UYDA:
Quyidagilarni oldindan tayyorlab qo‗ying va doim tayin joyda saqlang!
Hujjatlar solingan papka:
Pasport, guvohnoma, tug‗ilganlik, nikoh haqida guvohnoma, shahodatnoma,
diplom va hokazolar. Muhim hujjatlar nusxalarini boshqa joyda ham saqlash ayni
muddaodir.
Uch kunlik suv va oziq-ovqat zahirasi:
Ehtiyot shart oziq-ovqatlarni saqlash uchun foydalanish muddati uzoq
bo‗lgan mahsulotlarni tanlang. Zahiraga ajratilgan eguliklarni har 6 oyda yangilab
turing.
Sinmaydigan idish-tovoqlar jamlamasi
Elektr fonarcha va batareyalar zahirasi
Ko‗chma radiopriemnik
SHamlar, gugurt
Siz va oila a‘zolaringiz uchun zarur bo‗lgan dori-darmonlar.
Barcha zahira buyumlarini tabiiy ofatlar yuzaga kelishi extiyot sharti sifatida
jomadonda uydan chiqish joyidan uzoq bo‗lmagan erda saqlang.
Zilzilaga tayyorgarlikni kichik qadamlardan boshlash kerak:
Uyingizdagi er silkinganda xavf tug‗diradigan joylarni aniqlang; deraza oldi,
og‗ir qandil osti, og‗ir va katta buyumlar oldi, o‗t chiqishi mumkin joylar.
Yashirinish uchun xavfsiz joylarni oldindan chamalab oling; asosiy
devorlarning ichki burchaklari, mustahkam stol yoki parta tagi, pishiq kursi yoki
divan, krovatning oldi
Yer silkinganda xavfsiz joyni egallashga o‗rganing.
Birinchi qadamni bugunoq qo‗yishing
HAQIDA O‗ZINGGA SO‗Z BER:
Krovatni oyna oldidan xavfsiz joyga suring
Qo‗l ostidagi vositalar yordamida shkafni devorga mahkamlab qo‗ying
Devordagi suratlarni mix bilan emas, ilgak bilan mustahkamlang
O‗zingiz uchun suv g‗amlab qo‗ying
Bir kishiga kuniga 4 litr suvni saqlash tavsiya etiladi.
Zahira uzog‗i bilan 3 kun saqlanadi.
Xavfli va tez alanga oladigan moddalarni bexavotir joyda saqlang
Og‗ir buyumlarni oilaning eng kichik oila a‘zosi bo‗yidan past joyga
ko‗chiring.
Oilaning barcha a‘zolari uydagi elektr va gaz kranlarining asosiy o‗chirish
joylari qaerda joylashganini bilishi kerak. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda
jabrlanganlarga birinchi tibbiy ko‗rsatish ko‗nikmalarini egallab oling.
ZILZILA PAYTIDA ASOSIY QOIDANI ESLAB QOLING:
CHO‗KKALAB O‗TIRISH, PANAGA O‗TISH, KUTISH
.
Agar zilzila boshlangan bo‗lsa, avvalambor vazminlikni saqlang, vahima
qilmang va boshqalarga ham o‗rnak bo‗ling.
Zilzila kuchsiz bo‗lsa. Hech narsadan qo‗rqmang va qaerda bo‗lsangiz,
o‗sha erda qoling.
Zilzilaning kuchi kattaroq bo‗lsa (5 ball va undan yuqori):
Xonada bo‗lsangiz, xavfsiz joyni egallang:
Mustahkam stol (parta) tagiga o‗tiring, vannaga yoting, shkaf ichiga kirib
oling.
Krovat yoki divan oldiga cho‗kkalang (tagiga kirib oling), bunda deraza va
og‗ir mebeldan uzoqroq bo‗ling
Tayanch ustun oldidagi eshik tagida turing
Yer silkinishining tugashini kuting. Ko‗chaga yugurib chiqmang
Asosiy devorlarning ichki burchaklariga yaqin cho‗kkalab o‗tiring
Agar siz bir qavatli seysmik mustahkam binoda bo‗lib, undan chiqmoqchi
bo‗lsangiz, tezroq, ammo extiyotkorlik bilan harakat qiling, qulayotgan g‗isht va
uzilib ketgan simlardan ehtiyot bo‗ling
Avtomobilda bo‗lsangiz:
Mashinani ochiq joyga xaydang va to‗xtang. Ko‗prik, yopiq yo‗laklar va
elektr uzatish liniyalaridan uzoqroq bo‗ling.
Binodan tashqarida bo‗lsangiz:
Binolardan, daraxtlardan va elektr uzatish liniyalaridan uzoqroqqa ochiq
joyga o‗ting, uzilib ketgan simlarga yaqinlashmang.
Binolar tagida yugurmang va ichkariga kirmang.
Tor ko‗chada bo‗lsangiz:
Bunday ko‗chalarda xavfsiz joylar juda kam. Ko‗chadan ko‗ra binoning ichi
bexavotirroqdir.
Zilzila paytida nima qilmaslik kerak:
Liftga kirish va zinapoyaga yugurib chiqish
Balkonga chiqish va balkon yoki derazadan sakrash
Gaz chiqishi oqibatida yong‗in paydo bo‗lishini oldini olish uchun
gugurtdan foydalanish
Snuni yodda tuting: zilzila paytida tuproqning siljishi tufayli odamlarning
qurbon bo‗lishi xollari juda kam uchraydi. Baxtsiz xodisalarning asosiy sababi
quyidagilar bo‗ladi:
Binolarning alohida qismlarining qulab tushishi.
Singan oynalarning tushib ketishi
Elektr simining uzilib ketishi
Xonadagi og‗ir buyumlarning tushib ketishi
Yong‗inlar
Odamlarning vahimaga tushishi.
Zilzila tugagandan so‗ng nima qilish kerak:
Xona ichida:
Atrofni tekshirib jabrlanganlarga yordam ko‗rsatish
Gaz isini sezsangiz, gazni o‗chirib qo‗ying, deraza va eshiklarni oching va darhol
xonani tark eting
Bino talofat ko‗rmagan bo‗lsa, telefon go‗shagi to‗g‗ri qo‗yilganini tekshiring
Xavfli va zaharli moddalarning saqlanganligini tekshiring
Atrofingizdagilar yordamga muxtoj bo‗lsa, birinchi yordam ko‗rsating, ularni
tinchlantiring.
Vayronalar ostida qolgan bo‗lsangiz
Sovuq, zax bo‗lsa, noma‘lumlik sizni xavotirga solsa, siqilib qolgan
bo‗lsangiz, badaningiz jarohatlangan bo‗lsa, suv va egulik bo‗lmasa ham,
o‗zingizni yo‗qotmang. Jon saqlab qolishingiz Sizning ma‘naviy ahvolingizga,
irodangizga, xammasi yaxshi bo‗lishiga ishonchingizga, bunday vaziyatlarda
harakat qilish ko‗nikmalari va bilimga ega bo‗lishingizga bog‗liq. Tirik odamlar
bir haftadan keyin ham xarobalar ichidan topilgan hollar bo‗lgan.
Ehtiyotkorlik bilan qo‗l va oyoqlaringizni bo‗shattirishga harakat qiling,
bunda ularni tortib olmasdan, harakatingizni cheklayotgan jism va toshlarni suring,
ammo ehtiyot bo‗ling: ustingizdagi xarobani barqaror ushlab turgan jismlarni tortib
olmang.
O‗zingizni bo‗shatib olganingizdan so‗ng yonboshlab oling, oyoqlaringizni
bukib ko‗krakka torting, qo‗lingizni tagingizga qo‗ying (beton yoki tuproq bilan
kamroq aloqada bo‗lish uchun shunday vaziyatni qabul qilish kerak).
Qutqaruv ishlari olib borilayotgan bo‗lsa, xarobalarni mustaqil ajratishga
urinmang. Ovoz bering va ustingizda paydo bo‗lgan bo‗shliqni mustahkalang,
buning o‗chun qo‗lingizga nima tushsa (tosh, xoda va xokazolar), plitalar ostiga
joylashtiring.
Bo‗shliq tor bo‗lsa va har bir xarakatingizdan so‗ng yuqoridan chang va
mayda bo‗laklar to‗kilsa hamda sizning atrofingizdagi bo‗shliqni to‗ldiradigan
bo‗lsa, imkon qadar qimirlamang.
Kuchingizni, kislorod va energiyani tejang. YOrdamga umid qiling va
kuting. Takror yer silkinishlariga tayyor turing.
XONADAN TASHQARIDA:
Tinchlikni saqlang va diqqat bilan vaziyatni baholang
Zararlangan binolardan uzoqroq bo‗ling. Devorlar to‗satdan qulab tushishi
mumkin. Bundan tashqari, gaz chiqishi, elektr simi shikastlanishi, singan shishalar
tushib ketishi va xokazolar xavfi bor.
Jabrlanganlarga yordam bering. Ularga birinchi tibiy yordam ko‗rsating,
tibbiy yordamga muhtojlarga shifokorlarni yuboring.
Zilziladan keyin nima qilmaslik kerak?
Vahima qilmang, chopmang, tinchlikni saqlang. Odamlar sarosimaga
tushgan hollarda qurbonlar ko‗proq bo‗ladi.
Unutmang, jismoniy jarohat olsangiz yoki yong‗in chiqqan hollardagina
telefondan foydalanishingiz mumkin. Sizda hammasi yaxshi bo‗lib, shoshilinch
yordamga muhtoj bo‗lishi ehtimoldan holi emas.
Gaz chiqmagani va gaz isi yo‗qligiga ishonch hosil qilmaguncha olov
yoqmang.
Yer silkinishlari davriy tusga ega bo‗ladi. Kuchli zilziladan so‗ng
aftershoklar (takror silkinishlar) yuz beradi, ular, odatda, vaqti bilan kuchsizlashib
boradi, ammo birinchi er silkinishidan jarohat olgan binolarga qo‗shimcha zarar
etkazishi mumkin. Aftershoklar paytida vahima qilmaslik kerak. Asosiy
silkinishlarda harakat qilish qoidalariga rioya qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |