PEDAGOGIKA
2017, 4-son
107
sababi aksariyat mamlakatlarning tilshunosligida affikslarning funksional jihatdan
avvalgidek ikki turga (sо‘z о‘zgartuvchi va sо‘z yasovchi) emas, balki endilikda uch
turga (sо‘z о‘zgartuvchi, forma yasovchi va sо‘z yasovchi) ajratilishidir. Boshqacha
aytganda, forma yasovchilar sо‘z yasovchilardan ajratildi.
V. V. Reshetov va Sh. Sh. Shoabdurahmonovlar sо‘z yasovchi affikslarni
dialektologiya kursining morfologiya bо‘limi oxirida keltiradi. Qisqacha sо‘z
yasalishining kompozitsiya usuli tо‘g‘risida ham ma’lumot beradi va
қ
כ
ра йалақ
(chug‘urchuq),
патма чьмчьқ
1
(jiblajibon) misollarini keltiradi, lekin ularning
qaysi shevada qо‘llanishini kо‘rsatmaydi
2
. Endi ular keltirgan yasovchi affikslarni
tahlil qilamiz. Darslikda keltirilgan 72 affiksdan 49tasini sо‘z yasovchi deb qarash
mumkin. Boshqalari esa forma yasovchi, ba’zan sо‘z о‘zgartuvchi affikslardir.
Shuningdek, keltirilgan barcha sо‘z yasovchilarni ham dialektal sо‘z yasovchilar
deb bо‘lmaydi. Aksariyati adabiy til bilan aynanlikka ega. Shu о‘rinda darslikda
shevalardagi barcha sо‘z yasovchi affikslar, ya’ni adabiy tilga ham, shevaga ham
xos bо‘lgan yoki faqat adabiy tilda varianti bо‘lmagan affikslar о‘rin olishi lozimligi
muammosi paydo bо‘ladi. Demak, bu masalada prinsipial holat hal qilinishi lozim.
Shu munosabat bilan faqat shevalarga xos sо‘z yasovchi affiks degan masalani
oydinlashtirib olish lozim bshladi. Aslida shevalardagi sо‘z yasovchi affikslar
deganda undagi barcha sо‘z yasovchi affikslar qamrab olinishi kerak. Ular ichida
adabiy tildagi sо‘z yasovchilardan fonetik jihatdan qisman farq qiladiganlari
(ba’zan adabiy til bilan aynan bо‘lishi ham mumkin), kuchli fonetik о‘zgarishga
uchraganlari va adabiy tilda uchramaydiganlari mavjud bо‘lib, ulardan keyingi
ikkitasi kо‘proq e’tiborni tortadi hamda ularni shevaning о‘ziga xos sо‘z
yasovchilari deb yuritish maqsadga muvofiq. Afsuski, bunday affikslarga boy
emasmiz, chunki tadqiqotchilar ishlarida bunday affikslar kо‘p qayd qilinmaydi va
yaqqol kо‘rinib qolgan affikslarnigina о‘z ishlarida kо‘rsatishadi. Oqibatda
darsliklarimizni shevalarning о‘ziga xos sо‘z yasovchilari bilan boyitishimiz qiyin
bо‘lib turibdi. V. V. Reshetov va Sh. Sh. Shoabdurahmonov shevalardagi bir qator
sо‘z yasovchilarni keltiradiki, ulardan yangi darslikda ham foydalanish mumkinligi
nuqtayi nazaridan tahlil etishga harakat qilamiz.
Adаbiy tilda qо‘llanishda bо‘lgan affikslar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: