140
9.2. Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar
Reyka-
uzunligi 3-4m, kengligi 8-10
sm
va qalinligi 2-2.5
sm
keladigan
taxtachadir. Taxtacha uchun qattiq yog’och tanlanadi.
Reyka boshidan oxirigacha
oq rang moyli bo’yoq bilan
bo’yaladi, ikkala uchiga tunuka
qoqiladi.
Reyka
maxsus
mashina
yoki
shablon
yordamida
chiziqlar
tortib
santimetrlarga
bo’linadi.
Santimetrli
bo’laklar
bir
santimetr
oralatib qora yoki
qizil
rangga
bo’yaladi.
Reykadan
sanoq
olishni
osonlashtirish maqsadida har
bir detsimetr ikkita 5
sm
lib
o’laklarga ajratiladi. Masalan, 9.6-rasmda har bir detsimetr 5
sm
dan
qilib ikkiga
bo’lingan, har bir detsimetrning birinchi besh bo’laigi
E
harfiga o’xshaydi.
Reykadagi detsimetrlar teskari yo’nalishda, ya`ni 0 dan boshlab reyka uchiga tomon
raqamlar bilan belgilanadi (01, 02, 03…).Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar
yaxlit, surilma va buklama bo’ladi. Yaxlit reykalarning (9.6-rasm, a,b,c) uzunligi 3
m
bo’lib, santimetrli bo’limlar ikkala tomonida ham bor. Reykalarning santimetrli
bo’limlari qora rangga bo’yalgan
tomoni-reykaning qora tomoni, santimetrli
bo’limlari qizil rangga bo’yalgan tomoni esa reykaning qizil tomoni deb ataladi.
Qora tomonidagi raqamlar 0 dan, qizil tomonidagi raqamlar 4887 yoki 4787 sondan
boshlab belgilanadi. Yaxlit reykalar uzun bo’lmaganligidan
ularni olib yurish va
saqlash bir muncha noqulaydir.
Surilma reykalar (9.6-rasm, d) uzunligi 2.1-2.2.
m
keladigan ikkita taxtadan
iborat bo’lib, taxtalar bir-biriga temir band bilan biriktirilgan. Reykadam 2
m
dan
katta sanoq olishda uning orqadagi taxtasi surilib balandga ko’tariladi va oldindagi
taxta eng oxirgi bo’lagiga aniq to’g’rilab vint bilan mahkamlanadi.
Buklama
9.6-rasm. Reykalar
141
reykalar (9.6 - rasm,
e
) uzunligi 1.5-2.0
m
keladigan ikkita taxtadan iborat bo’lib,
taxtalar bir-biriga sharnir yordamida birlashtirilgan. Reykadan 2
m
dan katta sanoq
olishda orqa tomondagi reyka balandga ko’tarilib, vint bilan mahkamlab qo’yiladi.
Reykalarni tekshirish
. Nivelirlash ishini boshlashdan
oldin va ish tamom
bo’lgandan keyin reykalarning bo’laklar qiymati tekshirib ko’rilishi kerak. Reykalar
maxsus nazorat (kontrol) metr bilan tekshiriladi. Kontrol metr bo’lmagan taqdirda
millimetrlarga bo’lingan po’lat ruletkadan foydalanish mumkin. Lekin po’lat
ruletkaning o’zi avvalo tekshirilgan bo’lishi kerak. Tekshirish vaqtida reykaning
dastlab metrli bo’laklarining
uzunligi, detsimetrli bo’laklari, so’ngra har bir
detsimetrdagi santimetrli bo’laklar po’lat ruletka bilan o’lchanadi.
Detsimetrli
bo’laklardagi xato 1
mm
dan, yaxlit reyka uzunligi bo’yicha jami xato 2
mm
dan
oshmasligi lozim. Xato bundan katta bo’lsa, reyka qaytadan oq rangga bo’yalib,
yangidan santimetrlarga bo’linadi va belgilab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: