M abduraimova, N. Abdullaeya


 Sug‘urta mahsulotini sotish texnologiyasi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527339
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
3.2 Sug‘urta mahsulotini sotish texnologiyasi 
 
Sug’urta maxsulotini sotish texnologiyasini amalga oshirishda ish-harakat va 
chora-tadbirlarni tashkil qilish va ketma-ketlikda kompleks olib borishni 
ifodalaydi. Bu yoki boshqa texnologiyalarni ishlab chiquvchilar oldida "qanday 
sotish kerak?", degan savol qo‘yiladi va bu savolga javob mahsulot iste’molchiga 
yetib borgunga qadar bo‘ladigan harakatlar algoritmi (biror masalani yechish 
qoidalari) ishlab chiqiladi va belgilanadi. 
Nazariya va amaliyotda sotishning barcha texnologiyalari shartli ravishda 
to‘rt guruhga bo‘linadi:
A) mahsulot bo‘yicha; 
B) sug‘urta shartnomasiga munosabat bo‘yicha; 
V) avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha; 
S) sotish usullari bo‘yicha.
Mahsulotga bog‘liq holda sotish texnologiyasi o‘z ichiga: 
1) monosotuvlar (sug‘urta xizmatining bir turini sotish); 
2) multisotuvlar (sug‘urta xizmatlarini kompleks sotish). Masalan, banklar 
uchun bankni kompleks sug‘urtalash polisi — Bankers Blanket Bond
 
qarzdorlar 


65 
uchun ipoteka sug‘urtasi, o‘z ichiga titul sug‘urtani oladi, ipoteka sug‘urtasi va 
qarzdor hayoti sug‘urtasi; 
3) kross-sotuvlar (ya’ni, sotib oluvchiga asosiy mahsulotiga qo‘shimcha 
xizmatlar). Masalan, sug‘urtalovchilar avtomobil egasiga OSAGO polisi bilan 
birga mas’uliyatning kengaytirilgan limiti ixtiyoriy avtograjdanlik mas’uliyati 
sug‘urtasini, shuningdek, KASKO sug‘urtasi va yo‘lovchilar hayoti sug‘urtasini 
taklif qiladilar. 
3-jadval 
Sotish texnologiyasini klassifikatsiyalash (tasniflash) 
Klassifikatsiya mezonlari 
Sotish texnologiyasi turlari 
1. Mahsulot bo‘yicha 
a) monosotuvlar; 
b) multisotuvlar; 
v) kross-sotuvlar. 
2. Sug‘urta shartnomasiga 
munosabat bo‘yicha 
a) sotishning yangi texnologiyasi; 
b) muddati uzaytirilgan shartnomalar texnologiyasi 
3. Avtomatlashtirish 
darajasi bo‘yicha 
a) qog‘ozdagi ma’lumotnomalardan foydalangan 
holda qo‘l bilan; 
b) sotuvchi ishtirokida avtomatlashtirilgan holda; 
v) to‘liq avtomatlashtirilgan 
4. Sotish usullari bo‘yicha 
a) to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish texnologiyasi; 
b)vositachilar orqali (vositali)sotish texnologiyasi 
Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchi yoki yangi sotish 
texnologiyasiga murojaat qiladi (yangi mijozlarni jalb qilish uchun reklama, 
agentlar, brokerlar, pochta orqali jo‘natmalar, hadyalar) yoki amaldagi sug‘urta 
shartnomalari 
muddatini 
uzaytirish 
texnologiyalaridan 
(buning 
uchun 
sug‘urtalovchi bor kuchini mavjud mijozlarni ushlab qolishga qaratadi, bu esa oson 
bo‘lmaydi, statistikaning ma’lum qilishicha, mijozlarning sug‘urta kompaniyasidan 


66 
shartnoma amal qilinishining ikkinchi yilida ketib qolish holatlari juda ta’sirli) dan 
foydalanadi.
Avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha sotish texnologiyasi quyidagicha 
bo‘linadi: 
- qog‘ozdagi ma’lumotlardan foydalangan holda qo‘l bilan sotish (sug‘urta 
qildiruvchi sug‘urta uchun ariza va anketani qo‘lda to‘ldiradi, sug‘urta 
kompaniyasining xodimi sug‘urta shartnomasining muhim shartlarini qayd etib, 
unga sug‘urta polisi yozib beradi. Ushbu texnologiya juda ko‘p vaqtni oladi); 
- sotuvchi ishtirokida avtomatlashtirilgan sotuvlar (sotuvchi hujjatlarni 
kompyuter programmasida rasmiylashtiradi, bunda sug‘urta mukofotini hisoblash
avtomat ravishda amalga oshiriladi, polis bosib chiqariladi va sug‘urta 
qildiruvchiga taqdim etiladi); 
- to‘liq avtomatlashtirilgan sotuvlar (sotuvchi sug‘urta qildiruvchi bilan 
bevosita aloqada bo‘lmaydi. Bu texnologiyani internet-magazinlar amalga 
oshiradi. Sug‘urta kompaniyasining saytiga kirgan mijoz arizani to‘ldiradi, 
kompyuter programmasi esa sug‘urta mukofotini hisoblaydi. So‘ng u naqd pulsiz 
elektron hamyon yoki plastik karta vositasida polisga haq to‘laydi). 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish