yopishtirilgan papiros qog‘ozi ustidan o‘rnatiladi. Natijada termobatereya kumush diskdan va mis
halqadan elektr jihatdan izolyasiyalangan bo‘ladi. Aktinometrdan
foydalangan vaqtda
termoyulduzchaning ikkala uchi GSA-1 tipdagi galvanometrga ulanadi.
Aktinometr trubkasining ochiq uchi ro‘parasiga teskari tomoniga toq sonli kavsharlar
yopishtirilgan va quyosh nurlari tushadigan tomoni qoraytirilgan kumush disk joylashtirilgan.
Mis halqa esa trubkaning chetiga quyosh nurlari tushmaydigan qilib joylashtirilgan. Agar
aktinometr trubkasini quyoshga qaratsak, kumush disk to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi ta’sirida isiydi,
mis halqa esa isimaydi.
Quyosh to‘g‘ri radiatsiyasining intensivligi qancha yuqori bo‘lsa, issiq va sovuq kavsharlar
orasidagi temperaturalar ayirmasi ham shuncha katta bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan termotok
kattaligi ham quyosh radiatsiyasi intensivligiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi.
Ishni bajarish tartibi
Termoelektrik aktinometr yordamida to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash
quyidagi tartibda olib
boriladi:
-
aktinometr termobatareyasining uchlaridan tashqariga chiqarilgan ikkita sim GSA-1
tipdagi galvanometrning (+) va «S» klemmalariga ulanadi. Bunda galvanometr strelkasining
nolinchi bo‘limdan o‘ngga og‘ishiga erishish kerak. GSA-1 galvanometrining
yuz tomoniga
joylashtirilgan termometrning ko‘rsatishini yozib qo‘yiladi;
-
aktinometr trubkasining qopqog‘i olinadi va quyoshga qaratib, termobatareyasi 1-2 minut
davomida qizdiriladi;
-
aktinometr trubkasi qopqoq yordamida berkitiladi va 20-25 sekunddan keyin (strelka
tebranishi to‘xtagach) galvanometrning nol vaziyati aniqlanadi;
-
trubka qopqog‘i yana olinadi va har 20sek o‘tgandan keyin galvanometr strelkasining
ko‘rsatishlarini 0,1 bo‘limgacha aniqlikda shkaladan yozib boriladi. Galvanometr strelkasining
ko‘rsatishlari Nj, N
2
, N
3
, N
4
, N
5
bo‘limlarga teng bo‘lsin. SHu tarzda o‘lchashlarning soni 5
martadan kam bo‘lmasligi kerak;
-
trubka qopqog‘i olib qo‘yilgan holdagi o‘lchashlar tamom bo‘lgach, qopqoq berkitiladi va
20-25 sekunddan so‘ng galvanometr strelkasining keyingi nol vaziyati N
0
aniqlanadi. SHu bilan
bir seriya o‘lchash tamom bo‘ladi.
-
galvanometr ko‘rsatishning o‘rtacha nol vaziyati quyidagicha aniqlanadi:
N
o`rtacha
=(N
0
+N
n
)/2
trubka ochiq bo‘lganda galvanometr strelkasi ko‘rsatishlarining o‘rtacha
qiymati
aniqlanadi:
N
o`rtacha
=(N
1
+ N
2+
N
3+
N
4+
N
5
)/5
-
galvanometr strelkasi ko‘rsatishining tuzatilgan qiymatini olish uchun o‘rtacha qiymat
N
ga, galvanometr shkalasiga tuzatma ANva galvanometr guvohnomasida berilgan temperaturaviy
tuzatma AN
t
ni qo‘shib, N
0
ni esa ayrish kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: