Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Birinchi ayol aytgan bayt tarjimasi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Birinchi ayol aytgan bayt tarjimasi: 
To‘lin oyni ko‘rsang tug‘ar qo‘miyur, 
Arig‘ hurni ko‘rdi ulash o‘ynayur. 
 
Ikkinchi ayol aytgan bayt tarjimasi: 
Hamul oyni ko‘rgan yag‘iz yer uza, 
Ayoqin yurirda ko‘ngul bo‘lg‘ayur. 
 
Uchinchi ayol aytgan bayt tarjimasi: 
Adiz ko‘kda oyni yaratti izi, 
Bu kun ko‘rsa oyga kelib tunayur. 
 
To‘rtinchi ayol aytgan bayt tarjimasi: 


221 
Tishilarni ovlar Misr elinda, 
Tutub qiynayurda ko‘zi qiynayur. 
 
Beshinchi ayol aytgan bayt tarjimasi: 
Bu o‘g‘lonni sotmish qarindoshlari, 
Bu kuchni muhosib qachon sanayur. 
 
Oltinchi ayol aytgan bayt tarjimasi: 
Yalavoch urug‘i uchun bu arig‘,
Aning muncha tenglik izi sinayur
.
Asarda bir necha arabiy she’rlar tarjimasi keltirilgan. Garchi ular muallif 
tomonidan tarjima deb atalsa-da, asl bilan ular o‘rtasida fikriy yaqinlikgina 
saqlanib qolgan. Shaklan esa ular xuddi bir-birining ta’sirida yaratilgan ikki 
she’rdek taassurot uyg‘otadi. 
Rabg‘uziy she’rlarini o‘z davrining eng mukammal badiiyat namunalari 
sifatida e’tirof etishga asoslar yetarli. Uning “Xotimatu Qissas al-Rabg‘uziy” 
qismida yozilgan she’r bu fikrni to‘la tasdiqlaydi:
 
O‘sh bitidim bu kitobni, ey eranlar er bo‘zi, 
Bir yil ichra kechti oning yoyi, qish, yozu kuzi. 
 
Uyqu buzdum, o‘zim uzdum, so‘zni tuzdum tun-la man, 
Erta qo‘ptum, xoma urdum, emgandim tun-kunduzi. 
 
Bog‘ qo‘pordim tol yig‘ochliq yosh yaburg‘oq ol chechak, 
Yemishi hikmat, fazoyil oyat axbor yulduzi. 
 
Qon qurittim, jon quvortim, kon chiqardim tosh qazib, 
Sof qizil oltun sochiqlab bezadim bu yer yuzi. 
 


222 
Xotirim bikrini ektim parda ichra tugmatek. 
Kizladim tekmalardin tegmasun teb yot ko‘zi... 
 
Mohir eran mehri tushti mehrini bergan telim, 
Mehri birla qoldi solim, yo‘q enginda to‘g‘ to‘zi. 
 
Borib iztim Nosiruddin To‘qbug‘abek tapg‘ig‘a, 
Tilayurmu, tilamasmu belguluk bilsun o‘zi. 
 
Oyati axbor asli aning, o‘zining oti “Qisas”, 
Bosh-azoqg‘a tegru boqsang, tub yalavochlar so‘zi... 
 
O‘zgalar ko‘p olamunchuq tuzdilar el tizginib, 
Man guhar dur yinju tuzdum kezmadim yobon yozi. 
 
Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob, 
Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda hut sa’odat yulduzi. 
 
Kun tug‘ardin Kun botarg‘a koshki tegsa so‘zlarim, 
Eshitgandin duo qo‘ldum miskin Nosir Rabg‘uziy

She’rda muallifning asar yozib bo‘lingandan keyingi jo‘shqin kayfiyati, 
mamnuniyati, ko‘tarinki ruhi ifodalangan. Uni muallif faxriyasi sifatida qabul 
qilish mumkin. Undagi “eranlar er bo‘zi”ga (demak, bu kitobni o‘qiganlar eranlar 
er bo‘zi bo‘ladi) murojaat, bu katta ishning (uzoq muddatda emas) bir yilda amalga 
oshirilgani; kecha-kunduz tinmay harakat qilib ramziy ma’nodagi baland bo‘yli 
yosh yaproqli, ol chechakli daraxtzor bog‘ yaratgani; sof qizil oltin sochib yer 
yuzini bezagani; o‘zgalar bu ishga qo‘l urib, olamunchoq tizgan bo‘lsalar, o‘zi 
gavhar, dur, injular tizgani xabarlarini aytish orqali o‘quvchini shodmon kayfiyati 


223 
hududiga boshlab kiradi. O‘quvchiga bunday kayfiyat yuqtirish bilan asarni 
tugatish ham adibning katta muvaffaqiyatidir. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish