62
iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya
qilish;
mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini
tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki
bitimning qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda "O‘zstandart" agentligi deb yuritiladi)
O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir. "O‘zstandart" agentligi
sertifikatlashtirishga oid quyidagilarni amalga oshiradi: "O‘zstandart" agentligining
sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai - davlat byudjeti
mablag‘i, shuningdek "O‘zstandart" agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan
iborat. Sertifikatlashtirish organining asosiy yo‘nalishi aholini sifatli mahsulotlar bilan
ta’minlash maqsadida, Respublikadagi strategik muxit axamiyatga ega bo‘lgan korxoanalarda
ishlab chiqariladigan va valyuta shartnomalari bo‘yicha Respublikaga olib kelinadigan
mahsulotlarni
sertifikatlashtirishdan
iborat.
Sertifikatlashtirish
organi
bo‘yicha
mutaxassislarning asosiy maqsadi sertifikatlashtirishga taqdim qilingan buyurtma-arizalarni
O‘zbekiston Respublikasi “Milliy sertifikatlashtirish tizimi”dagi amalda bo‘lgan me’yoriy
xujjat talablari asosida ko‘rib chiqib sifatli bajarishga qaratilgan. Sertifikatlashtirish ishlarini
O‘zbekiston Respublikasi “Milliy sertifikatlashtirish tizimi”dagi me’yoriy xujjatlar talablari
asosida sifatli bajarish uchun idora tomonidan O’z Dst ISO 9001 talablari asosida sifat
menejmenti sistemasi xujjatlari ishlab chiqilib, joriy qilingan. Sertifikatlashtirish organi o‘z
faoliyati yo‘nalishida asosan quyidagilar nazarda tutilgan:
Yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi;
Sertifikatlashtirish ishlarini o‘z muddatlarida, yuqori sifatli tarzda maqbul narxlarda
amalga oshirish;
Sertifikatlashtirish organi axborotlarni sir saqlash, g‘ayrsizlik qoidalariga va
sertifikatlashtirish natijalarini haqqoniyligini ta’minlashda buyurtmachilarga kafolat
berish;
Buyurtmachilar va boshqa manfaatdor tomonlar talablarini to‘la qondirish maqsadida
sifat menejmenti tizimini doimiy rivojlantirib borish.
Sertifikatlashtirish organi rahbariyati doimiy ravishda sertifikatlashtirish ishlari natijalari va
sifat soxasidagi faoliyatini tahlil qilish, hamda sifat tizimlarini boshqarish bo‘yicha mas’ul
xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: