“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
183
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:
1.
Асафьев Б. Музыкальная форма как процесс. Л., 1971.
2.
Вопросы музыкальной культуры Узбекистана. Т., 1961.
3.
Гафурбеков Т. Пора интенсивного возмужания ―Советская музыка‖, 1981.
№7,с.20
4.
Головянц Т.А. Об особенностях музыкального языка струнных квартетов Ик.
Акбарова. //Вопросы музыкального исполнительства и педагогики. Т., 2011
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
184
O‟ZBEK MAQOM SAN‟ATINING O‟ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kimsanov Muhriddin Muhammadamin o‟g‟li
Respublika musiqa va san‘at kolleji
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek maqom san‘atining o‘ziga xos xususiyatlari
haqida so‘z boradi.
Kalit so‟zlar:
pardai surudro go`yand,
Duvozdah, Ushshoq,
Dugoh, Segoh, Chorgoh,
Panjgoh, Ashiyran, Bayotiy,
Maqom arabcha «joy», «o`rin», «makon», musiqa tushunchasida esa cholg`u
asboblarida tovush hosil etiladigan joy, ya‘ni aslida parda ma‘nosini bildiradi. Maqom
muayyan pardadan boshlanadigan lad - tonallikni, hamda ularga mos keladigan kuy va
ashulalar majmuasini ham ifodalaydi. "G`iyosul-lug`at" qomusining muallifi G`iyosuddin
o`tmish olimlarining mulohazalariga tayanib, maqom iborasini quyidagicha ta‘riflaydi:
"Maqom – pardai surudro go`yand" – «Maqom deb kuy va ashulalar pardasiga aytiladi». Bu
erda kuy va ashulalar boshlanadigan parda hamda ular harakat etadigan lad tovushqatorlari
hisobga olingan albatta.
Musiqaga doir eski manbalardan ma‘lumki, maqomlarning tarixiy - nazariy va amaliy
tomonlari bor. Ularning nazariy masalalari IX-XV asrlarda yashab ijod etgan Kindiy,
Farobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Urmaviy; Sheroziy, Marog`iy, Jomiy va Husayniy kabi buyuk
olimlarning risolalarida chuqur ilmiy asosda sharhlab berilgan. Shuni qayd etish lozimki
musiqa nazariyasi hamma Sharq xalqlarida ba‘zi tafovutlarni hisobga olmaganda deyarli bir
xil mazmunda bo`lgan. Hatto maqomlar, sho`‘balar nomi ham o`xshash edi. Lekin, ularning
musiqiy mazmuni har bir xalqning o`ziga xos bo`lib, bir-biridan tubdan farq etgan.
O`tmishdagi musiqiy nazariy risolalarda O`n ikki maqom (Duvozdah maqom)
majmuasi va unga kirgan 24 sho`‘ba va olti ovoza haqida mulohaza yuritiladi.
Ma‘lumki, Temur davridan boshlab, to XVIII asrgacha yaratilgan musiqa risolalarida,
adabiy, tarixiy va badiiy manbalarda maqomlar ustida ijodiy ish olib borgan sozanda-
bastakorlar, ular yaratgan kuy va ashulalar nomlari keltiriladi, ularning qaysi maqomga
tegishli ekani, doira usullari haqida gapiriladi. Musiqa risolalarida keltirilgan o`n ikki
maqomlarning pardalari olti maqomdagi shakligi deyarli mos keladi yoki ular juda yaqindir.
O`n ikki maqomning Shashmaqomga munosabati masalasiga kelsak ulardagi maqom
va sho`‘balar nomi ko`pincha bir xil. Bu esa O`n ikki maqomdagi ayrim maqom va
sho`‘balar olti maqomga birlashtirilib, yaxlit turkum holiga keltirilganidan darak beradi.
Shashmaqom tarkibida O`n ikki maqomdagi nomlar uchrashini hisobga olib, bu erda O`n
ikki maqom va ularning sho`‘balarini sanab o`tamiz. O`n ikki maqom majmuasiga quyidagi
maqomlar, ularning ma‘lum ko`rinishlari - ovozi va sho`‘balar kiradi: Ushshoq, Navo,
Busliq, Rost, Husayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfahon, Zirafkand,
Buzruk.Ovozlar: Navro`z, Salmak, Gardoniya, Gavasht, Moya, Shashnoz.
O`n ikki maqom tizimi bir necha tarkibiy qisimlardan tashkil topgan bo`lib, ularning
asosiylari 12 maqom, 6 ovoza va 24 sho`balardan iborat bo`lgan. Bunda qadimdan
Do'stlaringiz bilan baham: |