15
2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar.
Reja:
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
hayotidagi inqirozli holat. Ekologik muammolar.
2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: «Paxta ishi»
«O‘zbek ishi» nomli kompaniyalar.
3. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.
4. 1991-yil avgust voqealari: GKCHP (ГКЧП). Sovet davlatining tanazzulga yuz
tutishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Ekologik muammolar. Orol fojеasi. Qayta qurish.
«Kadrlar desanti». «Paxta ishi», «O‘zbek ishi». Prezidentlik boshqaruvi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi. GKCHP (ГКЧП).
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.:
Ўзбекистон, 1992.
2. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид,
барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. –
Б.137−252.
3. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.:
Ўзбекистон, 2011. – Б.147–148; 231– 233; 365–372; 393–408; 424–425.
4. Азизхўжаев А.А. Чин ўзбек иши. – Т.: Академия, 2003.
5. Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий муносабатлар (70-80
– йиллар мисолида). Қўлланма. – Т.: Шарқ, 1999.
6. Муртазаева Р.Ҳ. Ўзбекистонда миллатлараро
муносабатлар ва
толерантлик. Дарслик. – Т.: Мумтоз сўз, 2019.
7. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат // М.Абдуллаев ва
бошқалар: тўлдирилган учинчи нашр. – Т.: Шарқ, 2006.
8. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. – Т.:
Академия, 2013.
9. Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.
Рахимов. – Т.: Адабиёт учқунлари, 2018.
10. Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob); R. Shamsutdinov,
Sh. Karimov. – T.: Sharq, 2016.– B.438–445.
11. O‘zbеkiston tarixi / R.H. Murtazayеva umumiy tahriri ostida. – T.: Yangi asr
avlodi, 2005. – B.413-426.
12. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси. / Масъул муҳаррир
и.ф.н. Н.Талипова / – T.: Fan va texnologiya, 2014.
13. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 2 том. Масъул муҳаррирлар:
Р.Абдуллаев, Қ.Ражабов, М.Раҳимов. – Т.: Ўзбекистон, 2019.
Sovetlar hukumatning O‘zbekistonda 70-yildan ko‘proq olib borgan
mustamlakachilik siyosati, uning O‘zbekiston va O‘rta
Osiyo mintaqasidagi
boshqa respublikalarning tabiiy xom ashyo resurslaridan o‘ylamay – netmay
16
foydalanishi, ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi,
paxta
yakkahokimligining izchillik bilan joriy etilishi, turli xildagi kimyoviy zaharli
moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo‘jaligida
haddan ziyod
ishlatilishi bu erda ko‘p asrlar mobaynida vujudga kelgan va mavjud bo‘lgan tabiiy
muvozanatni izdan chiqardi. Mamlakatimizda ayniqsa, 80 – yillarda haloqatli tus
olgan juda murakkab ekologik
muammolarni vujudga keltirdi, shular sababli Orol
muammosi halokatli tus oldi.
O‘zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi – suvga bo‘lgan
munosabat bilan bog‘likdir. Sovetlar hukumatning Amudaryo,
Sirdaryo, Chirchiq,
Zarafshon daryolari suvlaridan hisob – kitobsiz foydalanish oxir – oqibatda Orol
fojeasini keltirib chiqardi. Ekologik muammoning uchinchi sababi —
tuproq
tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda 1990 yilga kelib o‘rtacha va kuchli
sho‘rlangan erlar 853 ming gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o‘zgarishiga
hisob – kitobsiz ishlatilgan mineral o‘g‘itlarning halokatli ta’siri ham katta bo‘ldi.
CHunki mutaxassis olimlarning xulosalariga ko‘ra fosfor o‘g‘iti bilan birgalikda
tuproqqa ftor, uran, toriy, og‘ir metall tuzlar ham o‘tar ekan.
Ekologiya
buzilishining to‘rtinchi sababi, bu respublika hayvonot va o‘simlik olamining
o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning – 99, parrandalarning –
410, baliqlarning – 79 turi mavjud. 1990 yilga kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5
baliq turi respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil kitob»ga
kiritilgan
o‘simliklarning soni esa 163 taga etdi.
XX asr 80-yillarining o‘rtalarida SSSRning parchalanishi real ob’yektiv
haqiqatga aylanib qolgan. Natijada sovеt hukumati bu holatni oldini olish
maqsadida navbatdagi siyosiy yo‘lni – qayta qurish siyosatini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: