Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana04.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#527887
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish tartibi

1-vaziyat 
Hisobotdagi xatolar korxona 
buxgalteriya hisobi va hisob 
siyosati sohasidagi me’yoriy 
hujjatlarga rioya qil-maslik 
oqibati 
2- vaziyat 
Korxona buxgalteriya hisobi
va hisob siyosati sohasidagi 
me’yoriy hujjatlar ko’rsatma-
lariga izchil rioya qilish 
natijasida buxgalteriya hisoboti 
korxonaning moliyaviy ahvolini 
ob’ektiv aks ettirmagan 
Buxgalteriya 
hisoboti 
korxonaning 
moliyaviy 
ahvolini to’g’ri 
aks ettiradi 
3- vaziyat 
Korxona buxgalteriya hisobi 
va hisob siyosati sohasidagi 
me’yoriy hujjatlar ko’rsatma-
lariga rioya qilmaslik oqibatida 
buxgalteriya hisobotida korxona 
moliyaviy ahvoli to’g’ri aks 
etmagan 
4- vaziyat 
Korxona buxgalteriya hisobi va 
hisob siyosati sohasidagi 
me’yoriy hujjatlar ko’rsatma-
lariga rioya qilish oqibatida 
buxgalteriya hisobotida korxona 
mo-liyaviy ahvoli to’g’ri aks 
etgan 
Balansda umuman buxgalteriya hisobotida korxonaning moliyaviy ahvolini 
xolisona aks ettirish muammolari xilma-xil. Bu tadqiqot natijalarini 4 vaziyat 
ajratib ko’rsatilgan jadval sifatida tasavvur qilish mumkin (
1-jadval
). Bizningcha, 
bu chizma mazmunini bilib olish ko’p auditorlar uchun foydali bo’ladi. Bu 
mualliflarning o’z ilmiy g’oyalarini tasdiqlash uchun keltirgan dalillari ishonchli 
bo’libgina qolmay, ko’p hollarda hisob va audit tajribasida uchraydigan turli tipik 
hollardan bevosita kelib chiqadi.
Bu tadqiqotlarni auditor nuqtai nazaridan davom ettirib, o’zimiz xulosa 
chiqaraylik. Bu xulosalar shunga olib keladiki, tekshiruvchi u yoki bu mijozga 
shubhasiz ijobiy auditorlik xulosasi berar ekan (aslida auditor to’plangan tekshirish 
natijalari va yig’ilgan dalillar uning vaziyatga yaqinlashganda shunday xulosa 
beradi). Ko’p hollarda : 
- o’zi to’plagan dalil-isbotlarning soni va sifatidan to’la qoniqmaydi; 
- qanchalik harakat qilmasin, xato xulosa berish xatarini to’la bartaraf qila 


47 
olmasligini anglaydi; 
- qo’shimcha auditorlik dalillarini to’plash hisobiga auditorlik xatarini yanada 
kamaytirish (harajatlar va natijalar nisbatiga qaraganda) maqsadga muvofiq 
emasligini tushunadi; 
- tekshirilgan hisobotning barcha muhim jihatlari ishonchliligi to’g’risida 
professional fikrini ifodalab zimmasiga katta mas’uliyatni oladi. 
Auditorlik milliy andozalarida ko’rsatilishicha, har safar moliyaviy hisobot 
bilan bog’liq ishlarni amalga oshirganda auditorlik firmasi tomonidan xulosa 
berilishi kerak. Agarda firma o’z mijozlariga moliyaviy hisobotni tayyorlashda 
ko’maklashsa va audit o’tkazmasa, unda hisobot tayyorlanganligi haqida xulosalar 
yoki umumiy kuzatish olib borilganligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
Auditorlik xulosasi tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar umumiy andozalarda 
keltirilgan. Bu haqda oldingi bobda fikrlar berilgan. Asosan bu oxirgi andozalarga 
taalluqli. Umuman auditorlik xulosalari shakli jihatdan bir xil bo’lishi kerak. Bu 
auditorlik xulosasidan foydalanuvchilar uchun zarur, negaki auditorlar o’z 
xulosalarini asar sifatida keltirganlarida, uni tushunish birmuncha murakkab bo’lar 
edi. Shu sababli kasbiy auditorlik andozalarida moliyaviy hisobotni kuzatib 
boruvchi auditorlik xulosalarining turlari keltirilgan. Auditorlik xulosasi audit 
jarayonining oxirgi bosqichiga to’g’ri keladi, lekin biz uni monografiyaning 
boshlang’ich boblarida ko’rib chiqishga harakat qilamiz va keyingi bosqichlarda 
bu natijalarga suyangan holda ish ko’ramiz. 
Ma’lumki, rejali iqtisodiyot davrida nazorat-taftish boshqarmalarining ish 
sifati mezoni bo’lib, taftishlar davomida aniqlangan kamomadlarni aybdorlar 
tomonidan to’lanish darajasi hisoblangan. Bu ko’rsatkich bevosita taftishning 
ob’ektivligi, taftish apparatining maqsadga intilishi va printsipialligiga bog’liq 
bo’lgan.
Yuqorida aytib o’tilgandek, audit umumiy qabul qilingan buxgalteriya 
qoidalariga asosan o’tkaziladi. Bu esa ob’ektiv xulosa berish uchun keng qamrovli 
mezon hisoblanadi. Auditning maqsadi ham taqdim etilgan moliyaviy hisobotni 
qay darajada buxgalteriya qoidalaridan chetlanish mezonini aniqlashga qaratilgan. 


48 
Auditorlik xulosasida ham, albatta, bu mezon qay darajada ekanligi keltiriladi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga qaraganda, 90% auditorlik natijalari 
qo’shimcha tushuntirishsiz shartsiz auditorlik xulosalari bilan rasmiylashtiriladi. 
Shu sababli bu xulosalar ustida batafsil to’xtalamiz. 
Bizning fikrimizcha, quyidagi shartlar bajarilgandagina bunday standart 
xulosalar berilishi mumkin: 
1. Jami hisobot shakllari belgilangan tartibda tuzilgan va moliyaviy hisobotga 
kiritilgan bo’lsa; 
2. Audit jarayonida umumiy qabul qilingan andozalarga barcha jabhalarda 
rioya qilingan bo’lsa; 
3. Etarli darajada isbot va dalillar to’plangan hamda auditor o’z vazifasini 
to’liq bajarganligi haqida ishonch hosil qilsa; 
4. Moliyaviy hisobot umumiy qabul qilingan buxgalteriya asoslariga amal 
qilgan holda taqdim etilgan bo’lsa; 
5. Alohida yoritib ko’rsatish yoki sharh berish kerak bo’lgan holatlar 
aniqlanmagan bo’lsa; 
6. Moliyaviy hisobotga etarli darajada tushuntirishlar va ilovalar qilingan 
bo’lsa. 
Standart auditorlik xulosasini 4–chizmada keltirishga harakat qilindi. Standart 
auditorlik xulosalari turli auditorlar tomonidan turli shaklda yozilishi mumkin, 
lekin uning mazmuni doimo bir xil bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasida 9 dekabr 1992 yilda «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi qonun qabul qilingach, yangi nazorat shakli sifatida audit ma’sul 
maqomga ega bo’ladi. Tarixan qisqa davr ichida Respublikada 2004 yilga qadar 
450 ga yaqin firma Moliya vazirligining ruxsatnoma-litsenziyasini olgan va Adliya 
vazirligida ro’yxatga olingan bo’lib, shulardan 215 taga yaqini jismoniy shaxslar 
tomonidan ta’sis etilgan. 
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, hozirgi kunda bu auditorlik firmalari 
tomonidan tayyorlanayotgan xulosalar yuqorida aytib o’tilgan xalqaro andozalar 
darajasidan ancha yiroq. Chunki hali ham tekshirishlar natijasi bo’yicha 


49 
dalolatnoma (AKT) tayyorlash tushunchasini auditorlik xulosasi bilan 
chalkashtirish hollari mavjud yoki albatta dalolatnoma tuzmay turib, xulosa berish 
mumkin emas, degan fikrlar ham yo’q emas. Ammo dalolatnoma bu «mutloq 
nazorat matni» bo’lib, uning natijalari bo’yicha jinoiy ish ham ochish mumkin. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish