wt bosish, baliqlar sonining kamayishi 
kuzatiladi. Er osti suvlar zaxirasi kamayadi, qor va emg’ir suvlari tuproqqa singmay uning yuza 
qismini yuvib ketadi. Suv va shamol eroziyasi birgalikda tuproqqa yanada kuchli tasir etadi. 
2. ikkinchi muh’im omil sug’orish ishlaridir. Sug’orish ishlari unumsiz erlarni unumdor 
erlarga aylanishiga imkon berish bilan birga, er osti suvlari sath’ining kwtarilishiga, tuproqning 
shwrlanishiga, bazi joylarning botqoqlanishi va suv bosishiga olib klishi mumkin. Sug’oriladigan 
erlarning kengayishi -dare suvlarining qurib qolishiga h’am sababchi bwladi. 
3. Kimeviy wg’itlardan foydalanish. Bu bilan h’osildorlikni bir necha martka oshirish 
mumkin. Shu bilan birga ichimlik suvlarining sifatining emonlashuvchi, nitrat va nitritlarning 
suvda twplanishi natijasida h’avfli bwlgan kontserogen modda -nitrozaminlar h’osil bwlmoqda. 
Suv h’avzlarida fosforli wg’itlarning bwlishi azot va kaliy miqdorini cheklaydi, shu bilan birga 
fitoplanktonlarning kwpayib ketishiga sababchi bwladi. Kwk -yashil suv wtlarining h’avodagi 
azotini wzlashtirishi h’ususiyati bwlgani uchun tez kwpayib suvda erigan O2 ni wzlashtiradi. Suv 
yuzasida gullash h’odisasi kuzatiladi va baliqlarning yalpisiga qirilib ketishini, qwling asta-sekin 
botqoqlanishga olib keladi. 


4. İnsonning biosferaga kwrsatadigan kuchli tasirlaridan biri o’simliklar kasalliklari, 
zararkunanda h’ashoratlar va begona wtlarga qarshi kurashda foydalanadigan kimeviy kurash 
vositasidir. 
Albatta qishloq xwjaligida gerbitsidlar, defoliantlarni qwllash natijasida oziq mah’sulotlari 
ishlab chiqarish ortadi. Ammo DDT (dixlordifeniltrixloretan) va boshqa xlor -va fosfororagnik 
birikmalar kwpchilik h’ayvonlar, h’attoki inson sog’ligi uchun h’am h’avflidir. Bu zaxarli 
moddalar biogeotsenozlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi va twplanadi. 
İnsonlar bugungi kunda kishloq xwjalik soh’asida zaxarli kimeviy moddalardan 
foydalanishdan h’ali h’am voz kecha olmayapti. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik 
usullardan foydalanish endigina amalda qwllanilmoqda. 
Yuqarida takidlaganlar faqat inson ozua bilan taminlanishi bilan bog’liq bwlgan ravishda 
biosferaga kwrsataetgan tasirining dalilidir. 
Atom energiyasi va sanoatning rivojlanishi bilan birga radioaktiv chiqindilarning twplanishi 
jiddiy muammo h’isoblanadi. 
Yirik shah’arlarning paydo bwlishi, urbanizatsiya jaraenining kuchayishi, turar joylar 
qurlishlari, sanoat korxonalarining katta maydonlarini egallashi tabiiy biogeotsenozlarning 
qisqarishiga olib kelmoqda. 
Umuman, inson biosfera resurslaridan maksimal foydalanish uchun h’arakat qilmoqda. Biz 
shuni doimo edda tutishimiz kerakki, tabiat qonunlarini oeq osti qilolmaymiz, inson wzini 
tabiatning tarkibiy qismi sifatida h’isoblashi zarur. 
Biosfera nimalardan tashkil topgan? Birinchi shakl ko'rsatadiki, Biosfera turli xil 
organizmlardan, bir biridan farqlanuvchi muhitlardan iborat.
Cho'l zonasida yomg'ir miqdori kam bo'ladi. Kaktus o'simligi, Amerika bo'risi (koyot), 
kaltakesaklar
cho'l zonasiga xos o’simlik va hayvonlardir. Tropic zonalar esa ko’p miqdorda 
yog’ingarchilik bo’ladigan issiq zonalar hisoblanadi. To'tiqush, maymun va minglab boshqa 
organizmlar tropik o'rmonlarda yashaydi. 
Marjon qoyalar okean suvining issiq va sayoz joylarida hosil bo'ladi. Qor va muz bilan 
qoplangan Arktika zonasi shimolda joylashgan Qutb ayig'l, tyulen, morjlar Arktikada yashaydi. 
Biosfera okean , tropik cho'l va qutblardan iborat bo'lgan ko'plab zonalarni o'z ichiga 
oladi.

Download 241,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish