majburiyatning bajarilmasligi ehtim olidan dalolat beradi. Tegishlicha,
qimmatli qog‘oz kursi pasayganda, odatda, ulardan ommaviy ravishda
qutulish, ularni sotish boshlanadi va,
aksincha, kurs o ‘sishi bilan bu
qimmatli qog‘ozlar tez sotib olinaveradi;
— qimmatli qog‘ozlar kursi (bahosi) har doim bozorda qayd etib
boriladi va m amlakat iqtsiodiy ahvolining indikatori (aks ettiruvchisi)
sifatida asosiy m atbuotda va maxsus nashrlarda e ’lon qilinadi. Narxlar
haqidagi axborotning ochiqligi va unga erishishi osonligi narx tahlilini
o ‘tkazishga qo'shim cha imkoniyatlar beradi va bir vaqtning o ‘zida
qimmatli qog‘ozlar kursining juda beqaror b o ‘lishiga olib
keladi ham;
— qimmatli qog‘ozlar bozori kursi (ya’ni ularga boMgan narxlar)ning
beqarorligi boshqa tovarlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo‘lib, bunda
narx o ‘matish mexanizmi ancha murakkab. Masalan, qimmatli qog‘oz
bozorining narxi uch u n asos uning haqiqiy qiym atini bah o lash
hisoblanadi, lekin narx ushbu qimmatli qog'oz o ‘zida mavjud boMgan
tavakkallar bahosidan kelib chiqib, juda katta doiralarda tebranib turadi.
Kursga to nufiizli siyosiy shaxslaming iste’foga chiqishi haqidagi va hokazo
mish-mishlargacha boMgan turli xil omillar o ‘z ta ’sirini o ‘tkazadi;
— to ‘g‘rid an -to ‘g ‘ri qimmatli qog‘ozlarning o ‘rnini bosadigan,
investitsiya obyekti boMgan va investorlarga xuddi shu maqsadlarga (kapital
saqlash va uni ko‘paytirishga) erishishga imkon beradigan tovarlar mavjud.
Bular — sug‘urta polislari va banklar, qarz berish-jamg‘arma muassasalariga
to ‘g‘ridan to ‘g‘ri pul qo'yishlardir. Bu kuchli raqobat yaratadi.
— tovar sifatida qimmatli qog'ozlar ikki narxga ega:
nominal narx va
haqiqiy narx (kurs qiymati). Shu munosabat bilan narx siyosati o ‘z obyekti
sifatida ikkita narx va ular o'rtasidagi nisbatga ega. Masalan, aynan
iste’molchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish tufayli A QSH da
qimmatli qog‘ozlarning butun bir toifasi, ya’ni zero kuponlar yuzaga
kelgandi. Ular diskont bilan, ya’ni nominaldan
pastroq kurs qiymatida
chiqariladi, ular bo‘yicha foiz esa kurs bo‘yicha narxi va nominal qiymat
(qimmatli qog‘oz muddati tugashi paytida to ‘lanadi) o ‘rtasidagi farq
ko‘rinishida to‘lanadi. Bu yerda xaridoming tovami e’lon qilingan narxidan
pastroq, chegirma bilan sotib olish istagi hisobga olingan edi.
Narxlami tashkil qilishning murakkabligiga qaramay, fond bozorida
narxlar strategiyasini o ‘tkazishga imkoniyat saqlanib qoladi.
Afsuski, 0 ‘zbekiston amaliyotida qim matli qog‘ozlar va ular bilan
bog‘liq bo‘lgan xizmatlarga jism oniy distributerlashni talab qiladigan
o'ziga xos tovar sifatida qarash hali um um e’tiro f etilganicha yo‘q. Bu
sohadagi faoliyatga sotish tizimi zarurligi b o ‘lmagan «operatsiyalar»
sifatida yondashuv odatiy holga aylangan. Shu bilan birga, qimmatli
qog'ozlar — alohida murakkab tovar bo‘lib, ular hayotiy zarur tovar
hisoblanmaydi. Uni ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan bog'liq
b o ‘lgan xizmatlar juda murakkab va afsonalashtirilgan xususiyatga ega
b o ‘lishi mumkin. Shuning uchun qimmatli qog'ozlar sanoati
chuqur
o'ylangan distributerlash tizimini talab qiladi.
Jismoniy distributerlash odatda sotish b o ‘yicha agentlar tizimi
(Amerikada ro‘yxatga olingan vakillar deb ataladi), so‘ngra investitsiya
fïrmalarining «front-ofislari» (mijozlar bilan aloqalar va buyurtmalar
qabul qilish bo'yicha tuzilmaviy bo ‘linmalar) va nihoyat investitsiya
fïrmalarining operatsiya tuzilmalari orqali amalga oshiriladi. Investitsiya
firmasi avtomatlashtirilgan ish joyi (AlJ)ning hisoblash tarmog'iga
ulangan mijozning avtomatlashtirilgan ish joyi tobora ko‘proq jismoniy
distributerlash vositasiga aylanib bormoqda.
Shaxsiy investitsiya vositachisi ushbu konsepsiya xuddi «shaxsiy bank
ishi» kabi moliyaviy tovarlar va xizmatlarni sotish uchun um um qabul
qilindi.
Bu shuni anglatadiki, investitsiya firmasining tashkiliy tuzilishi
«bir mijoz — bir xizmatchi» prinsipi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, bunda
xizmatchi firma ega b o ‘lgan xizmatlarning butun sikli va qimmatli
qog'ozlar portfelini taklif qilish uch un javob beradi.
Qim m atli qog'ozlarning har xil turlarini va ular bilan bog‘liq
xizmatlarni, qimmatli qog‘ozlar bilan birgalikda bank va sug‘urta
m ahsulotlarini taklif qilish, investitsiya firmasining turli bo'limlarida
aynan bir xil moliyaviy mahsulotlami taklif qilish — bulaming hammasi
qimmatli qog‘ozlar tarm og'ida muvaffaqiyatli distributerlashni amalga
oshirishga imkon beradi.
Moliyaviy institutlar sotuvlami ta’minlashda
Do'stlaringiz bilan baham: