Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


yagona davlat interaktiv xizmatlari portali



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana01.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#522701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1-mavzu

yagona davlat interaktiv xizmatlari portali 
tashkil etish va uning texnik va texnologik 
asoslari bayon qilingan nizom qabul qilindi.
Yuqorida eslab o'tilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik hujjatlari, O'zbekistonda 
interaktiv davlat xizmatlari hamda elektron hukumatni joriy qilish, uni rivojlantirish borasida 
bosqichma-bosqich, evolyutsion huquqiy poydevorni yaratishga xizmat qildi. 2013 yilda ham 
bu boradagi mantiqiy izchillik davom etib, aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda O'zbekiston 


elektron hukumatining huquqiy poydevorini mustahkamlagan muhim qonun hujjatlarining 
qabul qilinishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Xususan, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar, 
2013 yil, 18-sonli qarori bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy 
shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish sifatining oshirilishini ta’minlovchi «Elektron 
hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, mazkur 
qarorda «Elektron hukumat» tushunchasiga, o'zbek tilida rasmiy tushuntirish - ta’rif berildi.
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli 
pog'onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.
Davlat boshqaruvi ichki strukturasi - vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, 
markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo'lga 
qo'yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo'llash orqali, o'zaro 
aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi.
Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko'zda tutiladigan yana bir 
qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni ham o'z o'rnida e’tirof etib o'tish 
zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog'oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog'oz mahsuloti 
tejaladi; hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o'zidayoq belgilangan 
manzilda bo'ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni 
to'plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo'llaydi, 
murojaatni ko'rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik 
tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko'rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, 
ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to'plamini, yoki, murojaatnomani ko'tarib, 
idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko'rib chiqishda jarayonining kureri sifatida 
qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi xarajatlarni oldi olinadi. 
Bunday murojaatni ko'rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo'lgan idoraning mazkur 
murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli 
idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko'rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, 
yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko'rilishi mumkin bo'ladi. Murojaatni ko'rib chiqish 
jarayoni qaysi bosqichga etgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, 
masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo'lib turishi imkoniyati yaratiladi.
Ilm-fan va texnikaning barcha yo'nalishi kabi axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur 
sohaning keyingi yangi yutuqlarini o'zida joriy etish orqali yanada takomillashib
mukammallashib borishi tabiiy.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-
2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi 
Respublika komissiyasi tashkil etildi.
Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo'yicha tashabbus 2001-yilda 
yuridik kuchga ega bo'ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha ishlab 
chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo'lib, u uch 
bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan.
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, 
ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta 
asosiy yo'nalishda - G2C (davlat - fuqaroga), G2B (davlatdan - biznesga) va G2G (davlatdan - 
davlatga) sxemalari bo'yicha aloqa qila boshladi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga 
qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron 
hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo'llanilgan. Umumiy 
hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSh dollari miqdorida mablag sarflangan. 
Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo'yicha jahonda 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o'z oldiga ancha katta maqsadni 
qo'ygan -dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. 


Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga 
muvofiq to'rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:

davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko'rsatishi 

davlat xizmatlarini ko'rsatish 

axborot resurslarini boshqarish 

qonun ijodkorligi tizimi 
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSh dollari miqdoridagi 
mablag' sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo'lgan.
2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat 
apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi - "On-
Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanishga o'tgan. Buning natijasi o'laroq, 
fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan.
Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi - "On-Nara” 
2007-yildan to'liq ishga tushgan bo'lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo'yilgan:
• ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini 
standartlashtirish;
• davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga 
solish;
• tizim ishtirokchilari o'rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli 
jarayonlarni o'zaro bog'lash va bir-biriga integratsiya qilish.
Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida 
amalga oshiriladi-tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish