59
- Bir necha variantlardan biznes uchun optimal variantlarini tanlash va
asoslash;
- Moliyaviy rejada belgilangan parametrlar bilan muvofiq keluvchi
korporastiyalarning natijalarini baholash.
Makro va mikro darajada moliyaviy rejalashtirishning zarurligini bir qancha
sabablari mavjud bo’lib, bizning fikrimizcha, kelajakdagi faoliyat va natijalarning
mavxumligi, rejaning yo’naltiriruvchanlik rolini mavjudligi, iqtisodiy shart
sharoitlarning optimallashtirilishi hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasidagi
xozirgi iqtisodiy vaziyat davlat va korxonalar moliyasidagi rejalashtirish
jarayonlarida ma’lum mukammalashuvlar amalga oshirilish zaruratini keltirib
chiqaradi.
Rejalashtirish jarayonida yuqorida keltirilgan har qaysi usullardan
foydalaniladi. Masalan, byudjetni rejalashtirish jarayonida bir vaqtning o’zida
ekstrapolyastiya usulidan ham foydalaniladi va shuningdek byudjet xarajatlari va
daromadlarini rejalashtirishda ularning balansligi ta’minlanishi lozim.
Shuning
uchun xarajatlar va daromadlarning farqlarini qoplash maqsadida defistitni
moliyalashtirish manbalari ham rejalashtiriladi.
Moliya tizimining barcha bo’g’inlari o’ziga xos moliyaviy rejaga egadir.
Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarda moliyaviy reja daromad va
xarajatlar balansi shaklida shakllantiriladi.
Moliyaviy reja korxonaning daromad va xarajatlarini bog’lovchi oldingan
qo’yilgan moliyaviy maksadlarga erishish usullarini tavsiflovchi xujjatdir.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi,
korxonaning joriy moliyaviy holatiga o’rnatilgan maqsadlarning muvofiq kelish
darajasi o’rnatiladi, o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan
faoliyat
ketma ketligi shakllantiriladi.
Moliyaviy reja moliya tizimining barcha bo’g’inlariga xosdir. Chunonchi,
davlat moliyasi darajasida davlatning asosiy daromadlari va xarajatlari balansi
sifatida byudjet loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Xo’jalik sub’ektlari darajasida daromadlar va xarajatlar balansi shaklida
moliyaviy reja tuziladi.
Moliyaviy rejalashtirish asosida strategik va ishlab chiqarish rejalari yotadi.
Strategik
rejada
korxona
faoliyati
sohalarining
maqsadlari,
vazifalari,
masshtablarinini shakllantirishni ko’zda tutiladi. Ishlab chiqarish rejasi strategik
reja asosida
tuziladi va ishlab chiqarish, marketing, ilmiy-tadqiqot va investitsion
siyosatni ko’zda tutadi.
Moliyaviy reja o’zida korxonalarning moliyaviy maqsadlariga erishish
uslublarini tavsiflovchi va uning daromad va xarajatlari bog’lovchi xujjatni o’zida
aks ettiradi. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida:
a) korxonaning moliyaviy maksadlari belgilanadi;
b) mazkur moliyaviy maksadlarga korxonaning joriy moliyaviy holatini
muvofiq kelish darajasi aniqlanadi;
v) o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan
harakatlar, tadbirlar
ketma ketligi shakllantiriladi.
60
Moliyaviy rejaning 2 asosiy turi mavjud bo’lib ular:
- Qisqa muddatli moliyaviy reja;
- Uzoq muddatli moliyaviy reja.
Qisqa muddatli moliyaviy rejaning maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai
nazaridan korxonaning kengayish sur’atini aniqlash hisoblanadi. Uzoq muddatli
moliyaviy rejaning maqsadi korxonaning doimiy to’lov kobiliyatini ta’minlash
hisoblanadi.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi bosqichlari ajratiladi:
A) korxonalarning moliyaviy holati tahlil qilinadi;
B) taqvimiy smeta va byudjet tuziladi;
V) korxonaning kelgusida moliyaviy resurslarga umumiy ehtiyoji aniqlanadi;
G) moliyalashtirish manbalarining strukturalari bashorat qilinadi;
D) nazorat va boshqarishning muvofiq keluvchi tizimi tuziladi;
E) rejaga o’zgartirishlar kiritish tartiblari ishlab chiqiladi.
Amaliyot nuqtai nazaridan moliyaviy rejaning bir qancha quyidagi
variantlari tavsiya qilinadi: optimistik, yuqori extimollikdagi rejalar, pessimistik.
Umumiy ko’rinishda moliyaviy reja quyidagi mazmundagi xujjatlarni o’z
ichiga oladi:
1.
Investitsion siyosat: asosiy fondlarni
moliyalashtirish siyosati,
nomoddiy aktivlarni moliyalashtirish siyosati, uzoq muddatli qo’yilmalarga
nisbatan siyosat.
2.
Aylanma kapitalni boshqarish: pul mablag’lar va unga tenglashtirilgan
mablag’larni boshqarish, ishlab chiqarish zaxiralarini boshqarish, kontragentlarga
nisbatan siyosat va debitorlik qarzlarini boshqarish.
3.
Divident siyosati va moliyaviy resurslar manbalari strukturasi.
4.
Moliyaviy
prognozlashtirish:
moliyaviy
shartlarning
tavsifi,
korxonalar daromadi va xarajati, moliyaviy hisobotlar prognozlari, pul mablag’lari
byudjeti, kapitalga umumiy extiyoj, tashqi moliyalashtirishga extiyoj.
5.
Hisob siyosati.
6.
Moliyaviy nazorat tizimlari.
Ma’lumki moliyaviy reja etarli darajada murakkab bo’lib, korxona
investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha moliyaviy ishlab chiqarish tavsifidagi
omillarni kompleks qamrab oladi.
Moliyaviy rejalashtirishda prognozlashtirish muxim rol o’ynaydi. Moliyaviy
menejer realizastiya hajmini, maxsulot tannarxini moliyalashtirish manbalari, pul
oqimlari mikdorini prognozlashtirishi zarur.
Prognozlashtirishning 2 asosiy usuli hozirgi paytda samarali hisoblanadi.
Ular: ekspert baholash usuli, situastion tahlil va prognozlashtirish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: