34
II BOB. SUG‘URTA BIZNESINI SUG‘URTA FAOLIYATI BO‘YICHA
TURKUMLANISHI
2.1 Sug‘urta biznesini sug‘urta faoliyati bo‘yicha turkumlash
Sug’urta biznesi iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir
tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa,
ikkinchi tomondan, shartnomaviy
majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug’urta risklaridan ogoh etish
negizida iqtisodiyot sub’yektlari manfaatlarining himoyasini ham o’z
zimmasiga
oladi. Sug’urta biznesini sug’urta faoliyati bo’yicha rivojlantirish zaruratini uning
quyidagi xususiyatlariga egaligi bilan asoslash mumkin:
- bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday munosabatlarda xavf-xatar,
tavakkalchilik va
qaltisliklarning mavjudligi;
- sug’urta tashkilotlarining xo’jalik sub’yektlarini favqulodda yuz bergan
hodisalar oqibatida yetgan zararlardan himoyalash, ya’ni
favqulodda holat
natijasida korxonaning faoliyati to’xtab qolmasligi va davom ettirilishini
ta’minlashi;
- mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdordagi investitsiyalarni kiritilishi
munosabati bilan ularni sug’urtalash zaruriyatining kelib chiqishi;
- hayot sug’urtasi orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy
himoyasini bozor
iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta’minlashi;
- mamlakat umumiy iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim
omillardan biri hisoblanishi va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi sug’urta xizmatlari bozorida keng qamrovli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish turli mulkchilik shaklidagi sug’urta
tashkilotlarining vujudga kelishi bilan bir qatorda yangi sug’urta
xizmatlarini
yo’lga qo’yilishiga qulay shart-sharoit yaratdi.
Sug’urta biznesi mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy munosabatlar
tizimida muhim o’rin tutadi. U moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan
chambarchas bog’liqdir. Moliya yalpi ichki mahsulotni
taqsimlash va qayta
35
taqsimlash natijasida vujudga keladigan maqsadli pul fondlarini shakllanishi va
undan foydalanish bilan bog’liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit – aholi,
korxona va tashkilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni jalb etish
va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Sug’urta
oldindan ko’rib bo’lmaydigan tabiiy, stixiyali hodisalar ro’y
berishi natijasida
ko’riladigan zararlarni qoplash bilan bog’liq maqsadli pul fondlarini shakllanishi
va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug’urta quyidagi
sohalarga ajratilgan, ya’ni:
-
hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i,
mehnat
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bunda
shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda
sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni o’z
ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
-
umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish
hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta
turlari).
Do'stlaringiz bilan baham: