3-Xodimning jezlsiz ishoralarini bajarish tartibi 129. Diqqat ishorasi dastlabki xolat asosiy va chapga burilish yoki to‘g‘riga va o‘ngga burilish
ishoralaridagi o‘ng qo‘l old tomondan balandga ko‘tarilib qo‘lning kaft tomoni oldinga qaratiladi .
130. CHapga burilish ishorasi ikki xil dastlabki xolatda bajariladi:
Safdagi xolatdan o‘ng qo‘l elka balandligida oldinga cho‘ziladi kaft ichkariga qaratiladi;
Diqqat ishorasidagi xolat ya’ni qo‘l elka tekisligiga oldinga tushiriladi qo‘lning kafti pastga
qaratiladi.
131. To‘g‘riga va o‘ngga burilish ishorasi ikki xil dastlabki xolatda bajariladi:
Safdagi xolatdan- o‘ng qo‘l elka tekisligiga o‘ng tomoniga cho‘ziladi kaft oldinga qaratilgan. So‘ng
qo‘l ko‘krak qarshisida bukiladi kafi ichkariga qaratilgan panja gavdaning o‘rta chizig‘ida joylashgan;
Diqqat ishorasidagi xolatdan o‘ng qo‘l ko‘krvk qarshisida bukiladi kaft ichkariga qaratilib panja
gavdaning o‘rta chizig‘iga joylashtiriladi.
132. To‘g‘riga va o‘ngga burilish ishorasini ikkinchi shakli dastlabki xolat-safdagi xolat yoki o‘ng
qo‘l gavda oldida bukilgan xamda Diqqat ishorasidagi xolatdan qo‘llar ikki tmonga cho‘ziladi va kaftlar
oldinga qaratiladi. So‘ng o‘ng qo‘l ko‘krak qarshisida ichkariga bukiladi panja gavdaning o‘rta chizig‘iga
joylashtiriladi. SHundan so‘ng qo‘l yana yonga cho‘zib olinadi.
4.- CHap qo‘l bilan(jezl yoki jezlsiz) qilinadigan qo‘shimcha ishoralar 133. CHap tomondan kelayotgan transportni to‘xtatish dastlabki xolat –safdagi xolatdan chap qo‘l
elkaga bukiladi panja ko‘tarilib kaft tashqariga qaratiladi. So‘ng qo‘l yonga cho‘ziladi va panja ko‘tarilib
kaft tashqariga qaratiladi.
134. O‘ngga burilish uchun kelayotgan transportni to‘xtatish dastlabki xolat-o‘ng qo‘l yonga
cho‘zilgan xolatda bajariladi. CHap qo‘l elkaga bukiladi panja ko‘tarilib kaft tashqariga qaratiladi. Qo‘l
oldinga cho‘ziladi panja ko‘tarilgan kaft tashqariga qaratilgan.
135. CHap tomondagi transportning tartibga soluvchining orqa tomonidan o‘tishiga ruxsat etiladi
ishorasi dastlabki xolat o‘ng qo‘l oldinda chap qo‘l yonga cho‘zilgan kaft yuqoriga qaratilgan qo‘l shiddat
bilan elkaga bukib olinadi.
136. CHapgaburilayotgan transportning tezligini oshirish ishorasi dastlabki xolat-o‘ng qo‘l oldinga
cho‘zilgan chap qo‘l elka tekisligida yonga cho‘ziladi kaft yuqoriga qaratilgan chap qo‘l shiddat bilan past
orqali o‘ng qo‘lga qarab siltanadi va orqaga qaytariladi.