JO’JI KELDI, BO’JI KELDI
Bu so‘zlar bundan qariyb yetti yuz yil muqaddam chiqqan edi. Chingizxon katta qo‘shin bilan
Movaraunnahr va Xorazmga bostirib keldi. Uning eng dahshatli lashkarboshilaridan biri katta o‘g‘li
Jo‘jixon edi. Mug‘ullarning qirg‘ini xammaga ma’lum. Qirg‘inda qolgan mahalliy aholi Jo‘ji timsolida
barcha bosqinchi mug‘ullarni, ularning kirdikorlarini ko‘rib shunday qo‘shiq to‘qiganlar, bolalarini
bo‘ji va jo‘ji bilan qo‘rqitganlar. Chingizxon tirikligidayoq farzandlari o‘rtasida meros talashish
bo‘lishini ko‘zda tutib, o‘zining ulkan davlatini bir necha ulusga bo‘lib, o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlab
bergan. Xorazm, Volgabo‘yi va ularga tutash yerlar Jo‘jixonga tekkan va Jo‘ji ulusi deb atalgan.
Vaqtlar o‘tib Jo‘jixonning bu yerga kelib o‘rnashib qolgan yurtdoshlari mo‘g‘ul va tatarlar islomni
qabul qildilar. Mo‘g‘ullar turkiy qavm tatarlar ichiga singib ketdilar. Vaqti kelib, Frunze ana shu
tatarlardan iborat katta diviziyani Farg‘onaga tashlaydi. Bu o‘sha, yuqorida aytib o‘tilgan, “sopini
o‘zidan chiqarish” siyosati edi. O’sha paytda qo‘mondonlik rus bo‘lmagan xalqlardan tuzilgan harbiy
qismlarga, albatta, ruslardan komissar, maxsus bo‘lim boshlig‘i, shtab boshlig‘ini qo‘yar edi. Biroq bu
tatarlar ruslarning ishonchiga shu qadar sazovor bo‘lgan ekanki, bu qismlarda birorta rus yo‘q edi;
qo‘mondon Yusuf Ibrohimov, harbiy komissar Yoqub Chanishev, siyosiy g‘oyaviy bo‘lim mudiri
Yenikeev, siyosiy bo‘lim boshlig‘i Vafo Burnashev, shtab boshlig‘i Muhammad Qosimovlar barchasi
tatar va boshqirdlar edi.
Tatar qismlarining keltirilishi Farg‘onadagi milliy-ozodlik harakati uchun juda katta zarba bo‘ldi:
ular avvalo, janglarda pishgan mohir jangchilar, qolaversa, turkiy tillarni yaxshi bilgan, mahalliy
sharoitga moslashib oladigan, turkiy elatdoshlar edilar. Ulardan asir olingan odamlar qo‘rboshilarning
yigitlari ichida tashviqot-targ‘ibot olib borib, ularni taslim bo‘lishga undar edilar. Shundan so‘ng
yigitlar ichida taslimchilik kayfiyati paydo bo‘ldi, to‘p-to‘p bo‘lib, yashirincha sovet organlariga borib,
qurollarini topshirish holatlari ko‘paydi.
Tatar diviziyasi askarlari, rasman musulmon sanalsalarda, ko‘pchiligining imoni mustahkam emas
edi. H. No‘‘monov va S.Ishoqovlarning Yo‘ldosh Oxunboboevga bag‘ishlangan “Ota” nomli
romanlarida qiziq bir epizod keltiriladi: Marg‘ilon yaqinidagi deparalardan birining amini “To‘ng‘iz
amin” degan laqab orttiradi. Oxunboboev buning sababini yaxshi bilsada, bir kulishib olish uchun
uning o‘zidan izoh so‘raydi. Aminning izoh berishicha, o‘sha paytlarda qamishzor — to‘qaylarda
to‘ng‘iz ko‘payib, ekinzorlarga zarar yetkaza boshlaydi. Amin bir necha to‘ng‘izni otib, uni nima
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |