120
Qarash trubasini joydagi buyum ravshan ko’rinadigan qilib moslash uchun
truba orqali yorug’ fonga, masalan, osmon yoki oq devorga qaratiladi va truba iplar
to’ri yaqqol ko’rina boshlanguncha okulyar aylantiriladi; keyin joydagi buyum aniq
ko’ringunga qadar kramelyera vinti aylantiriladi.
Trubani bunday sozlashga
fokuslash deyiladi. Teodolit shu tarzda ishga taxt qilib qo’yilganidan so’ng
burchakni o’lchashga kirishiladi. Gorizontal burchak priyomlarga bo’lib o’lchanishi
va takrorlash usulida o’lchanishi mumkin.
Priyomlarga bo’lib o’lchash usuli. Gorizontal burchakni (8.16- rasmda ABC
burchak) bu usulda o’lchashda (
B)
nuqtaga teodolit (AvaC) nuqtalarga esa nishon
tayoqlar, ya`ni vexalar o’rnatiladi. Teodolit yuqorida aytib o’tilgan tartibda
o’rnatilib sozlangandan keyin:
a) teodolit o’rnatilgan nuqtadan o’ng tomondagi – (
C)
nuqtadagi vexaga
truba orqali qaraladi. Bu vaqtda gorizontal doira limbning mahkamlash vinti burab
mahkamlangan, alidada va trubaning mahkamlash vintlari burab bo’shatilgan
bo’lishi kerak. Vexa trubadan ko’ringach, alidada va trubaning mahkamlash vintlari
burab mahkamlanadi. So’ngra iplar to’rining kesishgan nuqtasi yo’naltirish vintlari
yordamida vexaning tubiga to’g’rilanadi va vernyerlardan sanoq olinadi. Burchak
o’lchashda metall limbli teodolitlardan foydalanilganda uning I vernyerdan gradus,
minut
va sekund, II vernyerdan esa faqat minut va sekund, optik teodolit
ishlatilganda sanoqlar shkalali yoki shtrixli mikroskopdan olinadi. Olingan sanoqlar
jurnalda nuqtaning qarshisiga yoziladi (8.1-jadval). Jurnalning birinchi ustuniga
teodolit o’rnatilgan
nuqtaning, ikkinchi ustuniga esa kuzatilgan nuqtaning tartib
raqami yoki nomi yoziladi. Vernyer yoki mikroskopdan olingan sanoqlar jurnalning
uchinchi va to’rtinchi ustunlariga yoziladi. Burchako’lchanayotganda vertical doira
trubaga nisbatan qaysi tomonda bo’lsa, sanoqlar ustiga o’sha tomon yoziladi;
masalan, doira o’ngda (R) yoki doira chapda (L);
b) qarash trubasi orqali (
A)
nuqtadagi vexaga qaraladi. Bunda alidadaning
mahkamlash vinti bo’shatilib, truba (
A)
nuqta nuqta tomon buriladi; trubadan vexa
ko’ringach, alidada va trubaning vintlari burab mahkamlanadi. Iplar to’rining
kesishgan nuqtasi yo’naltirish vintlari yordamida vexa tubiga to’grilanadi va
121
yuqoridagi kabi, vernyerlardan sanoqlar olinadi. Bu sanoqlar ham jurnalning
uchinchi va to’rtinchi ustunlariga, (
A)
nuqtaning qarshisiga yoziladi;
c) vernyerlardan olingan sanoqlarning o’rtacha
arifmetik miqdori topilib,
jurnalning beshinchi ustuniga yoziladi. Bunda faqat minut va sekundlarning o’rtacha
miqdori topiladi, graduslar esa ko’chirib yoziladi;
d) o’ng tomondagi nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq (
a
) dan chap
tomondagi nuqtaga qarab o’rtacha olingan sanoq (
b
) ayrilgach gorizontal
burchakning qiymati kelib chiqadi (β=
a-b
). Chap tomondagi nuqtaga qarab olingan
sanoq o’ng tomondagi nuqtaga qarab olingan sanoqdan kichik bo’lgan taqdirda
burchakning qiymatini topish uchun o’ng tomondagi sanoqqa 360
o
qo’shiladi.
Hisoblab chiqarilgan burchakning qiymati jurnalning oltinchi ustuniga yoziladi;
e) burchakning to’gri o’lchanganligini tekshirib ko’rish
va trubaning
kolliminatsion xatosini yo’qotish maqsadida burchak ikkinchi yarim priyomda
o’lchanadi. Bunda vertikal doira o’ng tomonda bo’lsa- chapga, chap tomonda bo’lsa
- o’ng tomonga o’tkaziladi, ya`ni truba zenit bo’yicha 180
o
aylantiriladi. Limbdan
sanoq olishda qo’pol xatoga yo’l qo’ymaslik uchun limb doirasining o’rni
o’zgartiriladi ya`ni limbning mahkamlash vinti bo’shatilib doira taxminan 90
o
buriladi va vint yana mahkamlab qo’yiladi.
Burchakni ikkinchi yarim priyomda o’lchash
ham
yuqoridagi
tartibda
bajariladi.
Burchakning
ikkinchi
yarimi
priyomda
o’lchash to’liq priyomni tashkil qiladi;
f) ikkinchi marta yarim priyomda
o’lchab olingan natijalar ayirmasi vernyerning
ikkilangan aniqligidan kam bo’lsa
burchak
to’g’ri o’lchangan, undan katta bo’lsa-
noto’g’ri o’lchangan hisoblanadi. Agar
burchak to’g’ri o’lchangan bo’lsa burchaklar
qiymatining o’rtachasi topilib, jurnalning yettinchi ustuniga yoziladi. Noto’g’ri
o’lchangan burchak qayta o’lchanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: