Auditorlar vazifalarini
tushuntirishdagi tafovutlar
Jamoatchilik ishonchining kamayishi
Sudda va suddan tashqari hal qilish
savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy
axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo’lsa, ma’lumotlarni
informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi.
Umuman auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va
sifatini oshiradi, uni o’tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko’rsatiladigan
xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi.
Auditorlik tekshiruvida korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil
qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan
qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga
bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan
foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir.
Keyinchalik O’zbekistonda ham bozor munosabatlari rivojlangan sari
yuqorida aytilgan va shunga o’xshash tafovutlar kengayishi mumkin. Shu sababli
auditning tashkiliy-yuridik va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni
auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilarning kutishlaridagi ob’ektiv tafovutlarni
hisobga olib takomillashtirish lozim.
3-chizma. Auditorlar vazifasini tushunishdagi tafovutlar
Auditor vazifasini anglashda tafovut faqat auditor va mijozlar o’rtasida bo’lib
qolmaydi. Bir qancha hollarda (ayniqsa sudda va suddan tashqari hal qilishda)
bizdan ko’ra ko’proq g’arb uchun harakterli bo’lgan bu tafovutlar uchinchi
shaxslarning manfaatlariga daxldor bo’ladi, shuningdek keng jamoatchilik
diqqatini jalb qiladi.
16
Auditorlar dalolat berish vazifasini bajarar ekanlar buxgalteriya hisobotining
to’g’riligi va ob’ektivligi to’g’risida fikr bildirish imkonini beradigan etarli
darajada ishonchli dalillarni o’z vaqtida to’plashni o’zlarining vazifasi deb
biladilar. Demak, auditorlar ko’pgina holatlarni (masalan, tekshirilayotgan xo’jalik
tizimi xodimlari va ma’muriyatining suiste’mollarini) o’zlarining vazifalaridan,
shuningdek olingan topshiriq mohiyatidan kelib chiqmaydigan qo’shimcha deb
hisoblashlari kerak va ko’p auditorlar shunday deb hisoblamoqdalar.
Biroq buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar, undan foydalanuvchilar audit
(umumiy audit, banklar, fondlar, sug’urta kompaniyalari auditi) davomida xizmat
qanday bo’lishi lozimligiga biroz boshqacha qaraydilar. Masalan, auditorlar
mahorat va ko’p gonorar olishga da’vo qiladilar, buxgalteriya hisobotini
tuzuvchilar va undan foydalanuvchilar har qanday hollarda ham tekshiruvchilardan
ulkan, muhim suiste’mollarnigina emas, mayda suiste’mollarni, hisobotdan barcha
buzilishlarni ochib tashlashga samaradorlikni kutishlari mumkin. Biroq, tajribali
auditor, ayniqsa endi ishlay boshlagan auditor bu sohalarda hamisha samarali
ishlay olmasligini ko’rsatmoqda.
Tekshiriladigan xo’jalik tizimining ma’muriyati auditorlar oldiga ehtimol
tutilgan suiste’mollik faktlarini va ularning oqibatlarini aniqlash vazifasini qo’ysa -
bu boshqa gap. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi yirik bazaning
ma’muriyati o’z hududida joylashgan ikkita nomustaqil transport do’konida
chakana savdo to’g’ri yuritilayotganini tekshirishni iltimos qildi. (Bu
auditorlarning mijoz bilan kelishilgan tadbirlari bo’yicha xizmati deyiladi).
Bunday topshiriqni bajarish uchun, shubhasiz tekshiruvchilar alohida auditorlik
testlari va tadbirlarini ishlab chiqishlari nazoratning tovar va kassani to’satdan
inventarizatsiya qilish, miqdor hisobini tiklash, shubha tug’dirgan alohida hujjatlar
bo’yicha qayta tekshirish o’tkazish kabi alohida usullardan foydalanishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Auditorlik faoliyati
to’g’risidagi Qonuni mamlakatimizda auditorlik faoliyatini asosiy shartlarini
belgilab berdi. Bu faoliyatni yuridik shaxs sifatida auditorlik tashkilotlari amalga
oshiradi. Buning ustiga xodimlar tarkibiga ma’lum talablar ham qo’yildi, shunga
17
muvofiq ravishda auditorlik tekshirishlarini o’tkazishga cheklashlar ham joriy
etildi. Hozir amal qilayotgan cheklashlar bo’yicha hamma narsa auditning halqaro
standartlariga mos kelmaydi.
Bu xujjatlar auditor (auditorlik tashkiloti) faoliyatining faqat asosiy (tabiiyki
hammasini emas) shartlarini belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining «Auditorlik
faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish
to’g’risida»gi qarori bilan kiritildi. 1992 yilda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati
to’g’risida»gi Qonunda va boshqa me’yoriy xujjatlarda auditorlar va auditorlik
tashkilotlarining nizom kapitalidagi ulushi 51% dan kam bo’lmasligi kabi cheklash
yo’q edi.
Bularning hammmasi yig’ilib, katta miqdorni tashkil etadiki, o’z
auditorlarimiz agar homiylarga murojaat qilmasalar, buncha pulni topishlari amri
mahol. Chunki hozirgi paytda vujudga kelgan vaziyatda hisob va tahlil sohasidagi
o’z mutaxassislarimiz xorijdagi o’z kasbdoshlariga nisbatan davlatga ancha ko’p
pul to’lashga majbur bo’ladilar. Ahvol shunday ekan hukumatning bu ishlarining
hammasi «Auditorlik firmalari auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida
ularning mustaqilligi qo’shimcha kafolatlanishini ta’minlash maqsadida» qilingani
haqidagi gaplari to’g’riligiga ishonish qiyin. Xomiy qidirishga majbur bo’lgan
odamda qanday mustaqillik, qanday qo’shimcha kafolat bo’lsin?
Bu muammoning bir tomoni xolos. Sanab o’tilgan barcha shartlar diqqat bilan
tahlil qilinsa, yana bir muhim jihatni aniqlash mumkin. Axir bunday sharoitda
«Beshlik» uchun hali mustahkam oyoqqa turmagan O’zbekiston auditorlik
tashkilotilarini, ayniqsa yakka tartibda ishlaydigan eng qimmatli, yuqori malakali
auditorlarimizni engib chiqish mumkin (ko’p mamlakatlarda xuddi shunday
bo’lgan). Bu muammoni hal etishda albatta mustaqillik tamoyili muhim rol
o’ynaydi.
Mustaqillik - auditorlik kasbining asosiy tamoyillaridan biridir. Aslini
olganda bu professional fikrni bildirishga., ya’ni o’zining halolligi, vijdoni sofligi
va kasbiga oid burchini bajarishga xolisona yondashish asosida auditorning dalolat
berishi vazifasini bajarishiga imkon beradigan turmush tarzidir. Quyidagilar
18
hamma tomonidan e’tirof etilgan:
a) mutlaq mustaqillik amalda bo’lmaydigan orzu, lekin shunday mustaqillikka
erishishga intilmay o’tkazilgan tekshirish umuman o’z mohiyatini yo’qotadi;
b) tekshiruvchilarning bilim darajasi kengaygan sari tekshirishning samarasi
ortadi va mustaqillik darajasi kamaygan sari pasayadi;
v) deyarli hamisha tekshiruvchilar mustaqilligini pasaytiruvchi omillar
vujudga kelishi mumkin;
g) kasbiga doir faoliyat bilan shug’ullanayotgan auditorlarning mustaqilikka
erishishga intilishi, ular duch keladigan salbiy omillarni ishonchli bartaraf etishlari
uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
Auditorlar mustaqilligini muhim ahamiyatga molikligi sababli kasbimizning
ko’plab vakillari uni yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga
qo’shimcha kiritish lozimligini taklif qilmoqdalar. Bu mualliflar O’zbekiston
uchun yangi bo’lgan bu tamoyilni esga olgan bo’lsalar ham uni talqin etishda
darhol ikki xil ma’no chiqishiga yo’l qo’ydilar: «Mustaqillik» degan aniq
tushunchaning qonunida yo’qligi auditorlik qonunda «mustaqil tekshirish» degan
ta’rifida chalkashlikka olib kelishi mumkin.
Jahon tajribasida bir qancha omillar va vaziyatlar ta’siri natijasida auditor
mustaqilligi darajalari kamayib bormoqda. Ularni hammasini sanab o’tish qiyin,
shunga qaramay ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
a) auditor iqtisodiy sub’ekt aktsiyalariga (obligatsiyalariga) vaqtincha
bo’lsada egalik qilishi, ularni birjalar, birjadan tashqari savdoda sotib olish va
qayta sotishi;
b) iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillaridan biri bilan birgalikda boshqa
firmalarni ta’sis etishi, uning xodimi bo’lishi yoki ma’muriyat xodimlarini o’zi
yollagan bo’lishi;
v) shunga o’xshash raqobatchi guruhlarning yoki iqtisodiy sub’ektiga qarashli
guruh xodimi bo’lishi;
g) o’zi bajargan auditorlik xizmatlari uchun o’z auditorlik tashkilotlaridan
emas, bevosita iqtisodiy sub’ektdan haq (moliyaviy yordam, qarz va shu kabilar)
19
olgani;
d) iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillariga yaqin qarindoshliligi;
e) ko’p yillar ushbu iqtisodiy sub’ektni tekshirishda surunkasiga
qatnashganligi va boshqalar.
Amalda auditor mustaqilligi maqsad bo’lishi, auditorlar ham ularning
mijozlari ham, umuman jamiyat ham shu maqsadga intilishi kerak. Bunday
maqsadga ma’lum darajada erishsa bo’ladi. Masalan, auditor xizmati uchun ko’p
xollarda uni yollagan mijoz shaxsini o’zi haq to’lashiga qaramay auditor bu ishni
bajarish uchun etarli darajada mustaqil bo’lishi mumkin va lozim. Bundan tashqari
auditorga tekshirilayotgan xo’jalik tizimi tomonidan haq to’lanishi agar bu tizim
ma’muriyati jinoiy ishlarga botib qolmagan bo’lsa taklif etilgan mutaxassisga
alohida ishonch bildiradi, hatto o’z xo’jaligi juda shubhali, xatarli zonalarni
mufassal, chuqur tadqiq etish tashabbuskori bo’lishi ham ehtimoldan holi emas.
Boshqacha aytganda auditorning mustaqilligi (xizmati uchun mijozdan haq
oladigan notarius yoki vrachning mustaqilligi kabi) umuman fuqarolik jamiyati
intilishi lozim bo’lgan maqsaddir, bu yaqinlashish ma’lum darajada mumkin va
juda zarur bo’lgan maqsaddir.
Auditor o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun avvalo, halollik,
xolislik, kasbiy layoqat va odob, maxfiylik va albatta, mustaqillik tamoyillariga
rioya qilishi shart. Keltirib o’tilgan bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi
“Auditorlarning kasbga oida ahloq Kodeksi”da alohida qayd etilgan.
Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli
to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik
ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga
oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-
tahliliy amaliyotning boshqa sohalaridan foydalanadilar.
O’z mijozlari orqali g’arb dunyosining va «Uchinchi mamlakatlar»ning butun
xo’jalik mablag’larini haqiqatda nazorat qilayotgan xorijiy auditorlik tashkilotlari
va
banklari
O’zbekiston iqtisodiyotini mikrodarajasida ishlashga va
investitsiyalarni faqat o’zlari uchun foydali tarmoqlarga sarflashga oshkora
20
imkoniyat olmoqdalar, jahon iqtisodiyotini tegishli tuzilmalarini shakllantirib,
O’zbekistonda ham hozir shunday ish tutmoqdalar.
Sanab o’tilgan muammolar hamjamiyatdagi joriy o’zgarishlarga, O’zbekiston
auditorlik bozorining rivojlanish ehtiyojlariga mos kelmaydi, shuningdek
mamlakatning to’la qonli auditini qaror toptirish va rivojlantirish vazifasi
iqtisodiyotni barqarorlashtirishning eng asosiylaridan bo’lmasada, muhim
vazifalardan biriga aylangan vaziyatga mos kelmaydi.
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda auditorlik tekshiruvlvrini
tashkil etish va uning natijalarini umlashtirish va baholashning maqsadi xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan
atroflicha o’rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf
etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berish bo’lsa, iqtisodiyotda tutgan
o’rni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar birinchidan, moliyaviy-xo’jalik
faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini
ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik
xizmatining sifatli o’tkazilishini rag’batlantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |