5
Tadqiqotning ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyati
quyidagilarda o’z
aksini topgan;
- Mutafakkirlarimiz ijodining mohiyati ilmiy asoslab berildi;
- boshlang’ich ta’lim bosqichi 1-4-sinf o’quvchilarida mutafakkirlarimiz
ijodini o’rganishning pedagogik shart-sharoitlari, uni o’quv tarbiya jarayonida
amalga oshirish uslubiyati ishlab chiqildi;
- ishlab chiqilgan uslubiyatning
pedagogik samarasi, tajriba- sinov ishlari
sinflarda tekshirib ko’rildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha tavsiyalar, o’quvchilar tarbiyasiga oid ilmiy
nazariy ma’ruzalar
tayyorlashda, didaktik asarlar yordamida o’quvchilarini
tarbiyalash ishlarini takomillashtirishda, ish tajribalarini ommalashtirishda,
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki
bob, to’rt
paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalardan
iborat.
6
I bob. Buyuk mutafakkirlarimizning ijodini o’rgatish vositasida
o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning pedagogik asoslari
1.1.
Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o’quvchilarga
ta’lim-tarbiya berishning maqsad va vazifalari
Farzandga ta’lim-tarbiya berish avvalo oiladan boshlanadi.
Shu bois oiladagi
muhit, ota-onaning bolaga bo’lgan munosabati oilaviy turmush iqlimiga bog’liq.
Bu esa, o’z navbatida, jamiyatda ma’naviyatni shakllantirishga zamin bo’ladi. Bola
tarbiyasi va boshlang’ich ta’limda jamiyat ma’naviyatining ahamiyati katta.
Farzandlarga milliy qadriyatlar, xususan, Sharq mutafakkirlari qoldirgan boy
meros asosida ta’lim-tarbiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug’
mutafakkirlarimiz asarlarida bolalarga go’daklik chog’idanoq kattalarga hurmat va
keksalarni e’zozlash, ota-onaga alohida ehtirom ko’rsatish, o’zidan kichiklar
izzatini o’rniga qo’yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko’rishga
chaqiriladi. Shu ma’noda ham «Biz sog’lom
avlodni tarbiyalab, voyaga
etkazishimiz kerak, sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki
sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni
tushunamiz...», - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov.
Bolalarga ilk tarbiya asoslari oilada beriladi. Farzandlarga boshlang’ich ta’lim
berishda ta’sirchan kuch – oilaviy tartib, ya’ni ularning o’zaro
munosabati, ota-
onaning xulq-atvori, ma’naviy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati,
oilaning
daromadi, yashash sharoiti va boshqalardan iborat bo’ladi.
Yuqoridagi fikrlar qadimda o’tmish mutafakkirlarimiz tomonidan ko’p bora
ta’kidlangan va hayotiy hikmatga aylangan.
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida bola ta’lim-tarbiyasiga,
dunyoqarashining kengayishiga va shaxsi rivojlanishiga oid qimmatli fikrlar
ko’plab bayon etilgan. Xalqimizga xos bo’lgan tortinchoqlik, andisha kabi
psixologik xususiyatlarni chuqur anglagan ulug’ bobomiz insonni faol bo’lishga,
bilim egallashga undab, shunday yozadi: