a
/ D
Bu еrda
a
– grafikaviy tasvir qurishning chiziqli xatosi, D – topilishi kеrak
bo`lgan o`lchamning talab etilga aniqligi;
Misol: Aytaylik grafikaviy tasvirdan o`lchab olinadigan ko`mir qatlamining
aniqligi 2 sm dan kam bo`lmasligi kеrak. Ko`mir qatlamini tasvirlash uchun kеrak
bo`lgan masshtabni topamiz.
a
= 0,2 dеb qabul qilsak, M =0.2 / 20 = 1/100.
Dеmak, ko`mir qatlamini 1:100 masshtabda grafikaviy tasvirlasak,
bеlgilangan talabni qoniqtirish mumkin bo`ladi.
17.2. Gipsometrik planlar
Gipsometrik plan bu gorizontal tekislikka proyeksiyalashda aniq masshtabda izogips
ko‘rinishida shipda va pastda tasvirlangan chizma.Gipsometrik planlar yirik
masshtabda tuziladi.Bu planlar strukturali kartalardan gorizontallar tasvirlanganligi
bilan farq qiladi.
Gipsometrik planlar qo‘llanilishi bo‘yicha quyidagilardan tashkil topadi:
1) foydali qazilma konini geologik strukturasi va qatlamning yotish sharoiti haqida
ma'lumot yetkazib beradi.
2) kon ishlari va geologo razvedka ishlarida , loyihalashtirishda asos bo‘lib xizmat
qiladi.Gipsometrik planlar bo‘yicha shaxta stvoli joyi, asosiy shtreklarning
yo‘nalishi tanlanadi, ayrim qatlamlarning kesishgan qismni qidirishni olib boradi va
darzliklarni bashorat tashkil qilib tuzish.
3) asosiy ish bo‘lib zahira hisoblanadi (Bauman usuli).
296
4) kon ishlarini olib borish davridagi va kelgusida qilinadigan ishlarni qo‘llab
quvvatlash.
5) kon-tog‘ jinslarini geometrik usullar bilan o‘rganish, har xil izochiziqlarni qurish
uchun ko‘mir qatlamlarini gazsimonligini,konlarni gidrogeologiyasi geofizik
tadqiqot ishlarida va boshqa ishlar asos bo‘lib xizmat qiladi.Gipsometrik planlarni
tuzish uchun turli xil usullardan foydalaniladi. Masalan balandlik qiymatlari
yordamida gipsometrik planni tuzish usuli
Gipsometrik plan quyidagi tartibda tuziladi:
1)
qabul qilingan masshtabda koordinatalar yordamida skvajinaning ustki qismi
va skvajinani qatlam tomoniga chiqish nuqtasi va barcha kerakli nuqtalarning
balandlik qiymati kiritiladi.
2)
aniqlangan balandlik qiymatlari plandagi nuqtalarni yoniga chiqish va
chuqurligi bo`yicha yozib qo`yiladi.
Barcha qiymatlar kiritilgan izogips yotqizig`i to`la o`rganilgan konning qismidan
boshlanadi. Agarkonning bir necha uchastkalaridan har xil tartibda o`tkazilishi
mumkin, agar biror-bir qismda qiymatlar kam bo`lsa, shu joy haqida qo`shimcha
ma`lumotlar kerak bo`ladi. Qalinlik bo`yicha izochiziq grafikini tuzish.
Agar qatlan 30
o
burchak ostida yotgan bo`lsa, bunda qatlam vertikal
skvajinalar yordamid razvedka qilinadi. Qalinlik bo`yicha izochiziqlar gorizontal
tekislikda quriladi:
1)
planga skvajinalar kiritiladi
2)
burg`ilash jurnalidan skvajinalar oldiga son qiymatlari, qalinlik qiymati
yoziladi.
3)
geometrik analizlar asosida balandlik qiymatlari orasida invariant chiziqlar
o`tkaziladi
4)
qalinlik bo`yicha qirqimlarni tanlab, interpolyatsiya o`tkazilib, qavatma-
qavat bo`lgan qiymatlar aniqlanadi.
5)
bir xil qiymatli nuqtalarni birlashtirish natijasida qalinlik bo`yicha
izochiqilar gorizontal tekislikda o`tkaziladi.
297
Do'stlaringiz bilan baham: |