Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana04.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#527887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish tartibi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
II 
BOB. 
O’ZBEKISTONDA AUDITORLIK XULOSASI VA 
HISOBOTINI TUZISHNING AMALIY JIHATLARI 
 
2.1. Auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirishda xulosa va hisobot 
tuzishning zaruriyati 
 
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining 
barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini 
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash; 

aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash; 

auditorlik dalillarning etarliligini baholash; 

faoliyat ko’rsatayotgan
 
korxona printsipi bilan bog’liq omillarni baholash; 

buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish; 

hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash; 

tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga 
taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish; 

auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
1
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks 
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina 
auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni 
baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada 
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini 
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur: 

xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor 
1
- R. Do'smuratov, Sh. Fayziyev. Audit. O'quv qo'llanma ( I qism). / - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008. -151 bet 


22 
tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari; 

tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan 
dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari; 

mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar; 

inventarizatsiya 
natijasida 
aniqlanib, 
dalolatnoma 
va 
taqqoslash 
vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va 
tuzatilmagan katta tafovutlar; 

katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan 
javoblar olinmaganligi; 

tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat 
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.
1
Auditor to’plangan dalillar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan 
bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta 
xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga 
olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan 
bo’lsa, unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda 
qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho 
berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit 
o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda 
auditorning ishchi hujjatlarida qayd qilinishi lozim. Masalan, audit o’tkazish 
dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni tekshirish» bo’limi bo’yicha o’tkazilgan 
audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash 
maqsadga muvofiq: 
Auditorlar odatda buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to audit 
o’tkazilgan oxirgi kunga qadar amalga oshirilgan to’lovlarni ham tekshiradi. Bu 
tekshiruv natijalari hisob ma’lumotlarining ishonchliligini joriy majburiyatlarni 
balansda aks ettirishning to’liqligi va haqqoniyligi nuqtai nazaridan baholashga 
1
- R. Do'smuratov, Sh. Fayziyev. Audit. O'quv qo'llanma ( I qism). / - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008. -151 bet 


23 
imkon beradi. Ushbu amallarni bajarish natijasida joriy majburiyatlar to’liq va 
haqqoniy aks ettirilganligi to’g’risida olingan dalillar, buxgalteriya hisoboti 
tuzilganidan so’ng to’langan qarzlarga nisbatan etarli darajada deb baholanishi 
mumkin. Shundan so’ng auditor to’lovi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qarzlar 
summalarining katta - kichikligini baholaydi. 
Buxgalteriya hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan barcha schyotlar (etkazib 
berilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun) joriy davrdagi 
hisobda va shu davr uchun tuzilgan hisobotda aks ettirilishi kerak. Shuning uchun 
buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan so’ng tayyorlangan materiallar harakati 
to’g’risidagi hisobotlar va schyotlardagi sanalar, mulklar va majburiyatlarning 
balansda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida taqqoslanishi maqsadga 
muvofiq.
Agar debitor va kreditor qarzlarning miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
moliyaviy ahvoli uchun sezilarli darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning 
to’g’riligi va aniqligini tekshirishi, shuningdek, hisob ma’lumotlari bo’yicha 
majburiyatlarning oshirib ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda 
dastlabki hujjatlar ma’lumotlari analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki 
saldo vedomostlari)da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng katta 
qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) 
solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta 
schyotni hisob registrida ikki marta aks ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar 
(debitor va kreditor qarzlar) oshirib ko’rsatilish holatlarining katta-kichikligini 
baholash zarur.
Audit o’tkazish chog’ida bunday tasdiqni olish majburiy emas. Lekin, ushbu 
amal ko’pchilik hollarda katta naf keltirishi mumkin. Masalan, mol etkazib 
beruvchilardan olingan javoblar quyidagilarni tasdiqlash uchun ishlatilishi 
mumkin: 

mol etkazib beruvchilar bo’yicha debitor qarzlar ularning asosli da’vosi 
hisoblanadi; 

buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mol etkazib beruvchilarga barcha mavjud 


24 
qarzlarni o’zida aks ettiradi; 

sotib olingan moddiy resurslar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar 
tegishli hisobot davrida aks ettirilgan.
Bunda audit o’tkazish chog’ida kontragentlardan tasdig’ini olish zarurligi 
to’g’risida guvohlik beradigan omillarni belgilab qo’yish kerak: xaridlarni ichki 
nazorat qilish tuzilmasining bo’shligi; moliyaviy muammolar; tovar-moddiy 
boyliklar bo’yicha qoldiqlar chiqarishda yoki qarzdorlarni tekshirishda yo’l 
qo’yilgan xatolar to’g’risidagi faktlar; bir necha mol etkazib beruvchilardan 
qilingan katta xaridlar; xaridlar to’g’risidagi hisobot buxgalteriya balansini tuzish 
sanasiga tayyorlanmagan. Tasdiqlash ishlarining natijalarini umumlashtirib, eng 
avvalo, ularning ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlarning yozma va 
og’zaki shaklda tasdiqlangan miqdori va ahamiyatliligi baholanadi.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul 
qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga 
bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va 
tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning 
ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalillar 
etarliligi baholanadi. 
Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar 
tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan 
analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar 
ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob muomalalari hisobga olinadigan 
schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin: 

mol etkazib beruvchilar schyotlari bo’yicha debet qoldiqlar; 

mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho’’ba va tobe korxonalarga va 
boshqa o’zaro bog’liq tomonlardan qarzlar summalari; 

mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta 
tuzatishlar; 

da’vo muddati o’tib ketgan yoki o’tayotgan to’lanmay qolgan schyot-
fakturalar.


25 
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda 
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa 
olingan dalillar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati o’tib 
ketayotgan to’lanmay qolgan schyotlar va mol etkazib beruvchilar bilan hisob-
kitoblar bo’yicha debet qoldiqlarning aniqlangan summalariga ma’lumotlar 
muvofiqligi to’g’risida tasdiq olinishi mumkin. Bu holda auditor analitik hisob 
ma’lumotlarining ishonchliligi haqida etarli dalillarga ega bo’ladi.
Agarda 
olingan 
tasdiqlar 
natijalariga 
ko’ra kontragentda bunday 
qarzdorlikning yo’qligi aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma’lumotlarini 
ishonchsiz deb baholashi mumkin.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz 
tomonidan vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi. 
Qoidaga ko’ra, auditorlar qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy 
summalarni tahlil qiladi, jami summalarni qayta jamlab chiqadi.
Auditorlik tashkiloti esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma 
ravishda taqdim qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida 
buxgalterlik hisobotining ishonchliligi to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr 
bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim: 

korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi; 

ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati 
maqsadlariga muvofiq ishlatilishi; 

korxonada 
mahsulotlarni 
etkazib 
berish 
bo’yicha 
shartnoma 
majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, 
tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan 
holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinishi; 

mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan 
yo’qotishlar (jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqalar); 

chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning 
bajarilishi;


26 

mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik 
uchun ko’rilgan zararlar; 

mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar 
bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar; 

xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona 
foydalanish; 

korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning 
oqilona taqsimlanishi; 

ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar 
(ishchidan tortib bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan 
mehnatga haq to’lash tizimi; 

mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik 
hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi; 

mahsulotlar hisobotiga hisobot davrida tayyorlanib tugallanmagan 
mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda 
chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi.
Auditorlik tekshiruvlari tajribasi shuni ko’rsatmoqda-ki, xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati alohida ajralib chiqqan tarkibiy 
bo’linmalarda yil davomida hamma vaqt ham izchil qo’llanilmaydi.
Hisob siyosati to’g’risidagi axborotlar, buxgalteriya hisobotiga beriladigan 
tushuntirishlarning muhim tarkibiy qismi sifatida auditorlik tekshiruvi 
ob’ektlaridan biri hisoblanadi.
Bir tomondan, audit jarayonida, tanlangan hisob yuritish siyosatining xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tavsifi va shart-sharoitlariga, shuningdek amaldagi qoidalar va 
umumqabul qilingan hisob yuritish amallariga mos kelishini aniqlash zarur. 
Auditor qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini, ular asosida 
hisob jarayonining oqilona va tejamli tashkil etilganligi, xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
mulkiy va moliyaviy ahvoli to’g’risida to’la va ishonchli tasavvurni 
shakllantirishga ta’siri nuqtai nazaridan baholashi lozim. Bunda hisob siyosatini 
amalga oshirish xarajatlarining boshqaruv maqsadlari uchun korxona faoliyati 


27 
to’g’risidagi zarur axborotlarga muvofiqligini baholash lozim.
Bunday tekshiruv natijalari butunligicha auditorlik hisobotning tahliliy 
qismida o’z aksini topishi va maxfiy saqlanishi lozim. Sezilarli darajadagi 
nomuvofiqliklar va ularni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining 
tavsiyalari auditorlik hisobotining xotima qismida aks ettirilishi lozim.
Boshqa tomondan, auditor buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va uning 
korxonadagi haqiqiy ahvoliga mos kelishi haqida fikr-mulohazalar bildirishi zarur. 
Hisob siyosati aks ettirilishining ishonchliligi to’g’risida auditorning fikri korxona 
kontragentlari xulosalari va hatti-harakatlarining asosi hisoblanadi. Buxgalteriya 
hisobotlaridan foydalanuvchilar nafaqat raqamlarning, balki ularga berilgan 
izohlarga ham ya’ni hisob siyosatining mohiyatini ochib beradigan axborotlarning 
ishonchliligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Chunki ularga asosan moliyaviy 
hisobot shakllantiriladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 
tomonidan №486 – raqam bilan ro’yxatga olingan №4 -«Tovar-moddiy zahiralarni 
hisobga olish» nomli BHMS ning 26 va 27 bandlariga muvofiq korxonaning 
moliyaviy hisobotida tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir axborotlar 
bayon qilinishi lozim.
Mablag’larni asosiy vositalar qatoriga kiritishga doir tavsiyalardagidan farq 
qiladigan chegaralar belgilanish hollari mavjud bo’lsa, korxona ularni hisob 
siyosatida ko’rsatishi lozim. Arzon baho va tez eskiradigan buyumlar qatoriga 
kiradigan mulklar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, hisobot davri sarflarining 
summasi shuncha yuqori va foyda kam bo’ladi, mos ravishda to’lanadigan soliq 
miqdori ham kamayadi.
Auditor yuqorida keltirilgan masalalar qanchalik ishonchli va to’liq ochib 
berilganligini, shuningdek, faoliyat predmeti taqozo etadigan, daromad yoki 
operatsion daromad sifatida turkumlangan daromadlarni tan olish to’g’risidagi 
qarorlar nima bilan izohlanishini aniqlashi lozim. Bunda auditor korxonada hisob 
siyosatini qabul qilish chog’ida «faoliyat predmeti» to’g’risidagi masalani hal 
etishda qabul qilingan omillarni (muhimlik, muntazamlik va shunga o’xshash) 
e’tiborga oladi.


28 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi 
auditorlik xulosasi hisob siyosati to’g’risidagi axborotlarga ham bir xilda taalluqli 
bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning korxonadagi 
haqiqatan 
foydalanilayotgan 
buxgalteriya 
hisobini 
yuritish 
usullariga 
nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus 
izohlar berilishi zarur.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish