IKKI QO’CHQOR
Muhtaram kitobxon sezib turgan bo‘lsa kerak, bu ikki qo‘chqordan biri Madaminbek, ikkinchisi
Shermuhammadbek. Bu ikki ulug‘ zotni qo‘chqorga tenglaganimiz uchun avvalo ularning ruhlari
oldida uzrlimiz.
Farg‘ona vodiysida bolshevizm balosiga qarshi kurashgan milliy-ozodlik harakatining eng yirik ikki
sardori – Muhammad Aminbek va Shermuhammadbekning o‘zaro munosabatlarini yoritish juda qiyin,
nafaqat qiyin, balki mashaqqatdir. Yoritish dedik. “Yoritishdan oldin o‘zing bu muammoning tagiga
yetdingmi, mohiyatini angladingmi?” deb so‘rang. Ushbu mavzuda olib borilayotgan ishning eng katta
muammosi ham shu. Ushbu satrlarni yozish payti kelguncha ham bu muammoning mohiyatini to‘liq
anglab yetdik, deya olmaymiz. Balki, ushbu asarimizni yoritish ishi shu paytgacha cho‘zilib
ketayotganiga ham shu sababchi bo‘lsa kerak.
Ushbu mavzu bo‘yicha topib o‘qish nasib etgan barcha manbalarni qayta-qayta ko‘zdan kechirib,
tahlil etar ekanmiz, bu ikki zotning o‘zaro munosabatlari nihoyatda chigal, muammolarga boy
ekanligini ko‘ramiz. “Ular do‘st edi. Oxirigacha shu do‘stlikka sodiq qoldilar”, degan satrlar yozilgan
manbalarni deyarli uchratmadik. Tahlil qilar ekanmiz, ba’zan kitobimiz so‘z boshisida keltirilgan bir
necha jumla, ya’ni, otamizning xizmatchisi Xolmat Boboning og‘zidan eshitganimiz:
Shermuhammadbekning Madaminbek haqidagi gaplariga ham ishongimiz kelmay qoladi.
Buning ustiga, ularning o‘zaro munosabatlarini yorita oladigan manbalarning o‘zi juda oz, borlari
ham ularning yaxshi munosabatlari foydasiga emas. Bizning o‘lkalarda mavjud deyarli barcha
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
37
asarlarda bu ikki shaxs bir-biriga qarshi qo‘yiladi. Chet ellik tadqiqotchi va mualliflar esa ularning
o‘zaro munosabatlariga dazmol urib, silliqlab ta’rif berishadi. Biz esa, barcha manbalarni qiyoslab,
tahlil etib, o‘z talqinimizni yozaverayligu ular o‘rtasidagi munosabatni hal etishni eng oliy hakam —
Allohga havola etaylik.
Yuqorida tasvirlaganimizdek, Madaminbek Qo‘qon voqealaridan so‘ng ozodlik kurashi yo‘liga
kirib, Marg‘ilon militsiyasidagi lavozimidan voz kechib, o‘z qo‘l ostidagi yigitlar bilan Marg‘ilondan
chiqib ketgan va o‘zi tug‘ilib o‘sgan Toshloq deparasidagi G’orbuvoga borib o‘rnashdi. G’orbuvoni
Shermuhammadbek ham makon tutib, uni mustahkam harbiy istehkomga aylantirish uchun bir qancha
ishlarni amalga oshirganligi kitobxonlar yodida bo‘lsa kerak.
Shermuhammadbek Madaminbekni hurmat va ehtirom, katta ziyofat bilan kutib oldi. Ular
Toshloqdan G’orbuvoga kelaverishdagi yo‘l ustida uchrashdilar. Ikkalalari ham otdan tushib, bir-
birlarining istiqbollariga piyoda yo‘l bosib kelib, quchoqlashib, uch marta ko‘krakni ko‘krakka bosib
ko‘rishdilar. Bir-birlarining qo‘rboshi va ponsodlari bilan qo‘l berib ko‘rishgach, otlarga minib
qishloqqa kirib borishdi. Hal qiluvchi suhbat ziyofat oxirida bo‘lib o‘tdi:
Madaminbek: — Hozir qancha yigitingiz bor, Bek?
Shermuhammadbek: — O’zim bilan muntazam ellikta. Qolganlari o‘z tirikchiligi bilan band. Zarur
vaqtda tez fursatda ularni to‘play olaman. Jami besh yuzdan oshadi.
M: — Ha, eshitganim bor, sizda intizom, tashkiliy ish juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu jihatdan
muntazam qo‘shin darajasiga yetgansiz. Bu yerda barpo etgan mudofaa istehkomingiz ham chakana
emas. Harbiy ta’lim olgan qo‘mondondan kam emassiz.
Sh: — Ta’limni yaratganning o‘zidan oldik shekilli. Birinchi muallim hayot va zarurat deyishadi-
ku.
M: — Xo‘sh, bek, endi nima qilamiz? Hammamiz Ergashbekka o‘xshab o‘z holimizcha kurashib
yuraveramizmi? Yoki birlashamizmi?
Sh: — Albatta, birlashishimiz kerak. Yakka otning changi chiqmas.
M: — Juda soz. Sizdan xuddi shu so‘zlarni kutgan edim. Do‘st tanlashda adashmabman. Ana endi
bitta ulug‘ karvon bo‘ldik. Agar yo‘q demasangiz, shu karvon tizginini o‘z qo‘lingizga olsangiz.
Sh: — Ehtiromingiz uchun qulluq, Bek. Tizgin sizniki, siz butun Farg‘onaga taniqli odamsiz.
Undan tashqari sizda Sibir tajribasi, militsiya boshlig‘i tajribasi, katta janglar tajribasi bor.
M: — O’zingizga ham qulluq, Bek. Modomiki shunday ekan, o‘zaro kelishib, vazifalarni bo‘lib
olaylik. Siz mening birinchi muovinim bo‘lasiz. Vaqti kelsa, sharoitga qarab, mustaqil ish yuritasiz.
O’z harakat hududingiz bo‘ladi.
Sh: — Ma’qul. U holda ish yuritadigan hududlar masalasini ham kelishib olsak.
M: — Chamamda tez orada butun Farg‘ona kurash jabhasiga aylanadi. Bachqirda bo‘lib o‘tgan
qurultoydagi kelishuvga ko‘ra Qo‘qon muzofotida Ergashbek va uning qo‘l ostidagi qo‘rboshilar ish
yuritadilar. Bu tomonlar bizniki. Harakatni bo‘shashtirmaslik uchun bir-birimizga posangi bo‘lib
harakat qilamiz, ya’ni siz bir hududni olasiz, men bir hududni olaman. Zarurat tug‘ilib qolsa, bir-
birimizga yordamga kelamiz, bolshavoylarning kattaroq qo‘shini bilan to‘qnash keladigan bo‘lsak,
birgalikda harakat qilamiz. Men shimoliy va sharqiy muzofotlar: Namangan, Baliqchi, Andijon, Jalol-
obod, O’shda harakat qilsam, siz Marg‘ilon, Chimyon, Vodil, Quva, Uchqo‘rg‘on, Shahrixon,
Qizilqiya, Oloy kabi joylarni o‘z tasarrufingizga olsangiz. Men G’orbuvoga kelib-ketib tursam-da,
ko‘proq Baliqchida, agar Alloh nasib etsa Namanganda bo‘laman. G’orbuvo ko‘proq sizning
tasarrufingizda bo‘ladi. Ma’qulmi?
Sh: — Ma’qul.
Ular bu suhbatni alohida xonaga chiqib o‘tkazgan edilar. Kelishib olishgach, ziyofatdagi o‘z
joylariga qaytdilar. Osh yeb bo‘lishgach, fotiha o‘qilmasdan oldin Madaminbek shunday dedi:
— Bek, avval bir-birimizni g‘oyibona bilar edik. Mana, Allohning inoyati bilan do‘stlashib, kelishib
ham oldik. Agar muvofiq ko‘rsangiz, shu do‘stligimizni Qur’oni karim bilan mustahkamlab olsak.
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |