www.ziyouz.com
кутубхонаси
61
yanchib tashladingiz. Turkistonliklar ruhi esa boshqacha, ularni tushunib yetish qiyin. Ularning xatti-
harakatini oldindan bilib bo‘lmaydi. Shu tufayli, takrorlab aytaman, u yerga sizni, ildizi turkistonlik
bo‘lgan kishini yuboryapmiz. Sizga katta ishonch bog‘laganmiz.
— Nima qilar edik, Vladimir Il’ich, Turkistonning xo‘jayini bo‘lsak bo‘libmiz-da.
— Mana bu — boshqa gap. Sizga muvaffaqiyat tilayman. Sizga qurol-yarog‘, o‘q-dori, harbiy
anjomlar, oziq-ovqatni to‘xtovsiz va to‘siqsiz yetkazib berish haqida Sovnarkomga ko‘rsatma berdim.
U yerdagi ahvol haqida har kuni menga telegraf orqali axborot berib turasiz. Turkistondagi o‘rtoqlarga
mendan salom aytasiz. Xayr, yaxshi boring.
Shu tariqa, 1919 yil 11 avgustda maxsus Turkiston fronti tashkil qilindi va unga Mixail Vasilevich
Frunze qo‘mondon etib tayinlandi.
QURULTOY
1919 yil
22 noyabrda G’orbuvoda navbatdagi qurultoy bo‘lib o‘tdi. Shermuhammadbek bu
qurultoyni “Milliy kurash harbiy majlisi” deb atadi. Monstrov bilan hamkorlikda og‘ir janglar olib
borayotgan Madaminbek bu qurultoyning chaqirilishiga qarshi chiqdi va o‘zi unda ishtirok etishdan
bosh tortdi. Bosh tortmagan taqdirda ham fursati yo‘q edi.
Qurultoyda ko‘rilgan asosiy masalalardan biri qizil qo‘mondonlik tomonidan sulh tuzish uchun
boshlangan harakatlarga munosabat bildirish edi. Shermuhammadbek bu masala bo‘yicha o‘z fikrini
bildirib, sulh haqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini, muqaddas kurashni oxirgi tomchi qongacha
davom ettirish, sulhga rozi bo‘lgan qo‘rboshilar Vatan xoini sifatida la’natlanishi haqida so‘zladi.
Xolxo‘ja Eshon uning so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi. Boshqa qo‘rboshilar fikr bildirmadilar. Sulh
haqidagi har qanday takliflarni rad etish, biroq muzokaralardan bosh tortmaslik, ruslar bilan
muzokaralar olib borish uchun qat’iyatli kishilardan iborat bir hay’at tuzish haqida qaror qabul qilindi.
Ikkinchi masala – yana o‘sha, qo‘rboshilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bo‘lib, bu qurultoyda ham
uni bartaraf etish iloji ko‘rinmadi.
Uchinchi masala – tashkiliy ishlardan iborat bo‘ldi. Qo‘rboshilarning harakat mintaqalari
aniqlashtirildi va har bir mintaqa qo‘mondonlari qayta tayinlandi.
Bundan tashqari, quyida qarorlar qabul qilindi:
1.Qo‘rboshilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hay’at tashkil etish.
2.Qizil qo‘mondonlik bilan muzokaralar olib boradigan hay’at tuzish.
3.Qizillar targ‘ibotiga qarshi kurashadigan va aksil targ‘ibot yuritadigan guruh tashkil etish.
4.Qurol-yarog‘ topish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
5.Yangi hukumat tuzish uchun tayyorgarlik ishlariga kirishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |