XOLATLARINI OLDINI OLISH VA JAROHATLANGANDA
BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH.
Reja:
1.
Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari haqida umumiy
ma’lumotlar.
2. Nosoz, nostandart, qo’lbola yasalgan isitish va gaz moslamalari.
3. Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari yuzaga kelganda
yordam berish.
Ma’lumki, qish mavsumida ob-havoning sovushi natijasida axoli o’rtasida
yalpi isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi.
Turli xildagi yonilg’i mahsulotlarini ishlatish vaqtida xavfsizlik va texnika
qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, yoqilg’ilarning chala yonishi oqibatida is
tegishi – is gazidan zaharlanish kabi inson hayoti va salomatligi uchun xavf
tug’diruvchi xolatlar yuzaga kelishi mumkin.
Ayniqsa xozirgi kunda bozor va tijorat do’konlarida sifat sertifikatlari
mavjud bo’lmagan ravishda sotilayotgan qo’lbola yasalgan nostandart gaz, elektr
uskunalarini axolimiz tomonidan o’zlari tushunmagan xolda narxi arzon bo’lganligi
sababli kundalik turmush tarzida foydalanish maqsadida sotib olmoqdalar.
Kundalik turmush tarzida isitish moslamalaridan noto’g’ri foydalanishda,
isitish moslmasidagi yonilg’i to’la yonib bo’lmasidan mo’ri qopqog’i berkitib
qo’yilganda, mo’ri yaxshi tutun tortmaganda, engil avtomobillarda motorni ishlatib
qo’yib eshik derazalarni yopib uxlaganda is tegishi mumkin.
Ishlab chiqarish binolarida is tegishining oldini olish uchun ish hududidagi
is gazining konsentratsiyasi 20 mg/m
3
dan oshmasligi lozim.
Is tegishi xususiyati –
is gazining havodagi konsentratsiyasiga, uning odamga
Do'stlaringiz bilan baham: |