O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/47
Sana05.04.2022
Hajmi1,24 Mb.
#529917
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
fayl 773 20210505

Navro‘z yangilanish bayrami.
Tabiatda tun va kunning teng bo‘lishi, 
bahorning kirib kelishi, dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq 
tomonidan keng nishonlanuvchi Navro‘z bayrami o‘tgan davrlarda to‘siqlarga 
duch kelsa-da, xalqning istagi bilan qayta tiklandi va 1990-yildan boshlab 
mamlakatimizda katta quvonchlar bilan o‘tkaziladigan bayram sifatida 
nishonlanmoqda. Navro‘z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va 
cheksiz saxovatining, shu bilan birga bizning necha ming yillik milliy 
qiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdig‘idir. “Navro‘z” so‘zi 
fors tilidan olingan bo‘lib, “Nav”-yangi, “ro‘z”-kun – “Yangi kun” degan ma’noni 
anglatadi. 21 mart kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil – Navro‘z 
bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Navro‘z juda 
qadimiy bayramdir. Uning juda qadimiy bayram ekanligi buyuk mutafakkir 
allomalarimiz ijodlarida namoyon bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma”, Abulqosim 
Firdavsiyning “Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “Navro‘znoma”, Alisher 
Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro‘z, uning paydo bo‘lish tarixi, u 
bilan bog‘liq urf-odatlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli 
manbalardir. 
Navro‘z mehr-muruvvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi 
bayramdir. Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar 
to‘xtatilgan, urushgan kishilar yarashgan, ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, keksalar 
sovg‘alar bilan yo‘qlangan. Turli-tuman Navro‘z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, 
ko‘chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda o‘yin-kulgular, askiyabozlik, 


123 
qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, kurash, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar 
bir-birlarinikiga mehmonga borishgan, yerga birinchi urug‘ qadash marosimlari 
o‘tkazilgan. Navro‘z yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim 
vositadir. Navro‘z yosh avlod uchun tarbiya maktabidir. Navro‘z xotin-qizlarga 
alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin-qizlar qo‘llariga 
xina, qoshlariga o‘sma qo‘yadilar. Arg‘imchoqlarda uchishib, she’rxonlik 
kechalarini o‘tkazadilar. 
Navro‘z – tan sihatlik bayramidir. Chunki bayram dasturxoni, taomnomasi 
inson tanasi uchun shifo manbaidir. Navro‘z munosabati bilan o‘ziga xos turli 
iaomlar, shirinliklar tayyorlanib, bayram dasturxoni bezatilgan. Ya’ni, sumalak, 
halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara navro‘z dasturxoni uchun asosiy taomlar 
hisoblangan. 
Sumalak – Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ko‘klam darakchisi, to‘kin-
sochinlik, ahillik, ezgulik timsolidir. “Sumalak sayli” o‘ziga xos tarzda 
uyushtiriladi. Bu, asosan, ayollar bazmi hisoblanadi. Sumalak tayyorlanayotgan 
doshqozonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o‘yin-kulgi, aytishuv, askiya, lapar, 
latifalar aytishadi, childirma, dutor chalib, raqsga tushishadi. Sumalak sayliga 
kelgan har bir inson yaxshi niyat bilan qozon kovlaydi. Balog‘at yoshidagi yigit-
qizlarga baxtli-saodatli, farzand ko‘rmaganlarga farzandli bo‘lishlarini niyat 
qildirib qozon kovlatiladi. Sumalak bir kecha-kunduz davomida tayyor bo‘ladi.
U har bir oilaning soniga qarab taqsimlanadi. Bemorlar, yolg‘iz qariyalar, 
nogironlar sumalak bilan yo‘qlanadi. Sumalak bir oilada tayyorlansa-da, uni 
tayyorlash jarayonida butun qishloq yoki mahalla ahli, qarindosh-urug‘lar 
hamjihatlik bilan qatnashadilar. 
Navro‘z har bir kishini insonparvarlikka, mehr-muruvvatga, bag‘ri 
kenglikka, saxovatga, go‘zallikka, ezgulikka da’vat etadi. Xalqni, jamiyatni 
poklikka, mehnatga, yaxshilikka undovchi g‘oya abadiydir.
Oilaviy marosimlar tarixiy jarayonda xalq pedagogikasi va donishmandligi 
bilan uyg‘unlashib ketib, asrlar davomida yoshlarni tarbiyalashdagi asosiy 
shakllardan biri bo‘lib kelgan. Shu sababli, hozirgi davrda ham xalq an’analarini 


124 
qadrlagan, turli marosimlarni o‘tkazishda ma’noviy-estetik jihatlarga alohida 
e’tibor bergan oilalarda voyaga etgan yoshlar odob-axloqli bo‘lib ulg`ayadi. 
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlari, 
axloq-odobini o‘rganishga bag‘ishlagan ekan. O‘sha olim bizning yurtimizga 
tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o‘rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga 
oshirgan ishlarim va o‘rgangan bilimlarimni 15 yoshli o‘zbek qizalog‘ining 
o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga 
almashtirishga rozi edim”– degan edi. 
Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, 
naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga etkazish siz-u 
bizning qo‘limizdadir. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish