mazkur Konvensiya kuchga kiradi.
2. 52-moddaning 1-bandida eslatib o‘tilgan beshta davlatlar uni ratifikatsiya qilish,
qabul qilish yoki tasdiqlash shartisiz imzolagandan keyin yoki o‘zlarining
ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qo‘shish to‘g‘risidagi hujjatlarini
saqlashga topshirgandan keyin mazkur Konvensiya keyinchalik barcha
Ahdlashuvchi tomonlar uchun ular o‘zlarining ratifikatsiya qilish, qabul qilish,
tasdiqlash yoki qo‘shish to‘g‘risidagi hujjatlarini saqlashga topshirgan kundan olti
oy o‘tib kuchga kiradi.
3. Mazkur Konvensiyaga bo‘lgan o‘zgartirishlar kuchga kirgandan keyin
saqlashga topshirilgan ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qo‘shish
to‘g‘risidagi har qanday hujjat mazkur Konvensiyaning o‘zgartirilgan matniga
taalluqli deb hisoblanadi.
4. O‘zgartirishlar qabul qilingandan keyin, lekin ular kuchga kirishidan oldin
saqlashga topshirilgan har qanday shunday hujjat ushbu tuzatish kuchga kirgan
kundan boshlab mazkur Konvensiyaning o‘zgartirilgan matniga taalluqli deb
hisoblanadi.
54-modda
Denonsatsiya
1.
Ahdlashuvchi tomonlarning har biri Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Bosh kotibiga yuborilgan notifikatsiya orqali mazkur Konvensiyani denonsatsiya
qilishi mumkin.
2. Bosh kotib bunday notifikatsiyani olgan kundan o‘n besh oy o‘tgandan keyin
denonsatsiya kuchga kiradi.
3. Denonsatsiya kuchga kirgan muddatga qadar jo‘natuvchi mamlakatning
bojxonasi tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilingan XYT kitobchalarining
haqiqiyligiga ushbu denonsatsiya ta’sir qilmaydi, va mazkur Konvensiyaning
shartlariga ko‘ra, kafolat birlashmalarining kafolatlari o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |