M abduraimova, N. Abdullaeya


-jadval  2018 yil yakunlari bo’yicha hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta xizmatini



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527339
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

2-jadval 
2018 yil yakunlari bo’yicha hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta xizmatini 
olib boruvchi sug’urta kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan 
sug’urta mukofotlari va to’lovlari to’g’risida ma’lumot 
(mlrd. so’m)
6
t/r 
Sug’urta 
tashkiloti 
nomlanishi 
2017 yil
bo’yicha 
sug’urta 
mukofotlari 
2018 yil
bo’yicha 
sug’urta 
mukofotlari 
O’zgarishi 
%da 
2017 
bo’yicha 
sug’urta 
to’lovlari 
2018 yil 
bo’yicha 
sug’urta 
to’lovlari 
 O’zgarishi 
%da

"New Life 
Insurance" 
MChJ 
44,7 
159,9 
357,8 
25,0 
98,7 
395,4 

"Agros 
Hayot" 
MChJ 
12,9 
129,6 
1 002,6 
3,3 
79,1 
2 400,4 

"O’zbekinv
est Hayot" 
MChJ 
63,5 
101,2 
159,3 
37,6 
68,1 
181,1 

"Alfa Life" 
ShXJ ST 
17,5 
24,4 
139,3 
12,4 
17,6 
141,8 

"Euroasia 
Life" MChJ 

2,0 


0,4 


"Kafolat 
Hayot" 
MChJ 

0,2 




Jami 
138,6 
417,2 
 
78,3 
264,0 

Yuqorida qayd etilganidek, hayotni sug’urtalash sohasidagi o’yinchilar soni 
oltita kompaniyaga ko’paydi. Hayot sug’urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan 
hayotni sug’urtalash kompaniyalari bo’yicha jami mukofotlar 3,0 martaga oshib, 
417,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. Sanoat uchun sug’urta to’lovlari 337,1 foizni 
tashkil etdi. To’lovlarning umumiy hajmi 264,0 mlrd. So’mni tashkil etdi. 
Ta’kidlash joizki, 2018 yilda sanoat uchun sug’urta mukofotlari va to’lovlarning 
asosiy qismi 4 ta sug’urta kompaniyasiga to’g’ri keladi, qolgan ikkita kompaniya 
o’z faoliyatini hisobot davrining deyarli ikkinchi yarmida boshlagan. 
Umumiy faoliyati bo’yicha turkumlash hayot faoliyatidan o’zining 
6
 
www.mf.uz
 – internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 


40 
xususiyatlari bilan farq qiladi, ya’ni muddati, davriyligi, zahiralarni shakllantirish 
tartibi. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta 
kompaniyalari soni 33 ta bo’lib, mijozlarga turli yo‘nalishdagi sug‘urta 
xizmatlarini ko‘rsatib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushining 
oshishini ta’minlab bermoqda. Mazkur kompaniyalarning 26 tasi umumiy sug‘urta 
tarmog‘ida ishlaydi. Demak, mamlakat sug‘urta biznesi turli yo‘nalishdagi 
sug‘urtaviy xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari bilan 
to‘yingan, deb ayta olamiz.
2018 yilda umumiy sug‘urta sohasida ham mukofotlarning jadal o‘sishi
kuzatilgan. Umumiy sug‘urta turlarining asosiy farq qiluvchi xususiyati shundaki, 
ular sug‘urtalashning xavfli turlariga kiradi, shuningdek jamg‘arish hamda 
investitsiya daromadlarini nazarda tutmaydi. 
Aytib o‘tilganidek, 2018 yilda sug’urta biznesida jami mukofotlar 54,4% ga 
oshgan holda 1,2 trln.so‘mni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday 
o‘sish darajasi umumiy sug‘urta sohasi uchun yaxshi natija hisoblanadi. Sug‘urta 
mukofotlari hajmidan farqli ravishda, sohadagi sug‘urta qoplamalari miqdori
2,7 foizga o‘sdi va 196,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Umumiy sug‘urta sohasidagi 
mukofotlarning o‘sish sur’ati bilan taqqoslaganda sug‘urta qoplamalarining 
bunday past o‘sish sur’ati 2018 yilda kompaniyalarning samarali anderrayterlik 
faoliyatini yuritganidan darak beradi. 
Umuman olganda, sug‘urta bozorida mukofotlarni jalb qilish bo‘yicha
"O‘zagrosug‘urta" AJ (14,6%), "O‘zbekinvest" EIMSK (13,9%) va "Gross 
Insurance" (12,6%) MChJ boshqa kompaniyalardan sezilarli farq bilan etakchilik 
qilgan. Sohadagi 4- va 5-o‘rinni egallagan keyingi ikkita kompaniya "Kafolat" AJ 
(9,6%) va "Alfa Invest" MChJ SK (6,8%) hisoblanadi. Sohadagi barcha qolgan 
kompaniyalarning ulushi 6,0% dan past.
Sug’urta biznesini rivojlantirish maqsadida quyida strategiyani ishlab chiqish 
maqsadga muvofiq: 
1. Aholiga ma’qul tushadigan va daromadliligini hisobga olgan holda
sug‘urta turlarini aniqlab, ular bo‘yicha yengilliklar yaratish. 


41 
2. Aholining sug‘urta madaniyati darajasini oshirish. Bu sug‘urta sohasi 
rivojlanishi, avvalo shakllanishining asosiy sharti hisoblanadi. Odamlarning 
sug‘urta madaniyatini shakllantirish yo‘llari quyidagilar, ya’ni ularga sug‘urtaning 
asl mohiyatini ochib berish, u qachon zaruratga aylanishini tushuntirish, uning 
afzal tomonlarini ko‘rsatish, namoyon qilish, har qadamda xavf-xatarning 
mavjudligi, uning qachon sodir bo‘lishi noma’lumligi va aynan shu davrda 
sug‘urtaning ahamiyati beqiyosligini anglatish hisoblanadi. 
3. Sug‘urta kompaniyalarining shaffofligini saqlab qolish, ya’ni potensial 
mijozlar sug‘urta kompaniyalarining faoliyat yo‘nalishlari, moliyaviy barqarorligi, 
to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga hech to‘sqinliksiz ega bo‘lsinlar.
4. Sug‘urta xizmatlarining mamlakatimizning eng chekka hududlargacha 
yetib borishini ta’minlash, u yerlik aholi uchun sug‘urtaning mohiyatini ochib 
berishga harakat qilish. 
5. Sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, ularni qayta 
tayyorlash, xorij amaliyotini o‘rganib, uni mamlakatimizda qo‘llash yuzasidan 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishiga shart-sharoit yaratib berish. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, sug’urta tashkilotlari keng qatlamli 
salohiyatli mijozlarni sug’urta himoyasiga jalb etish uchun ularning manfaatiga 
mos keladigan yangi sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqmoqdalar. Bunga ular 
o’rtasida raqobat muhitini kuchayotganligi ham ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
Ayniqsa, O’zbekistonda sug’urta sohasini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan 
qabul qilinayotgan farmon va qarorlar sug’urta xizmatlari ko’rsatish sifatini yuqori 
bosqichga ko’tarilishiga qo’lay shart-sharoitlar yaratmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimiz rivojlanishining 
ustuvor yo‘nalishlari fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilishning ishonchli tizimini, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy himoyasini 
sug‘urta bozorida huquqiy ta’minlashning doirasini yanada kengaytirishni taqozo 
etmoqda. Sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
chora-tadbirlar, sug‘urta faoliyatiga oid qonunchilikning takomillashtirilayotgani 
aholining sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. 


42 
Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada rivojlantirish, sug‘urta 
faoliyatining zamonaviy turlarini takomillashtirish va sifatini oshirish, 
sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish borasida salmoqli 
ishlarning natijasi o’laroq sug’urta biznesi kundan-kunga rivojlanmoqda, bu esa 
o’z navbatida iqtisodiy sohaning balki O’zbekistonning rivojlanishiga zamin 
yaratadi deb aytishimiz mumkin.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish