Tayanch iboralar:
qayta investitsiyalash, aktsiya, Gordon modeli, emissiya,
ishlab chiqarish, soliqqa tortish, investitsion portfel, kapital qo’yilma, aktiv.
Nazorat savollari
1. Dividend siyosatining mazmuni va mohiyati
2. Dividend siyosati
56
3. F.Modilyani va M.Millerning dividend nazariyasi
4. R.Litstenberger va K. Ramasvamilarning soliq differenstiastiyasi
nazariyasi
VIII BOB. MOLIYAVIY REJALASHTIRISHGA YONDASHUV
8.1. Moliyaviy rejalashtirish va nazorat–boshqarish tizimining muhim
elementi sifatida
Keng ma’noda har qanday biznesni tashkil qilish, boshqarishning har qanday
shaklini o’z ichiga oluvchi ijtimoiy iqtisodiy tizimning izohi o’zida
boshqariladigan tizim eelemntlariga boshqaruvchi tizim elementlarini maqsadli
yo’naltirilgan, tizimli va uzluksiz ta’sir etish jarayonidir.
Moliyaviy rejalashtirishning ob’ekti bo’lib xo’jalik sub’ektlari va davlatning
moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo’jalik sub’ekti moliyaviy rejasini tuzadi,
ya’ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma
moliya balansigacha qamrab oladigan muxim jarayondir.
Har qanday moliya rejasida ma’lum bir davrga mo’ljallangan hamda moliya
va kredit tizimi bilan bog’liq bo’lgan daromadlar va xarajatlar aniqlanadi.
Umuman olganda moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida,
faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida
faoliyat ko’rsatagtgan xo’jalik sub’ektlari daromadlar va xarajatlar balansi,
notijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan muassasalar esa smeta xarajatlari
ko’rinishida moliyaviy reja tuzadi.
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi.
Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan
moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va
daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan
fondlar o’rtasidagi taqsimlashlarni optimal yo’llarini qidirib topish va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor
munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr
talabiga moslab o’zgartirib boradi.
Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga
ma’lum bo’lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ
boshqarish va nazorat tizimlarini yuqorida ko’rib o’tdik. Masalan, P.Durker
boshqarishning umumiy funkstiyalari ketma ketligini: rejalashtirish, nazorat,
tashkil qilish, kommunikastiya, motivastiya kabi elementlarini keltiradi.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga
oshiriladi. Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Ekstrapolyastiya usuli;
2.
Normativ usuli;
3.
Matematik modellashtirish usuli.
57
Ekstrapolyastiya usuli
ning mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining
moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani
tuzishni ko’zda tutadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob
kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyastiya usuli
moliyaviy ko’rsatkichlar va ularnig dinamik o’zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy
ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usul
da, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda
tutiladi.
Matematik modellashtirish
usulida real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni
takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy
resurslarni manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi
rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi.
Hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va
davrini uzoqligiga qarab, moliyaviy siyosat:
1. Moliyaviy strategiya.
2. Moliyaviy taktikaga
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash
uchun tuzilgan asosiy rejaning tarziga aytiladi. Korxonani moliyaviy strategiyasi
o’z ichiga korxonaning moliyaviy axvolining tahlilini asosiy va aylanma
mablag’larini optimallashtirish, daromadni taqsimlash, nakd pulsiz to’lashlarni,
soliq va narxlar siyosatini, qimmatli qog’ozlar jarayonidagi siyosatni oladi.
Moliyaviy strategiya asosiy va operativ bo’lishi mumkin.
Asosiy moliya strategiyasi deb, korxonani faoliyatini aniqlovchi byudjetni
xamma darajasida bo’ladigan o’zaro munosabatlariga, korxonani daromadlarini
tashkil etib uni sarflashga, extiyojlik miqdorini va bir yilda moliyalashtirish
manbalariga aytiladi.
Operativ moliya strategiyani, asosiy moliyaviy strategiyadan farqi, u o’z
ichiga yalpi daromdlarni va mablag’larni ko’payishini (ish haqi, sotilgan maxsulot
uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitob qilish, kredit operastiyalaridan tushumlar)
va hamma yalpi xarajatlarini (ta’minlovchilar bilan hisob-kitob, ish haqi, hamma
darajadagi byudjetlar va banklar bilan majburiyatlarini) o’z ichiga oladi.
Moliyaviy strategiya – ijtimoiy va iqtisodiy strategiyani belgilab bergan
uzoq istiqbolga mo’ljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga
qaratilgan bo’lib, u moliya rivojlanishining asosiy konstepstiyalarini ishlab chiqish,
moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi.
Moliyaviy strategiya uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli
programmalarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarida mujassamlashtiradi va ko’zda tutadi.
Moliyaviy taktika – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat
rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari
orqali amalga oshiradi.
Moliyaviy siyosat inson faoliyatining maxsus shakli sifatida ustkurma
kategoriyalariga ta’lluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida
chambarchas bog’langan o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliyaviy
58
siyosat iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy
bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliyaviy siyosat ma’lum bir
mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini
o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-
tadbirlarni o’tkazish orqali iqtisodni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi,
boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor
munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi,
moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga
to’g’ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |