122
Takror o’lchash usuli. Bunda gorizontal burchak
vertikal doiraning bir
holatida takroriy teodolit bilan (
n)
marta o’lchanadi. Masalan, 8.17-rasmda (ABC)
burchagini o’lchash kerak deylik. Bu burchak ketma-ket bir nechta marta takror
o’lchanishi mumkin.
a)
B nuqtaga teodolit, (A) va (C) nuqtalarga vexalar o’rnatiladi. Teodolit
ishlaydigan holatga keltirilgach alidada birinchi vernyerning
nol shtixi gorizontal
doira limbining nol shtrixiga to’g’rilanadi va alidada shu holatda mahkamlanadi.
Limb o’z o’qi atrofida aylantirilib, qarash trubasi (
A)
nuqtadagi
vexa tubiga
vizirlangach, limb mahkamlab qo’yiladi. Gorizontal doiraning ikkala vernyeridan
sanoqlar olinib, jurnalning to’r
va beshinchi ustunlariga, (
A)
nuqta qarshisiga
yoziladi (8.2-jadval) bu sanoq 0
o
0’ ga yaqin bo’lishi kerak;
b) alidadaning mahkamlash vinti burab bo’shatiladi,
alidada soat strelkasi
yo’nalishida ravon aylantirilib, qarash trubasi (
C)
nuqtadagi vexa tubiga vizirlanadi.
Ikkala vernyerdan sanoqlar olinib, jurnalga yoziladi. Misolimizda bu sanoqlarning
o’rtachasi 43
o
15’ bo’lib, burchakning taxminiy qiymati hisoblanadi va hisoblash
ishlarida e`tiborga olinmaydi.
Burchakni takror o’lchashning birinchisi shu tarzda amalga oshiriladi, keyin
takror o’lchashning ikkinchisiga o’tiladi;
c) burchakni qayta o’lchashda
alidada mahkamlangan, limb bo’shatilgan
bo’lishi kerak. Limb alidada bilan birgalikda soat strelkasi yo’nalishida aylantirilib,
qarash trubasi (
A)
nuqtadagi vexaga vizirlanadi. Bunda vernyerlardan sanoq
olinmaydi;
d)
limb mahkamlanib, alidada bo’shatiladi vas oat strelkasi yo’nalishida
aylantirilib, qarash trubasi (
C)
nuqtaga vizirlanadi. Bunda ham vernyerlardan sanoq
olinmaydi. Burchakni takror o’lchashning uchinchisida:
e) har bir takroriy o’lchashdagi kabi, bu o’lchash ham qarash trubasini (
C)
nuqtadagi vexaga vizirlash bilan tamomlanadi. Qarash trubasi (
A)
nuqtaga oxirgi
marta vizirlanganda ikkala vernyerdan ham sanoqlar olinib, jurnalning to’rtinchi va
beshinchi ustunlariga, (
A
)nuqta qarshisiga yoziladi. Misolimizda qarash trubasi (
A)
nuqtaga vizirlanib, vernyerlardan olingan o’rtacha sanoq 0
o
0`, 15``; (
C)
nuqtaga
123
oxirgi marta vizirlanib olingan o’rtacha sanoq esa 129
o
40`15”. Bu – burchakni uch
marta o’lchash natijasidir.
f) (C) nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoqdan (A) nuqtaga qarab olingan
sanoqni ayirib, burchakning (
n)
marta o’lchanganda giqiymatini topamiz. Bu qiymat
burchakning takroriy o’lchash soniga bo’linsa, burchak qiymati kelib chiqadi.
Misolimizda burchak o’lchashning takrorlanish soni 3; o’lchangan burchak qiymati
129°40`
3
= 43°13`20".
8.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: