FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Abduqodirov A.A va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari uchun darslik. T.:O‘qituvchi, 2002.
2.Kenjayev.O va boshq. Ta‘limda axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T:
―Iqtisod-moliya‖, 2013.
3. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T: Fan 2006
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
193
XORIJIY TILLARNI BARVAQT O`RGANISH AFZALLIKLARI VA BU
BORADA AYRIM TAVSIYALAR
Odirov Zohid
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
73-maktabning nemis tili fani o`qituvchisi
Xorijiy tilni qancha barvaqt o`rgansa, bu jarayon shuncha oson kechadi. Bog`cha
yoshidanoq bolalarga chet tilini og`zaki – o`yin tarzida o`rgatib borish, kelgusida ularning
erkin muloqot qilishlari uchun yordam beradi. Xo`sh, ko`proq xorijiy tilni o`rganish qay
tarzda amalga oshiriladi? Nechta chet tilini o`rgangan ma‘qul? Bu borada turli qarashlar
mavjud. Nemis jurnallarida yozilishicha, Soniya Ladet ismli qiz ko`p tillarni o`zlashtirish
bo`yicha boshqalarga o`rnak bo`la oladi. Unda 18 yoshidayoq birdan ortiq xorijiy tillarni
o`rganish, boshqa davlatlar madaniyati bilan tanishish istagi paydo bo`ladi. Hech qancha
vaqt o`tmay Parijda voyaga yetgan, nemis ota va xitoy ona farzandi bo`lgan bu qiz (avval
boshdan 3 tilda muloqot qilib katta bo`lgan) til bo`yicha boy xazinasiga ega bo`ladi:
muzokaralarni arab tilida olib boradi, ingliz tiliga esa tarjima qiladi, moda tadqiqotchisi
sifatida kasb yuzasidan yapon tilida ish yuritadi, maktabda esa rus tilini o`rgangan edi. ―Bu
bilan u Evropa Ittifoqi til siyosatiga namuna bo`la oldi, chunki ayni damda 44 % fuqaroga
aqalli bitta xorijiy tilda muloqot qilish qiyinlik qilmoqda‖ deb yozadi olmon nashri.
Chet tilini erta o`rganish – aytaylik maktabgacha – doimiy munozaralarga sabab
bo`ladi. Ko`pchilik ota-onalar bunda yaxshi tomonlarni, farzandlari uchun imkoniyatlarga
ertaroq ega bo`lishni ko`rmoqda. Lekin tanqidiy fikrlar ham yo`q emas: chet tillarini
o`rgatish orqali kichik yoshdagi bolalar qiynab qo`yilmaydimi? Olimlar bunday
tashvishlarga also o`rin yo`qligini isbotladilar. Osiyo va Afrika bolalari kundalik hayotda
ko`proq tildan foydalanadilar. Maktabda va boshqa muassasalarda bir tilda, muloqot
jarayonida boshqa tilda, oilada yoki qishloqda yana boshqa tilda. ―Miyamiz turli tillarni
o`rganishga moslashgan. Agar farzandlarimizga bunday imkoniyatni bermasak, ular
qobiliyatiga past baho bergan bo`lamiz‖ deydi Hamburg universiteti tilshunos olimi Yurgen
Mayzel. Tadqiqot farzandlari barvaqt chet tillarini o `rganishlari muhim deb hisoblaydigan
ota-onalarni qo`llab quvvatlaydi. Bola 3 yo 4 yoshida begona tilda muloqot qilishi oson
kechadi. Biroq 4 yoshdan so`ng o`zga tilda fe`llarni tuslash xatodan holi bo`lmaydi. Sakkiz
yoshdan o`n yoshgacha bolalarcha oson til o`rganish davri ortda qoladi. Bu esa bola
endigina maktabda 1-chet tilini o`rganish vaqtiga to`g`ri keladi. Ota-onalar bolalarining
ko`p tillarni o`rganib ulg`ayishlari ijobiy ta`sirga ega ekaniga ishonishlari qiyin, albatta.
Nega mening farzandim 2-xorijiy tilda gapirmaydi? Nega bir tilli bolalarga qaraganda tilni
o`zlashtirish jarayoni uzoqroq davom etadi? Bu kabi savollar ikki tilli bolalarning ota-
oanalariga tinchlik bermaydi. Yoki bolalar o`yin jarayonida chet tilida muloqot qilmaydi,
chunki ular boshqacha bo`lishini xohlamaydilar. Bunday hollarda ota-onalar sabrli
bo`lishlari lozim. Bu sabr esa keyinchalik o`z mevasini beradi. Barcelona universiteti
psixologi Albert Costaning kuzatishicha ko`p tillarni o`zlashtirish bilan bir qatorda bolalar
boshqa layoqatlarga ham ega bo`lib boradilar. Psixologning fikricha, ikki tilli bolalar
Do'stlaringiz bilan baham: |