1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda
IIB deb
yuritiladi) Davlat yo‘l xarakati xavfsizligi xizmati yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb
yuritiladi) faoliyatini xodimlarining vazifalarini va xizmatini olib borish tartibini belgilaydi.
1.
YPX O‘zbekiston Respublikasi IIB Yo‘l xarakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi
o‘rinlarda Bosh boshqarma deb yuritiladi)ning tarkibiy bo‘linmasi xisoblanib yo‘llarda
xuquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Bosh boshqarmaning yo‘l-patrul’ xizmati faoliyatini tashkil etish va ma’muriy amaliyot bo‘limi xamda YPX
bo‘linmalari (brigada batal’on otryad) YPX bo‘linmalari ishini tashkil etadi
ularga amaliy va uslubiy
yordam ko‘rsatadi.
2.
Yo‘l-patrul’ xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Ichki Ishlar organlari to‘g‘risidagi
Yo‘l xavfsizligi to‘g‘risidagi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari va farmoyishlari O‘zbekiston
Respublikasi
vazirlar maxkamasining qarorlari va farmoyishlari Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari
shuningdek ushbu Yo‘riqnomaga amal qidadi.
3.
YPX o‘z faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda ichki
ishlar organlarining boshqa
bo‘linmalari xuquqni muxofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari shuningdek jamoatchilik kengashlari
fuqarolik jamiyati institutlari ommaviy axborot vositalari xamda fuqarolar bilan o‘zaro xamkorlikni amalga
oshiradi.
4.
YPX bo‘linmalar quyidagilarrni o‘z ichiga oladi:
Toshkent shaxar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasiningYPX brigadasi:
Qoraqalpog‘iston Respubliasi IIB xamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalar yo‘l xarakati
xavfsizligi boshqarmalari YPX batal’onlari (otryadlari).
O‘zbkiston Respublikasi IIB bilan kelishilgan xolda maxsus transport
vositalari va kotrejlarni
kuzatib borish shuningdek yo‘l xarakati xavfsizligi doirasida tezkor vaziyat keskinlashganligiga ta’sir
ko‘rsatish transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida qonun xujjatlarida
belgilangan tartibda IIB Yo‘l xarakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIB
Toshkent shaxar ichki ishlar bosh boshqarmasi viloyatlar ichki ishlar boshqarmalaring yo‘l xarakati
xavfsizligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda yo‘l xarakati xavfsizligi bo‘linmalari deb yuritiladi) xuzurida
batal’on divizion otryad vzvod guruz tuzilishi mumkin
5.
YPX faoliyati qonuniylik yagonalik fuqarolarning erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga rioya etish
xamda ushbu xuquqlar erkinliklar va qonuny manfaatlarni xurmat qilish ochiqlik va shaffoflik tamoyili
asosida tashkil etiladi:
6.
Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘laniladi:
Yo‘l-
transport vositalari va piyodalarning xarakatlanishi uchun qurilgan
yoki moslashtirilgan er
bo‘lagi yoxud sun’iy inshoot yuzasi Yo‘l avtomobil’ va shaxar elektr transporti yo‘llarini xamda trotuarlarni
o‘z ichiga oladi: