28
Unda so„zlar tarkibidagi tovushlarni farqlay olmaydi. Buni kuzatganda afaziyaning
bu turi akustika- gnostika afaziyaga yaqin bo„lib, nutqning tovushga oid jihatlarini
tushunish qobiliyatini yo„qotadi. Sensor afaziya inson
miyasidagi Vernike zonasi
shikastlanganda yuzaga keladi. Bu nutqiy zona nemis olimi K. Vernike tomonidan
1874-yilda aniqlangan. Vernike markazi shikastlansa, akustik afaziya yuzaga
keladi. Bunda afaziyaga
chalingan gapira oladi, ammo o„zgalar nutqini
tushunmaydilar. Afaziyaning bu turi sensor afaziya deb nomlanadi. Unda
“fonematik eshitish qobiliyati” buziladi. Ular so „zlarni eshitib bo„lmaydigan
shovqindek qabul qiladi va ma‟nosini tushunmaydi. Ular tovushlarni eshitadi, lekin
ularni ajrata olmaydi. Bu esa so„zlarning noto„g„ri
talaffuz qilinishiga, yozish
qobiliyatining buzilishiga olib keladi. Bu afaziya turida nutqni tushunishdagi
kamchiliklar insult yoki travmadan keyingi erta bosqichda
nutqni tushunishning
butunlay yo„qolishi kuzatiladi. Sensor afaziyaga chalinganlarning har doim ham
o„zlarida mavjud nutq kamchiligini anglab yetmasligi atrofidagilar nutqini
tushunmaslik va aniq harakat buzilishining yo„qligiga olib keladi.Keyingi
bosqichda
nutqni qisman tushunmaslik, so„zni aniq idrok qilishni farazlar bilan
almashtirish kuzatiladi. Bunda so„zlar bir xil eshitiladi. Sensor afaziyaga
chalinganlar qo„shimchalarning tovush tarkibi bir xil va ular nutq oqimida har xil
o„zakli so„zlarning tovush tarkibiga qaraganda tez-tez
qaytarilishi sababli
so„zning o„zak qismi, ya‟ni leksik-semantik qismi qiyinchilik bilan o„zlashtiriladi,
buning natijasida predmetning o„zaro munosabati buziladi.
Sensor afaziya akustik- gnostik afaziyadan farqli ravishda bunda akustik nuqson
fonematik tahlil sohasida emas, balki eshitish mnestik
qobiliyatida namoyon
bo„ladi. Afaziyaga chalinganlar eshitish orqali qabul qilingan ma‟lumotni eslab
qolish qobiliyatini yo„qotadilar, bu bilan esa akustik
izlarning
zaifligini namoyon
etadilar. Shu bilan bir qatorda ularda eslab qolish
hajmining torayishi ham
kuzatiladi. Ushbu nuqsonlar eshitish va eslab qolish xotirasining ishtirokini talab
etuvchi ochib berilgan matnlarni tushunishda ma‟lum qiyinchiliklarga olib keladi.
Bu
ko„rinishdagi
afaziyaga chalinganlarning
shaxsiy
nutqida
29
afaziyaning asosiy simptomi: so„zlarning ushbu semantik to„pning boshqa so„zlari
bilan bog„liqliklari, ikkilamchi qashshoqlashuvi bilan bog„liq so„z
boyligining
kamligi, predmet haqidagi yetarli bo„lmagan ko„rishga oid tasavvurlarning kamligi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: